Make your own free website on Tripod.com
Adabiyot

1) Z a n j i r b a n d   s h e r  (hikoya):
     Turon va Eron qo'shinlari o'rtasida afsonaviy Maroqand ostonasida bo'lib o'tgan shiddatli jang-jadallar, nihoyat, turonliklarning g'alabasi bilan yakunlandi. Eronliklar jang maydonini tashlab qochdilar. Nachog'li yengilmas, qudrati chaksiz bo'lmasin, turonliklarda qochganni quvish, yerda sulayib yotganni urish odati yo'q! Qochgan qochdi, urush balosi da'f bo'lganiga shukur, endi tinch-xotirjam, shod-xurram yashash ham karak!
     Qo'shin saqmondak og'ir toshotar uskunalarini sudrab, aravalarini tortib, boshqa qurol-aslahalarini g'iloflarga joylab qal'aga qaytish taraddudini ko'rar ekan, Eron shohanshohining elchisi shoshilinch ot choptirib kalib, Turon hoqoni Alp Er To'nganing oyog'iga bosh urdi:
- Shohanshohim olamshumul g'alabangiz sharafiga "katar jafosi" dab bir ziyofat barmoqchilar! Bu ziyofatda Eron bilan Turon o'rtasidagi abadiy do'stlik ahdnomasini tuzmoqchilar! Agar janobi oliylari rozilik barsalar!.. davomi

2) H a d d i   I s k a n d a r i y (hikoya):
     Iskandar avval yonidagi ayonlariga, keyin ortidagi qo'shiniga bir sidra ko'z tashladi:
- Biz... yer yuzida haq va adolatni qaror toptirish azmidagi yaxshi odamlarmiz!.. Sizlarga ham olib keldik!
- Nimani "olib keldik?"
- Haq bilan adolatni-da!
     Nuroniy otaxon endi soqolini tutamlab bir muddat sukutga toldi-da, ohista dedi:
- Shuncha yo'l yurib... ovora bo'libsizlar-da! Bular o'zimizda ham yetarli edi-ku! Bizda yo'q narsalarni olib kelsangizlar ekan! Yo... sizdek adolatpeshaning topgan-tutgani anovi... nayza bilan qilichmi?!.
     Iskandarning yuziga qon tepdi. Oppoq soqolini hurmat qilganiga... qarib quyulmagan chol... haddidan oshyapti-ku! Bu xom sut emgan banda kuch - adolatda emas, adolat - kuchdaligini, Iskandarning qilichini ne bir o'tkir tillardan o'tkirroqligini bilmaydi, shekilli! Bildirib to'ysinmi?!. - Oldi-ortiga qarab, jahlini bazo'r tiydi, biroq qariya tilini tiymadi:
- Tinch-osuda yashab turgan qurolsiz ulusning bosh ustiga qilich o'ynatib kelish... shu ham adolatdanmi, sohibqiron?!.
     Iskandar endi beixtiyor jahliga ham, tiliga ham erk berdi:
- Jallod?.. Avval tili, keyin boshi kesilsin!
     Lekin oqsoqol pinagini buzmadi: davomi

3) R u h i y a t    e h r o m i (roman):
     O'zbek xalqi ham tashqi tabiat, ham ichki tabiat - ruhiyat nuqtai nazaridan xudo yorlaqagan, kamyob xazinalar va noyob iste'dodlarga boy xalqlardan biridir. Bu xalqning kamyobligi-yu noyobligi avvalo shundaki, u jahondagi jamiki turkiy xalqlarning uch qadimiy ildizi (qarluq, o'g'iz, qipchoq)ni o'zida birlashtirgan tom ma'nodagi o'zbek - Turk Otaning O'z Begidir. Ma'lumki, hozirgi uyg'ur xalqi - qarluqlarning, turkman, ozorbayjon va usmonli turklar - o'g'izlarning, qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, tatar, boshqird, no'g'oy, mojor (venger)lar - qipchoqlarning avlodlari hisoblanadi. Jahondagi jamiki turkiy xalqlardan faqatgina o'zbek xalqi, tag'in takrorlaymiz, shu uchala ildizdan kuch-quvvat olib o'sib-ungandir. O'z paytida o'zbek xalqining uch xonlika parchalangani bejiz emas edi. Bu bo'linish uch tarixiy ildizning o'ziga xos tarzda zuhur ko'rsatishi edi, zotan qadim-qadimdan Farg'ona vodiysida - qarluq o'zbeklari, Xorazm vohasida - o'g'iz o'zbeklari, Zarafshon, Qashqa va Surxon vohalarida esa, qipchoq o'zbeklari yashaganlar. Tarixda bu uch o'zbek - o'zbekning, umuman, turkning bu uch ildizi birlashib, o'z tevaragida boshqa turkiy xalqlarni birlashtirib, qudratli markazlashgan davlat barpo eta olganida... O'zbekiston davlat madhiyasida go'zal va haqqoniy madh etilganidek, darhaqiqat, "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan mahal, Olamni mahliyo aylagan diyor..." davomi

4) T i l s i m (roman):
- Be-e! Aldab-laqillatish uchun anoyingni topgan ekansan! Sen-ku, o’n yetti yashar qizaloqsan, o’sha qo’mondon otang shoxida yursa, bilib qo’yki, akang qarag’ay bargida yura oladiganlar xilidan, oyimtilla! Cho’pchagingni o’zingning Ivanushka durachogingga aytasan. Lekin sir boy bermadi... davomi

5) Z a m o n a   z a y l i (roman):
     O'g'lining gaplarini tinglab, uning dunyoqarashidan - dunyoga ochiq ko'z bilan kengroq qarashidan ko'ngli to'ldi. Xudo xohlasa, tag'in o'ttiz yildan keyin - uning yoshida o'zi kitob bilan zabt etolmagan jahonni o'g'li hisob bilan zabt etsa ehtimol! Faqat bu dunyoqarashni kerakli tomonga to'g'ri yo'naltira olsa bas!.. "Nyu-York, Mexiko, Tokio, Bombey kabi yirik shaharlarda butun O'zbekiston fuqarolariga barobar aholi qanday yashab turibdi? Yapon xalqiga O'zbekiston hududidan kichikroq, tabiiy boyliklari haminqadar zaminda son jihatidan o'zbek xalqidan qariyb o'n barobar ko'proq bo'lib yashagan holda "yapon mo'jizasi"ni jahonning ko'ziga ko'rsatishga imkon bergan asosiy kuch nimada?".. Darsdan bo'sh paytlaringda shunday jahonshumul masalalarga ham o'zingcha javob topsang yomon bo'lmasdi, o'g'lim!
     Ikkinchi yil yozgi ta'tilga kelganida o'g'li bu masalalarning mohiyatiga ham yetib bora boshlaganini ayon ko'rsatdi: "Aytsam ishonmaysiz, ada, Amerikada ota-onalar o'z farzandlarini bolalaigidanoq mustaqillikka - mustaqil hayotga o'rgatar ekanlar! Yonimdagi hamxonam Jeyson mendan ikki yosh kichik, lekin ham o'qib, ham ishlaydi, mustaqil yashaydi. O'zining shaxsiy kompyuteri, mashinasi bor! Yevropa mamlakatlarini bir sidra sayohat qilib chiqqan! Hammasiga o'zi o'z kuchi bilan erishgan! Yaponlar ham, frantsuzlar ham, jamiki taraqqiy etgan xalqlar ham shunday: bolaligidanoq mustaqil hayotga o'rgatiladi! Bizada bo'lsa aksariyat otalar o'g'lining qo'lini mahkam ushlab olgan - qo'yib yubormaydi! O'g'li o'ttizga kirib, o'zi ota bo'lsa ham, unga "Bola-da!" deb qaraydi! Menimcha, hamma balo shunday qarashlarda, ada!" davomi

6) T a r j i m a i   h o l :
     Otauli 1989 yilda - qirq yoshida boshlab, 1993 yilda - qirq to'rt yoshida (tasavvur ravshanroq bo'lishi uchun aytish mumkinki, Cho'lpon yoshida boshlab, Qodiriy yoshida) uch qism, besh yuz sahifadan iborat "Tilsim (Turkiston dostoni)" degan bir salmoqli asarini, nihoyat, yozib bitirdi. Odatda har bir qalamkashning bosh asari bo'ladi. Otaulining qirchillama qirq to'rt yoshida yozib bitirgan bu bosh asarida oddiy dehqon - Sobir qovunchi, hunarmand usta - Qodir uchar va ziyoli (tilshunos olim) Kenja Botir (Botir Zokirov) - shu uch og'a-ini botirlarning O'zbekiston davlat mustaqilligiga, aniqrog'i, davlat tili haqidagi qonunga kelish yo'li o'ziga xos tarzda yoritildi. Asarning 150 betlik bir qismi ("Qodir uchar qissasi") 1994 yilda "Sharq yulduzi" jurnalining 12 sonida bosilib chiqdi va shu bir qismi 1995 yilda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan "Alp Jamol" korporatsiyasi ta'sis etgan Alp Jamol mukofoti bilan taqdirlandi. Yana bir yuz betlik qismi ("Sobir qovunchi qissasi") 1995 yilda "Yoshlik" jurnalining 3-4-sonlarida e'lon qilindi. Asosiy qism (Ikki yuz ellik bet hajmidagi "Kenja Botir qissasi")dan ayrim parchalar "O'zbekiston ovozi", "Qishloq hayoti", "Muloqot", "Toshkent oqshomi", "Yosh kuch", "Tong yulduzi"..., qo'ying-chi, qariyb barcha etakchi gazeta-jurnallarda bosilib chiqdi. Qo'lyozma to'la holda G'afur G'ulom nashriyotida naqd o'n uch yildan buyon qimirlamay turibdi. O'n uch yil badalida nashriyotga to'rttami-beshta direktor kelib ketdi. Alp Jamol mukofotini olgan qariyb barcha asarlar kitob bo'lib chiqdi. Ne bir suvlar oqib, ne bir daraxtlar kesildi. Odamzod Oyni qo'yib, Zuhro, Mushtariy, boshqa sayyoralarga chiqaman deb turibdi. Ne bir nashriyotlarda ne bir kitoblar jild-jild bo'lib chiqib yotibdi. Lekin bu keng dunyoga bittagina "Tilsim (Turkiston dostoni)" degan kitob hali-xanuz sig'may turibdi... "Kengga keng dunyo" deganlari shumi?!. davomi
Matematika

1) Yulduzchalarni raqamlar bilan almashtiring:       
**** – 1 = ***
    
2) Tarozining bir pallasida 5 ta bir xil olma va 3 ta bir xil nok, ikkinchisida 4ta xuddi shunday olma va 4 ta xuddi shunday nok bor. Tarozi muvozanatda bo'lsa, qaysi meva yengilroq: olmami yoki nokmi?
   
3) Qanday qilib uchta qovunni eng kam kesish orqali 4ta bolaga taqsimlash mumkin?
   
4) Ikki kishi bir joydan qarama-qarshi tomonga yura boshlashdi. Har biri 4 metr o'tgach chapga burilib yana 3 metrdan o'tishdi. Ular orasidagi masofani toping.
  
5) Ketma-ketlikning keyingi hadini toping:
                       1  2  3  5  8  13  ?      davomi

Tahlil
S o n l a r n i n g    f a z i l a t i:
1: 1) Ollohning sifati. 2) Quyoshning asosiy tarkibini tashkil etuvchi vodorod elementi atomi bitta elektrondan iborat; 3) Yer sayyorasining bitta yo'ldoshi (Oy) bor...
2: 1) Jonli va jonsiz tabiat juft-juft qilib yaratilgan (ayol va erkak; yaxshilik va yomonlik; yorug'lik va zulmat; va hokazo). 2) atomning birinchi pog'onasida 2tagacha elektron bo'lishi. 3) eng kichik tub son. 4) kompyuter ikkilik sanoq sistemasida (0 va 1) ishlatilishi. 5) odam tanasida 2 xil asab tizimi bor (asosiy va periferal); 6) ximiyaviy elementlar atomi 2 qismdan iborat ("+" zaryadlangan yadro va "-" zaryadlangan elektronlar; 7) havoning 99 foizini 2ta asosiy gaz azot (78.08%) va kislorod (20.95%) tashkil etadi; 8) Islom dinida 2 muqaddas kitob (Qur'on va Hadis) bor; 9) Siyosatda 2 xil qarash (liberal va kontservativ); 10) ezgulik va yovuzlik tushunchalari (Zardusht dinida - ahuramazda va ahriman; Tao dinida yin va yang); 11) yorug'lik va qorong'ulik; 12) 2 xil energiya bor (potentsial, kinetik); 13) 2 xil tok bor (doimiy, o'zgaruvchan); 14) atom yadrosi 2 xil jismdan tashkil topgan (proton, neytron); 15) 2 xil xotira bor (qisqa, doimiy); 16) o'simliklarning 2 xil ildizi bo'ladi (o'q va popuk); 17) tanganing 2 tomoni; 18) suv 2 xil bo'lishi (sho'r va chuchuk); 19) Yer sharining 2 qutbi; 20) 2 xil so'zlashuv tili bor (aglyutinativ, flektiv); 21) tabiatda jismlar 2 xil bo'ladi (organik va noorganik); 22) Quyoshning vodoroddan keyingi asosiy elementi geliy atomi 2ta elektrondan iborat; 23) Mamlakatning 2 asosiy partiyasi (Amerikada respublikachi va demokratlar; Angliyada liberallar va konservativlar, va hokazo)...                                       davomi

S o' z l a r n i n g    y a s a l i sh i:
1. Quyosh - quy yosh; 2. ko'ngil - ko'n (rizi bo'l) gil (liy); 3. ko'rmana - ko'r mana; 4. yalmig'iz - yalmaydigan ig'iz; 5. saryog' - sar (sariq) yog'; 6. girdib - gird (aylana) ib (suv); 7. shaytin - shay (tayyor) tin (tinishga); 8. kuyov - kuy (oaoa bo'l) yov (g'anim); 9. o'zbak - o'z (ishib kat) bak (buyuk); 10. Himilay - humi (qush) liy; 11. pistirma - pis (pus, jim bo'l) tirma (turma); 12. insinparvar - insin parvar (parvarish); 13. chirbiq - chir (to'rt) biq (big'); 14. cho'mich - cho'm (bitmiq) ich (ichmiq)...                                                       davomi

XX   a s r   j a h o n   t a r i x i:
1899-1902 Anglo-Bor (Janubiy Afrika) Urushi
1901 Avstralia koloniyalari mustaqil Avstralia Hamdo'stligini tuzish uchun federatsiya tashkil qiladi; Qirolicha Viktoriya vafot etadi
1901-05 Frantsiyada Cherkov bilan Hukumatni ajralishi
1902 Germaniya, Avstriya va Italiya o'rtasida uch tomonlama ittifoqning keyingi 6 yil uchun yangilanishi
1903 Panama mustaqil bo'lishi
1903-1921 Rossiyada pogrom (qatag'on)
1904 Frantsiya G'arbiy Afrika Federatsiyasi uchun konstitutsiyani e'lon qilishi; Anglo-Frantsuz ishonchnoma imzolanishi
1904-5 Manjuriya uchun Rus-Yapon urushi va Rossiyani mag'lubiyati
1905 Birinchi Morokko inqirozi; Norvegiya-Shvetsiya ittifoqi tugatilishi; Teodor Ruzvelt AQSh prezidenti bo'lishi
1905-6 Rossiyada inqilob
1907 Yangi Zelandiya Britaniya imperiyasida yangi mustamlaka
1908 Avstriya Bosniya va Gertzegovinani bosib olishi
1910 Portugal revolyutsiyasi; Yaponiya Koreyani bosib olishi
1911 Ikkinchi Morokko inqirozi; Uinston Cherchil Suv qo'shini birinchi Lordi etib tayinlandi
1911-12 Turk va Italyanlar o'rtasida Tripolitan urushi                                                davomi

O' z b e k   t i l i d a g i    f e' l l a r:
1. adash; 2. ayt; 3. alda; 4. art; 5. axtar; 6. avayla; 7. ag'dar; 8. achit; 9. achomla; 10. asqot; 11. ajra; 12. ata; 13. aylan; 14. ayir; 15. aya; 16. azobla; 17. allala; 18. alda; 19. anqay; 20. andavala; 21. ardoqla; 22. amalla; 23. ari; 24. arch; 25. asra; 26. aosuslan; 27. achi; 28. achin; 29. ag'na; 30. baqir; 31. beja; 32. ber...  davomi

O t a u l i n i n g   "T i l s i m"   a s a r i   h a q i d a:
     Otaulining "Tilsim (Turkiston dostoni)" asarida uch aka-ukaning (uch oga-ini botirlar)ning hayoti juda yorqin tasvirlanadi. Muallif to'ng'ich botir Sobir qovunchi og'ir-bosiq, uncha-munchaga jahli chiqavermaydigan, sabrli, mehnatkash dehqon qilib, o'rtancha botir Qodir uchar quv, sho'x, tadbirkor, epchil, tegirmonga tushsa butun chiqadigan, kerak bo'lsa odamlarni aldab-avrab o'zini haqqini ajratib oladigan, ayyor, boylik-mansabga o'ch qilib va kenja botir Botir olimni esa o'qimishli-ziyoli, oq-qorani tanigan, mulohazali, masalaga ilmiy yondoshuvchi, tarix-madaniyatni yaxshi biluvchi, halol, insofli, mehnatkash qilib ko'rsatadi. Agar asarning muqaddimasida keltirilgan turli xil uchliklarni hisobga olsak, mening fikrimcha bir qancha o'xshatishlar qilsa bo'ladi.                                      davomi

Oila
Otaulining kundaligi:
       Bu mening yilim! Mening qariyb butun yil mobaynida baayni quyosh sathidagi nurlarning faollashgan davridagidek ketma-ket portlash yilim! Dam o'zbek tilida, dam rus tilida, dam ishxonada, dam uydagi kompyuter oldida, hattoki ishdan uyga, uydan ishga piyoda ketayotib yo'l-yo'lakay yozish, aqalli yozadigan narsalarimni o'ylab miyamda pishitish yilim! Muttasil nimanidir yozish, kompyuterda oqqa ko'chirish va e'lon qilish yilim!.. Hayotimdagi eng sermahsul, chinakamiga g'alvirni suvdan ko'tarib boshlangan yil, menimcha, mana shu 2006 yil bo'ldi! eski yilning oxirlarida Sirojiddin Sayyid aytib qoldiki, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" haftaligining 50 yilligiga siz ham nimadir yozing endi!" Avvaliga ro'yxushlik bermadim: "Mendan boshqa gazetaga yozish ishqivozlari etarli bo'lsa kerak, shu sharaf menga qolmagandir?.." Lekin ertasiga uning stoli ustiga "Adabiy jarayon ko'zgusi" degan uch qog'ozlik maqola qo'ydim. Ko'ngil ko'zgusi desa degudek maqoldekkina maqola!  U Sirojiddinning tavsiyasiga ko'ra "Chag'oniyon" gazetasining 1-sonida "Etuklik pallasi muborak" degan nom bilan bosilib chiqdi. "Yoshlik" jurnalining 1-sonida esa, "Ruhiyat ehromi"dagi uchinchi maqola - "Ruhiy holat tahlili" bilan bir sonda o'zining asl nomi ostida e'lon qilindi. O'ylaymanki, haftalik haqidagi eng baland dil so'zlari bo'lib qoldi shu uch betlik maqola! Ayni nom - "Adabiy jarayon ko'zgusi" keyinroq G'afur G'ulom nashriyotiga topshirgan jamiki adabiy-tanqidiy maqolalarimdan iborat to'plamimga umumiy nom bo'lib o'tdi. "Guliston" jurnalining 1-sonida esa, haftalikda Ahmadjon Meliboev o'qib kapalagi uchgan, meni urishib-koyib qaytarib bergan qo'lyozma - ilonlar haqidagi o'qiganda ilon po'st tashlaydigan "Tabiatshunos" ma'joziy hikoyamni Azim Suyun qo'rqmasdan e'lon qildi. Azim tog'da o'sgan bola emasmi, aftidan, ilondan qo'rqmas ekan!.. davomi


 
 
Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil