¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
Muallif: Farruh Otaev

"Tilsim (Turkiston dostoni)" asarini o'qib:
      Otaulining "Tilsim (Turkiston dostoni)" asarida uch aka-ukaning (uch oga-ini botirlar)ning hayoti juda yorqin tasvirlanadi. Muallif to'ng'ich botir Sobir qovunchi og'ir-bosiq, uncha-munchaga jahli chiqavermaydigan, sabrli, mehnatkash dehqon qilib, o'rtancha botir Qodir uchar quv, sho'x, tadbirkor, epchil, tegirmonga tushsa butun chiqadigan, kerak bo'lsa odamlarni aldab-avrab o'zini haqqini ajratib oladigan, ayyor, boylik-mansabga o'ch qilib va kenja botir Botir olimni esa o'qimishli-ziyoli, oq-qorani tanigan, mulohazali, masalaga ilmiy yondoshuvchi, tarix-madaniyatni yaxshi biluvchi, halol, insofli, mehnatkash qilib ko'rsatadi. Agar asarning muqaddimasida keltirilgan turli xil uchliklarni hisobga olsak, mening fikrimcha bir qancha o'xshatishlar qilsa bo'ladi.
     Masalan, tarixdan ma'lum, butun jahonni suv bosganida Nuh payg'ambar va uch o'g'li Xom, Som va Yofas va turli xil jonivorlar kemada jon saqlab qoladi. Hozirda yashayotgan barcha odamlar shu uch aka-ukadan ko'payishgan bo'lib, ularning xarakterlari "Tilsim" dostonidagi uch aka-ukaning xarakterlariga o'xshaydi. Shunda xoynahoy kema yerga qo'nim topganida, to'ng'ich aka eng katta hayvon - filni minib janub, hozirgi Hindiston tarafga, o'rtancha o'g'il keyingi katta hayvon - tuyaga minib g'arbga, hozirgi Arabiston tomonga va kenja o'g'il otga minib, shimolga, hozirgi O'rta Osiyoga qarab ravona bo'lishadi. Tarixdan ma'lumki Xomning to'ng'ich o'g'li Hind bo'lgan va undan barcha hindlar tarqagan, Somning to'ng'ich o'g'li Arab va yana bir o'g'li Yahudiy bo'lgan va ulardan barcha arab va yahudiy xalqlar tarqalgan va nihoyat Yofasning to'ng'ich o'g'li Turk va boshqa o'g'li Rus bo'lgan va ulardan turkiy va slavyan xalqlari tarqalgan. Nuh payg'ambarning kenja o'g'li Yofas minib chiqqan ot tez harakatlanishi tufayli Yofas avlodlari butun Yevroosiyo va Amerika qit'alariga tez tarqalishgan. Xom, Som va Yofas avlodlarining xarakterlari ham Sobir, Qodir va Botir xarakterlariga muvofiq keladi. Masalan, Xom avlodi hindlar sabr-bardoshli, mehnatkash, o'zidan ko'payishib, bir vatanda qo'nim topib, o'z an'analariga sodiq qolib kelishmoqda. Som avlodlari arablar va yahudiylar juda uddaburro, ishni ko'zini biladigan, tadbirkor, sho'x, kezi kelganda aka yoki uka avlodini o'z izmiga soladigan, kezi kelganda janjal chiqaradib, o'yindan o't chiqarishi mumkin. Yofas avlodlari turklar va slavyanlar ziyoli, aka avlodlarini kuzatib o'ziga to'g'ri xulosa chiqaradigan, kezi kelganda aka avlodlarini murosaga keltiradigan, ilmga berilgan bo'ladi.
       "Tilsim" dostonidagi uch og'a-inining xarakterlarini uch kitobiy dinlarga ham qiyoslasa bo'ladi, nazarimda. Ya'ni, yahudiylik dinini Sobir botir va uning sabrliligi va o'z e'tiqodiga sadoqatiga, nasroniylik dinini Qodir botir va uning uddaburroligi va tadbirkorligiga va nihoyat islom dinini kenja Botir va uning ziyoliligi va ikki akasiga yordam berib umumiy baxtga yetishishga harakat qilishiga o'xshatsa bo'ladi.
     Dunyoning gultoji bo'lgan inson umrini ham shu uch aka-uka xarakterlariga qiyoslasa bo'ladi, ya'ni, inson tug'ilib to balog'at yoshiga yetgunga qadar sabr qilib, kattalarning bergan ta'lim-tarbiyasiga rioya qiladi. Balog'at yoshidan to keksayguniga qadar mustaqil hayot kechirib, oila qurishi, farzandlar tarbiyalashi, qisqasi tadbirkor va tinimsiz o'zini o'qqa-cho'qqa uradi. Va nihoyat odam keksayganida donishmandga aylanib, o'z umrini sarhisob qilib, yoshlarga ta'lim berish, ularni to'g'ri yo'lga yo'naltirish, murosaga keltirish bilan shug'ullanadi.
     Bunday uchliklarni turli fan sohalarida ko'rishimiz mumkin. Fanlarning uch tarmog'i (ijtimoiy, tabiiy va ijtimoiy-tabiiy)-yu va har bir fanning o'zida uch asosiy jihatlarini ko'rsatish mumkin. Avvalambor, har bir fanda har qanday ma'lumot uch bosqichni bosib o'tadi: faraz, tajriba va isbot-xulosa. Masalan, ruhshunoslikda: 1) insondagi ong, ong-osti va ego; 2) insonning uch tabiati - sangvinik (xushchaqchaq), xolerik (jaxli tez) va flegmatik-melanxolik (og'ir-vazmin, tushkun), san'atda: 1) asosiy ranglar - yashil, qizil va ko'k; 2) uch xil cholg'u asboblari - urib chalinadigan, puflab chalinadigan va simli, adabiyotda: 1) gap qismlari - ega, kesim va aniqlovchi, to'ldiruvchi va xol; 2) uch nasriy asar - hikoya, qissa va doston, iqtisodda: 1) mikro (bitta firma xo'jaligi), makro (muayyan davlatdagi firmalarning umumiy va o'zaro xo'jaligi) va jahon; 2) iqtidosning uch tarmog'i - qishloq xo'jaligi, sanoat (ishlab chiqarish) va xizmat ko'rsatish, harbiylik ishida: 1) ichki ishlar, mudofaa va milliy xavfsizlik (tashqi xavfdan himoya); 2) hukmronlikning uch bosqichi - reja, jang va tuzum, sportda - qoida, mashq va musobaqa, fizika fanida: 1) moddiy jismning uch o'lchovi - bo'yi, eni va balandligi; 2) uch tarmoq - kinematika (har qanday jism nuqta deb hisoblanadi va uning harakati o'rganiladi), dinamika (jismning harakati barcha fizik kattaligi hisobga olib o'rganiladi) va statika (jism tinch holatda o'rganiladi); 3) atomning uch qismi - proton (musbat zarra), elektron (manfiy zarra) va neytron (ya'ni neytral zarra), 4) suvning uch holati - suyuq, gaz va qattiq, matematika fanida: 1) uch rivojlanish bosqichi - o'zgarmas qiymatlar (ibtidoiy jamoa davridan to o'rta asrgacha), o'zgaruvchi qiymatlar (o'rta asrdan to 20 asrgacha, ya'ni funktsiya tushunchasi qo'llangan davr) va nisbiy qiymatlar (20 asrdan keyin, nisbiylik nazariyasi qo'llangan davr); 2) uch shakl - ellips, parabola va giperbola; 3) uch sonlar to'plami - ratsional, irratsional va haqiqiy, zoologiya fanida: 1) xasharotlar, qushlar va hayvonlar; 2) odam tanasidagi uch xil tomir (arteriya, vena va kapillyar), botanika fanida - o't-o'lanlar, mevasiz daraxtlar va mevali daraxtlar, astronomiya fanida - Yerga yaqin osmon jismlari, quyosh sistemasidagi sayyoralar va quyosh sistemasidan tashqaridagi jismlar, geografiyada - mahalliy, regional (materiklar va okeanlar) va jahon, me'morchilikda - inshootning tagzamini (asosi, fundamenti), ustunlari (tanasi) va tomi. Bunday misollarni yana uzoq keltirish mumkin.
     E'tiboringiz uchun rahmat!

Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil