Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
We are 6 in the family:
1
  Otauli (Rahimjon Otaev) nosir-yozuvchi, publitsist-esseist, munaqqid va tarjimon sifatida, ayniqsa, O'zbekiston davlat mustaqilligi yillarida faol ijod qilayotgan adibdir.
     Otauli 1949 yilda Chimkent viloyatining Turkiston tumanidagi Chipon qishlog'ida tug'ilgan. 1967-1973 yillarda ToshDU (hozirgi O'zMU) filologiya fakultetining kechki bo'limida o'qigan. Ayni chog'da zilziladan keyingi Toshkent qurilishlarida, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot ilmiy tekshirish instituti xalq ig'zaki ijodi bo'limida ishlagan. O'qishni bitirgach, Turkiston tuman ro'znomasida muharrir va tarjimon, qishloq va shahar maktablarida o'qituvchi, O'zbekiston xalq ta'limi vazirligida uslubchi, O'zbekiston Matbuot va axborot agentligida maslahatchi-muharrir bo'lib xizmat qilgan. 1983 yildan buyon O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida faoliyat ko'rsatib kelmoqda: 1983-1987 yillarda tanqid va adabiyotshunoslik bo'yicha adabiy maslahatchi, 1987-1992 yillarda katta adabiy maslahatchi, 1992-2006 yillarda uyushma mas'ul kotibi. Ayni chog'da badiiy nasr bo'yicha adabiy maslahatchi. 1984 yildan buyon uyushma a'zosi.
     Adibning "Turmush, xulq-atvor va mehnat estetikasi" nomli birinchi risolasi va dastlabki adabiy-tanqidiy maqolalari 1982 yilda, "Osmon to'la yulduzlar (Tuyg'ular haqida suhbat)" ilk falsafiy badiasi 1983 yilda bosilib chiqqan edi. Shundan buyon "Tilsim (Turkiston dostoni)", "Elchi", "Ulus (Forobiyning do'sti)" va "Zamona zayli" nasriy dostonlari, "Surnay navolari" qissalar va turkum badialar kitobi, ko'pgina hikoyalari dunyoga keldi. "Alpomish" dostoni, "Kecha va kunduz", "Ko'hna dunyo", "Oqqushlar, oppoq qushlar" romanlari badiiyati tahlil etilgan "Xalqning o'lmas ruhi", "Tong yulduzi shu'lalari", "Hikmatlar karvoni", "Buyuk uchlik" tanqidiy badialari, "Eng jumboq tuyg'u", "Qalpoq bozori", "Til va el Uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi" kabi publitsistik maqolalari o'zbek adabiy tanqidchiligi va badiiy publitsistikasining sara namunalaridandir.
     Otauli zamonaviy eron nasrining asoschisi Muhammad Ali Jamolzodaning "Sho'robod" asarini - rus tilidan, hozirgi qozoq nasrining yetakchi namoyandalari Muxtor Mag'avinning "Tiriklik qo'shig'i" va Abish Kekilboevning "Poygato'riq" qissalarini - qozoq tilidan, atoqli qoraqalpoq adibi To'lepbergen Qaipbergenovning "Qoraqalpoqnoma" roman-essesi, "Bobomga xatlar" badiasi, "Sahro bulbuli" va "Oydo's bobo" dramalari, yozuvchi Ollonazar Abdievning "Eran sahiy" qissasini - qoraqalpoq tilidan tarjima qilgan mohir tarjimon hamdir.
     Otauli "Adabiyot va zamon" (1984), "Zamon ruhi" (2001), "Yosh yuraklar yolqini" (2004) va "Mustaqillik davri adabiyoti" (2006) nomli to'rtta jamoa to'plamiga to'plovchilik qilgan.
     Yozuvchi 1989 yilda "Mehnat faxriysi", 2000 yilda "Shuhrat" medallari bilan taqdirlangan. "Tilsim (Turkiston dostoni)" asari 1995 yilda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Alp Jamol mukofotiga sazovor bo'lgan.
2

3
Man, Ataav Farruh Rahimjon o'g'li, 1979 yil 14 fevralda Toshkent shahrida ziyoli oilada tug'ilganman. 1986-1989 yillarda Toshkentdagi 99-o'rta maktabda, so'ng 1989-1994 yillarda 64-o'rta maktabda o'qidim. 1994-1996 yillarda S. H. Sirojiddinov nomli maxsus litseyda tahsil oldim.
     1996 yildan 1998 yilga qadar Toshkant Davlat Univarsitatining (hozirgi O'zMU) Mexanika-Matematika fakultetida bakalavr bosqichida tahsil oldim. "Umid" (hozirda "Ista'dod") jamg'armasi granti sovrindori bo'lib 1998 yildan to 2001 yilgacha tahsilimni AQShning Alabama shtati, Troy shahridagi Troy Davlat Univarsitatida davom ettirib, bakalavr diplomini qo'lga kiritdim.
     O'zbakistonga qaytgach 2002 yildan 2004 yilgacha O'zMUning Matamatika fakultatida magistratura bosqichini o'qidim. Shu bilan birga 2001 yildan 2004 yilgacha Matematika institutida tadqiqotchi bo'lib ishladim.
     2004 yildan to hozirga qadar Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetida o'qituvchi bo'lib ishlab kelmoqdaman.
     2006-2009 yillarda aspirant-tadqiqotchi bo'ldim.
     2009 yilda matematikadan 500 betlik ingliz tilida qo'llanma chiqardim.
Turmush qurmaganman.
Sudlanmaganman.
Mukofotlanmaganman.
4
Men, Ataeva Dildora Rahimjon qizi, 1981 yilning 26 fevralida Toshkent shahrida ziyoli oilasida tug'ilganman. Otam Ataev Rahimjon yozuvchi, O'zbekistin Yozuvchilar uyushmasida ishlab, "Otauli" taxallusi bilan ijod qiladilar. Onam Ataeva Dilbar Alisaidovna o'rta maktabda o'qituvchi. Akam Ataev Farruh Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida o'qituvchi. Singlim Ataeva Dilfuza modalar atel'esida usta tikuvchi. Yana bir singlim Ataeva Dilorom Tishkentdagi Borovskiy nomli tibbiyot kollejining talabasi.
     Men Toshkent shahridagi 64-o'rta maktabning 9-sinfini bitirgach, 21-kasb-hunar kollejida tahsil ko'rdim va uni imtiyozli diplom bilan tugatdim. 2000 yildan buyon shahrimiz markazida joylashgan "Riv'era" modalar atelesida usta modeler-tikuvchi bo'lib ishlamoqdaman.
     2004 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga o'qishga kirdim. O'qish mobaynida turli moda festivallarida faol ishtirok etdim. Jumladan, 2005 yil 12-17 aprelda  O'zbekiston Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O'zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o'tkazilgan "Moda - 2005" respublika moda festivalida "Pret-a-porte" nominatsiyasi mutlaq g'olibi (ayollar liboslari bo'yicha) diplomi bilan taqdirlandim. 2005 yil 26 noyabrda "Zulfiyaxonim qizlari" Toshkent shahar ko'rigida faol ishtirok etganim uchun Toshkent shahar xotin-qizlar qo'mitasining Faxriy Yorlig'i bilan mukofotlandim.
     Jamiat ishlarida faol ishtirok etganligim uchun Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutining Faxriy Yorlig'i bilan taqdirlandim.
     2006 yil O'zbekiston Respublikasi "Osiyo Ramzi" model'erlar uyushmasi, "Fond-forum Uz." hamda "Dom stilya" hamkorligida o'tkazilgan "Moda va dizayn haftaligi" Respublika Festivalida "Milliy liboslar" nominatsiyasi bo'yicha qatnashib, ishtirokchi diplomi bilan taqdirlandim.
     2007 yil "Fond-forum Uz.", "Dom stilya" hamda O'zbekiston Respublikasi "Osiyo Ramzi" model'erlar uyushmasi tomonidan o'tkazilgan "Moda va dizayn haftaligi" Respublika festivalida "Undegraund" nominatsiyasi bo'yicha qatnashib, ishtirokchi diplomi bilan taqdirlandim.
5

6

Webmaster:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
 
 
 
 
 
home
family
foto
wallpapers
guestbook
 
 
 
 
 
literature
mathematics
analytics
useful sites
various