¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
Muallif: Farruh Otaev

XX asr jahon tarixi

Yil                       Voqea
1899-1902                Anglo-Bor (Janubiy Afrika) Urushi

1901                        Avstralia koloniyalari mustaqil Avstralia Hamdo'stligini tuzish uchun federatsiya tashkil qiladi; Qirolicha Viktoriya vafot etadi

1901-05                Frantsiyada Cherkov bilan Hukumatni ajralishi

1902                        Germaniya, Avstriya va Italiya o'rtasida uch tomonlama ittifoqning keyingi 6 yil uchun yangilanishi

1903                        Panama mustaqil bo'lishi

1903-1921                Rossiyada pogrom (qatag'on)

1904                        Frantsiya G'arbiy Afrika Federatsiyasi uchun konstitutsiyani e'lon qilishi; Anglo-Frantsuz ishonchnoma imzolanishi

1904-5                Manjuriya uchun Rus-Yapon urushi va Rossiyani mag'lubiyati

1905                        Birinchi Morokko inqirozi; Norvegiya-Shvetsiya ittifoqi tugatilishi; Teodor Ruzvelt AQSh prezidenti bo'lishi

1905-6                Rossiyada inqilob

1907                        Yangi Zelandiya Britaniya imperiyasida yangi mustamlaka

1908                        Avstriya Bosniya va Gertzegovinani bosib olishi

1910                        Portugal revolyutsiyasi; Yaponiya Koreyani bosib olishi

1911                        Ikkinchi Morokko inqirozi; Uinston Cherchil Suv qo'shini birinchi Lordi etib tayinlandi

1911-12                Turk va Italyanlar o'rtasida Tripolitan urushi

1912                        Afrika Milliy Kongressining tashkil topishi; Montenegro Turkiyaga qarshi urush ochishi; Bolgariya va Serbiya o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi

1912-13                Turkiya va Bolqon Ligasi o'rtasida birinchi Bolqon urushi

1913                        Ikkinchi Bolqon urushi; Bolgariya sobiq ittifoqchilarga hujum qilishi; Buxarest shartnomasi

1914                        AQSh tomonidan boshqarilgan Panama Kanalining ochilishi; Serbiya va Turkiya tinchlik shartnomasini imzolanishi; Avstriya-Vengriya Germaniya yordamida Serbiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Rossiya Serbiyaga yordam qilish uchun o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi; Germaniya Rossiya va Frantsiyaga urush e'lon qilishi; Germaniya Belgiyani bosib olgandan so'ng Britaniya urushga kirishi; Rossiya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Frantsiya va Britaniya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Ruslar sharqiy Prussiyani va Vengriyani bosib olishi
      
1914-1918                Birinchi Jahon Urushi; Avstraliya va Yangi Zelandiya Britaniya bilan Birinchi Jahon Urushiga kirishi

1915                        German havo kemalari Britaniya sharqiy portlariga bomba tashlashi; Nemislar birinchi marta zaharli gaz ishlatishi

1916                        Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Britaniya G'arbiya frontda tanklardan foydalanishi; Germaniya Ittifoqchilarga tinchlik notasini yo'llashi; Arablarning Turklarga qarshi qo'zg'oloni

1917                        AQSh va Kubaning Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Avstriya va Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh Vengriya va Avstriyaga qarshi urush ochishi; German-Rus sulhi imzolanishi; Balfur bayonnomasi Ziyonizmni tan olishi va Falastinni yahudiylarning milliy vatani deb e'lon qilishi;
MDH: Rossiyada inqilob boshlanishi; Lenin bosh komissar va Trotskiy tashqi ishlar komissari etib tayinlanishi; Kerenskiy boshchiligidagi aksil-inqilob harakatining tanazzuli

1917-22                MDH: Fuqarolar urushi: Kommunistlar anti-communistlarni mag'lub etishi

1918                        AQSh prezidenti Vilson 14 banddan iborat rejani e'lon qilishi; Londonda go'sht va saryog' meyoriy taqsimot qilinishi; Damashqning qulashi; Falastinda Turkiya qarshiligi sinishi; Germaniya tinchlik so'rashi; Germaniya suvosti jangini to'xtatishi; Bavariyada respublika deb e'lon qilinishi; German respublikasi e'lon qilinishi; Berlinda inqiliob; Avstriya Germaniya bilan ittifoq bo'lishini e'lon qilishi; Germaniyada Milliy Sotsiyal partiyasiga asos solinishi
MDH: Sovet hukumatini Moskvaga ko'chirilishi; Rossiyada sobiq tsar Nikolay va uning oilasi qatl etilishi;

1919                        Parijda Millatlar Ligasining birinchi majlisi bo'lishi; Habsburg sulolasini Avstriyadan surgun qilinishi; Versalda German tinchlik shartnomasini imzolanishi

1919-21                MDH: Rus-Polyak Urushi

1919-23                Ottaman imperiyasi qulashi (parchalanishi)

1922                        MDH: Stalinning Kommunist partiyasining bosh kotibi bo'lishi

1923                        Turkiya respublika deb e'lon qilinishi
MDH: SSSR rasman tuzilishi

1924                        MDH: Leninning vafoti; Stalin va Trotskiy o'rtasida hokimiyat uchun jang boshlanishi

1925                        Rezak Xonning Persiya shohi bo'lishi

1926                        Livan respublikasi o'rnatilishi;

1927                        MDH: Trotskiy partiyadan haydalishi;

1927                        Avstraliya poytaxti Melburndan Kanberraga ko'chirilishi

1928                        MDH: Don tanqisligi; Stalin qishloq xo'jaligini zudlik bilan kollektivlashtirishga farmon berishi

1928-32                MDH: Iqtisodni rivojlantirish uchun birinchi 5-yillik reja ishlab chiqilishi; Boy yer egalarining ta'qib qilinishi (boyquloq qilinishi)

1929                        Wall Street tanazzuli butun jahon iqtisodiy inqiroziga olib kelishi
MDH: Trotskiy mamlakatdan chiqarib yuborilishi

1930                        Gandi Hindistonda ijtimoiy bo'yinsinmaslik harakatini boshlashi; Oxirgi Frantsuz qo'shinlarining Raynlenddan (g'arbiy Germaniya) chiqib ketishi; Falastinda birinchi ulkan Arab-Yahudiy nizosi; Germaniya saylovlari va Milliy Sotsiyal partiyasi yetakchi siyosiy kuch bo'lishi

1931                        Yaponiya Manjuriyani egallashi

1932                        Germaniyada bir necha natijasiz saylovlar o'tishi; Yaponiya Shanxayni egallashi; Saudiya Arabistoni yagona qirollik bo'lishi; Iroq mustaqil bo'lishi

1932-33                MDH: Ochlik va dehqonlarni jazolash; taxminan 15 million aholi o'lishi

1933                        Gitler Germaniya Kantsleri etib tayinlanishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib saylanishi; Germaniyada Yahudiy biznesini boykot qilish boshlanishi; Ruzvelt AQSh iqtisodiga yordam berish uchun "Yangi kelishuv" dasturini ishlab chiqishi; birinchi Fashist konslagerlari (kontsentratsiya lageri); AQShda spirtli ichimliklarni savdo qilishni ta'qiqlovchi qonunlar bekor qilinishi 

1933-37                MDH: Xalq iste'moli mahsulotlarini ishlab chiqish uchun ikkinchi 5-yillik reja

1933-38                MDH: Stalinning Dahshatli qatag'oni

1934                        Avstriyada fuqarolar urushi; Gitler va Mussolinining Venetsiyada uchrashuvi; Avstriyada Fashistlar qo'zg'oloni; Gitler Fyurer (rahbar) taxallusini olishi; SSSR Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Mao Zedong "Uzun Marsh"ga rahbarlik qilishi

1935                        Chang dovullari AQShning don yetishtiradigan shtatlariga talofat yetkazishi; Gitler Millatlar Ligasi qarshiligiga qaramasdan qayta qurollanishni e'lon qilishi; Italiya Efiopiyani egallashi

1936                        Fashist qo'shinlari Raynlendga kirishi; Ispaniyada Franko fashistlari va respublikachi kuchlar o'rtasida fuqarolik urushi boshlanishi; General Frankoning Fashist hukumati Gitlet va Mussolini tomonidan qo'llab-quvvatlanishi; Oriylarning ustunligini namoyish qilish maqsadida Berlinda Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi; Franko Ispan xalqining rahbari etib saylanishi; Rim-Berlin ittifoqi tashkil etilishi;

1936-38                Yangi Zelandiya barcha fuqarolari uchun ijtimoiy himoya dasturini ta'sis etishi

1937                        MDH: SSSRda Stalin siyosiy raqiblarni daf etish uchun oshkora sudlar o'tkazishi; Frankoning qo'shini Gvernika shahrini yakson etishi; "Hindenburg" nomli ulkan havo kemasining Nyu Jersiga qo'nish paytidagi halokati; Misr Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Yaponiya Pekinni va Shanxayni egallashi; Chiang Kai-Shek va Mao Zedong qo'shinlari Yaponiyaga qarshi birlashishi

1938                        Germaniya Avstriyani egallashi; Meksiko AQSh va Britaniya neft hududlarini qo'lga kiritishi; Braziliyadagi Fashist qo'zg'oloni bostirilishi; Germaniya va Britaniya Chexiyaning shimoliy hududlarini Germaniya ixtiyoriga o'tkazilishini imzolashi; Chilida Fashist harakati ma'glubiyati; Gitler Chexoslovakiyani egallashi; Germaniya yahudiylarga qarshi pogrom (qirg'inlar) uyushtirilishi; Yaponiya Millatlar Ligasida chiqishi

1938-42                MDH: Qurol-yarog' ishlab chiqarish uchun uchinchi 5-yillik reja

1939                        Atom bo'linishiga erishish; Ispan fuqarolar urushi tugashi va Frankoning g'alaba qozonishi; Chexoslovakiya davlatining yo'q qilinishi; Italiya Albaniyani bosib olishi; Ispaniya Millatlar Ligasidan chiqishi; Germaniya Polshani bosib olishi; II Jahon Urushi boshlanishi; Yaponiya Hainanni (Xitoyning janubiy sharqiy viloyati) egallashi; AQSh Yaponiya bilan savdo qilishni bekor qilishi; Britaniya va Frantsiya Germaniyaga qarshi urush ochishi; AQSh prezidenti Ruzvelt AQShning neytral (betaraf) pozitsiyasini e'lon qilishi
MDH: Stalin va Gitler o'rtasida hujum qilmaslik shartnomasi; Mongoliya chegarasida Rus-Yapon urushi; SSSR Finlyandiya va Polshani sharqiy tomonini bosib olishi va Millatlar Ligasidan haydalishi

1939-40                MDH: Rus-Fin urushi

1939-45                Avstraliya va Yangi Zelandiya Ittifoqchilar bilan II Jahon Urushida jang qilishi

1940                        Finlyandiya 14-haftalik urushdan so'ng SSSRga mag'lub bo'lishi; Germaniya Daniya va Norvegiyani bosib olishi; Italiya Franstiya va Britaniyaga qarshi urush ochishi; Germaniya Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgni bosib olishi; Germaniya Chennel orollarini bosib olishi; Germaniya Parijga kirib borishi; Britaniya jangi va kunduzgi Londonni bombaga tutish; Italiya Misrga yurish qilishi, ammo chekinishga majbur bo'lishi; Britaniyani tungi bombaga tutish; Urush Shimoliy Afrikaga yoyilishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib qayta saylanishi
MDH: Trotskiy Meksikoda Stalinning buyrug'i bilan o'ldirilishi; Rossiya Boltiqbo'yi davlatlarini bosib olishi

1941                        Britaniya Iroqni egallashi; Britaniya Efiopiyani bosib olishi; Ittifoqchilar Liviya va Siriyani egallashi; Gretsiya Germaniya tasarrufiga o'tishi; Germaniya Kritni egallashi; Ittifoqchilar Eronni boshqarishi; Yaponiya AQShning Perl Harbor portini bombardimon qilishi; AQSh va Britaniya Yaponiyaga qarshi urush ochishi; Germaniya va Italiya AQShga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Ittifoqchilar tomonida urushga kirishi; Yaponiya Tayland, Filippin, Malaya va Gong Kongni egallashi; Yaponiya Singapur va Burmani hujum qilishi
MDH: Germaniya 1939 yilgi shartnomani buzib SSSRga hujum qilishi; Leningrad qamali boshlanishi

1942                        Gitler boshchiligida Germaniya "So'nggi Yechim" - Yahudiy, lo'li, gomoseksual, communist va dissidentlarni muntazam yo'q qilishga kirishishi; Yaponiya Manilani olishi; Burma va Singapur Yaponiyaga taslim bo'lishi; Yaponiya Daniya tasarrufidagi Sharqiy Hind (Osiyoning janubiy sharqiy hududidagi davlatlar) yerlarini egallashi; Britaniya Lyubek va Kolonni bombaga tutishi; AQSh Tokioni bombaga tutishi; Amerikaliklar Marjon Dengizi jangini yutishi va bu Yaponiyaning sharqqa yurishini to'xtatadi; AQShning Yaponiya egallagan Sulaymon orollariga hujumi; Stalingrad jangining boshlanishi; Germaniya V2 raketasini ishlatishi

1942-43                MDH: Stalingrad jangi 1943 yilda Rossiya g'alabasi bilan yakunlanishi

1943                        Birinchi bor Berlinni kunduzi bombardimon qilinishi; Atlantika jangi; Germaniya suvosti kemalari mag'lubiyatga uchratilishi; Varshava qishlog'idaga qirg'in; Ittifoqchilar Sitsiliya oroliga yurishi; Mussolini taxtdan ag'darilishi; AQSh qo'shini Italiya yerlariga hujumi; Italiya sulhi imzolanishi; Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh qo'shini yana Tinch okeanidagi orollarni o'z nazoratida ushlashi; Ruslar Dnepr daryosini kechib o'tib, Smolenskni olishi; Ruslar Kiyevni qayta egallashi; Ittifoqchilarning Germaniyani "soat-yo'nalishi-bo'ylab" bombardimon qilishining boshlanishi

1944                        Yaponiyani strategik bombardimon qilishni boshlanishi; Gitletga suiqasd qilish besamar bo'lgani; Britaniya va Shimoliy Amerika qo'shinlari shimoliy Frantsiyani egallashi; Germaniya qo'shinlari Sovet Ittifoqidan quvib chiqarilishi; Parij Ittifoqchilar qo'liga o'tishi; Ruminiya va Finlyandiya bilan Sovet hukumati o'rtasida sulh tuzilishi; Bolgariya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Germaniya Gretsiyani tashlab chiqishi; Sovet qo'shinlari Germaniyani bosib olishi; Moskvada Cherchil va Stalin konferentsiya o'tkazishi; Yaltada Ruzvelt, Stalin va Cherchil uchrashuvi, Prezident Ruzvelt vafoti va Truman uning o'rniga kelishi; Siriya mustaqil bo'lishi; Vyetnam mustaqil respublikasi tashkil etilishi

1945                        Sovet qo'shinlari Polsha, Avstriya va Vengriyani egallab, Chexoslovakiyaga kirishi; Ittifoqchilar Burmani qayta qo'lga kiritishi; Ittifoqchilar Manilani qayta qo'lga kiritishi; Mussolini qatl etilishi; Venaning ozod etilishi; Gitler o'z joniga suiqasd qilishi; Germaniya taslim bo'lishi; Berlin Sovet qo'shinlariga taslim bo'lishi; Ittifoqchilar Filippinni qayta egallashi; Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi tasdiqlanishi; AQSh Yaponiyaning Hirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlashi; Yaponiya rasman taslim bo'lishi; Nuremberg urush jinoiy ishlari ko'rib chiqila boshlashi; SSSR sharqiy Germaniyani egallashi; AQSh qo'shinlari Koreyaga kirishi; Xitoy fuqarolik urushi boshlanishi

1946                        AQShning yadro quroli sinovlarini boshlashi; Britaniya yadro sinovlarini Kristmas orolida o'tkazishi; Birinchi Fashist urush jinoyatchilari Nurenberg sud ishlarida jazoga hukm etilishi; SSSR Bolgariya va Ruminiyada Kommunist hukumatini o'rnatishi; Filippin mustaqil bo'lishi; Iordaniya mustaqil bo'lishi

1946-47                MDH: Sovuq Urushning boshlanishi

1947                        Marshal Eid Rejasi (AQShning G'arbiy Yevropani tiklash borasidagi ko'magi); Kommunistlar Vengriyada hukumat tepasiga kelishi

1948                        Kommunistlar Chexoslovakiyani to'liq o'z qo'llariga olishi; Polshada Kommunistlarning g'alabasi; Berlin blokadasi; SSSR Shimoliy Koreada "xalq respublikasi"ni tuzishga yordam berishi; Narh-navoning o'ta balandligi AQShda qo'zg'olonlarni keltirib chiqardi; Nyufoundlend Kanadaga qo'shilishga ovoz berishi; AQShda 18-25 yoshdagi erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi; Isroil davlati barpo etilishi; Kommunistlar Manjuriyani egallashi; SSSR Shimoliy Koreada kommunistik hukumat ta'sis etishi; Sovet qo'shinlari Shimoliy Koreadan chiqib ketishi; Burma mustaqillikka erishishi; Janubiy Korea mustaqil bo'lishi

1948-9                Birinchi Arab-Isroil Urushi

1948-60                Malayada favqulodda holat

1949                        Shimoliy Atlantika Tashkiloti (NATO) tuzilishi; Germaniya Federativ Respublikasi tuzilishi; Kommunist Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilishi; Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilishi; AQSh Janubiy Koreadan qo'shinlarini olib chiqishi; Kommunistlar Xitoyni boshqarishi; Xitoy natsionalistlari Tayvanga qochishi; Indoneziya mustaqil deb e'lon qilinishi
MDH: SSSR atom bombasini sinashi

1950                        Janubiy Afrikada Aholini Ro'yxatdan o'tkazish Qarori aholini irqiga qarab tasnif qilishi; Shimoliy Korea Janubiy Koreaga bosib olishi; AQShda McCarren Qarori kommunistlarga qarshi qat'iy cheklovlarni ilgari suradi; AQSh va SSSR o'rtasida Do'stlik Shartnomasi imzolanadi; Xitoy Shimoliy Koreaga yordam berish uchun Koreys urushiga aralashadi; AQShning Shimoliy Koreaga qarshi urushga aralashishi; Vyetnam mustaqilligi tan olinishi
MDH: Xitoy-Sovet ittifoqchilik kelishuvi

1950-3                Koreys urushi

1951                        Liviya mustaqilligi

1952                        Keniya hukumati favqulodda holat e'lon qilishi; 16 000 kishi Sharqiy Berlindan G'arbiy Berlinga qochib o'tishi; AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o'tkazishi

1953                        Viyetnam isyonchilari Laosga hujum qilishi
MDH: Stalinning vafoti; Khrushchev Partiyaning birinchi kotibi bo'lishi; SSSR o'zining birinchi vodorod bombasini sinashi

1953-55                Morokkoda bir qancha aksil-Frants qo'zg'olonlari bo'lishi

1954                        AQSh va 7 boshqa davlatlar kommunizmning tarqalishini oldini olish uchun Janubiy-sharqiy Osiyo Umumiy Mudofaa Kelishuvini imzolashi; AQSh Oliy Sudi maktablarda irqiy kamsitishni noqonuniy deb e'lon qilishi; Indoxitoy Sharqiy va G'arbiy Viyetnam, Cambodjia va Laosga ajralishi

1954-62                Aljir urushi: millatchilarning Frantsuz hukmronligiga qarshi qo'zg'oloni va natijada Aljir mustaqilligiga erishishi

1955        Sharqiy Yevropa communist davlatlari o'rtasida Varshava Kelishuvi imzolanishi; AQShda qora tanli aholi yetakchilari o'ldirilishi; AQShda ijtimoiy hayotda irqiy ajratishlar konstitutsiyaga qarshi deb e'lon qilinishi

1956                        Sudan mustaqil bo'lishi; Morokko va Tunis mustaqil bo'lishi; Ikkinchi Arab-Isroil Urushi; Isroil G'azo sektorini bosib olishi
MDH: Rossiya Vengriyani bosib olishi; Khrushchev Partiya Yig'ilishida Stalinni qoralashi

1956-7                Suets inqirozi: Misr Suets kanalini milliylashtirishi, Isroil va Anglo-Frantsuz harbiy aralashuvi va BMT tinchlik kuchlarini jo'natishi

1957                        Gana mustaqillikka erishgan birinchi Afrika davlati; SSSR o'zining birinchi Sputnik 1 sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Malaya mustaqil bo'ladi

1957-8                AQSh maktablaridagi desegregatsiya ijtimoiy notinchliklarga va Milliy Gvardiyadan foydalanishga olib kelishi

1958                        Gvineya mustaqil bo'ladi; AQSh o'zining birinchi sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Harbiy qo'zg'olonlar Iroqda monarxiyani tugatadi
MDH: Xrushchev rahbar bo'lishi

1959-60                Fidel Kastro rahbar Batistani o'rnini egallagandan keyin AQSh Kubaga savdo embargosini e'lon qiladi

1960                        Keniyaning favqulodda holati yakunlanadi; G'arbiy Sahara Ispaniyaning bir provintsiyasiga aylantiriladi; Benin, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kongo, Gabon, Ivori Kost, Madagaskar, Mali, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Senegal, Somalia, Togo, Yuqori Volta va Zair mustaqillikka erishadi; Janubiy Afrikada Sharpevil isyoni, natijada 67 odam qurbon bo'lishi va Janubiy Afrikaning tanqidga uchrashi; SSSR hududida AQShning U2 ayg'oqchi uchog'ini otib tushirilishi; SSSR Xitoyga yordamni to'xtatishi; Fidel Kastroning hukumati oshkora communist hukumatga aylanishi
MDH: Xitoy-Sovet ajralishi boshlanishi

1961                        BMT bosh assambleyasi aparteidni qoralashi; Siyerra Leon, Tanganika va Zanzibar mustaqil bo'lishi; Janubiy Afrika Hamdo'stlikdan chiqishi; AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarni uzishi; AQShning Kubani ishg'ol qilish harakati mag'lubiyatga uchrashi; Berlin devori qurildi; AQSh va SSSR yadro sinovini tugatishi
MDH: Venada qurolsizlarnish masalasi yuzasidan Kennedi-Xrushchev sammiti

1962                        G'arbiy Samoa mustaqil bo'ladi; Aljir, Burundi, Ruanda va Uganda mustaqillikka erishadi; SSSR Kubaga qurol jo'natishga rozi bo'ladi; SSSR Kubaga yadro qurolini olib kirmaslikka rozi bo'lishi

1962-70                Yamanda fuqarolar urushi va monarxiya tugatilishi

1963                        Keniya mustaqillikka erishadi; Afrika Ittifoqi Tashkilotining tuzilishi; AQSh, SSSR va Britaniya tomonidan yadro sinovini o'tkazmaslik haqidagi shartnomani izmolanishi; Prezident Kennedi suiqasdda halok bo'ladi; AQShda inson huquqlari uchun kurash kuchayadi; Malaya kengayib Malayziyani tashkil etadi

1964                        Nelson Mandela va boshqa Afrika Milliy Kongress va Pan-Afrika Kongressi yetakchilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi; Malavi va Zambiya mustaqil bo'ladi; AQShda irqiy isyonlar kuchayadi; AQShning Vyetnam urushiga aralashishi boshlanadi
MDH: Xrushchev hokimiyatdan ketishi va Brejnev Partiya rahbari etib saylanishi

1964-75                Vyetnam Urushi (AQSh 1965-73 yillarda ishtirok etishi)

1965                        Frantsiya yadro sinovlarini Tuamotu Orolida o'tkazishi; Gambiya ozod bo'lishi; AQShning quruqlik qo'shinlari Vyetnam Urushiga kirishi; Indoneziyada kommunist to'ntarishini uyushtirishga harakat qilish; Singapur mustaqil bo'ladi

1965-7                AQShning Vyetnam urushidagi ishtirokining kuchayishi, xususan bomba reydlari o'tkazilishi va bu urush muholifatchilarining ko'payishiga olib kelishi

1965-75                Shimoldagi kommunistlar bilan janubdagi kommunist bo'lmaganlar o'rtasida Vyetnam Urushi

1966                        Gayana mustaqil; Botsvana va Lesoto mustaqil bo'ladi

1966-7                Xitoyda Madaniy Inqilob

1967                        Avstraliya konstitutsiyasiga Aborigenlarga (yerli aholiga) yordam beradigan dasturlar uchun o'zgartirish kiritilishi; Nigeriyadagi nizolar fuqarolar urushiga olib kelishi; Xitoy o'zining birinchi vodorod bombasini portlatishi; AQSh va SSSR qurolsizlanishni muhokama qilishi; Olti-kunlik urush: Isroil G'azo sektori va Golan tepaliklari bilan G'arbiy hududni qaytadan egallashi; G'arbiy Yaman mustaqil bo'lishi

1968                        Nauru mustaqil bo'ladi; Ekvatorial Gvineya, Mavritaniya va Svazilend mustaqil bo'ladi; Varshava Shartnomasidagi davlatlar Chexoslovakiyani bosib olishadi; AQShda Vyetnam urushiga qarshilar kuchayishi; Inson huquqlari kurashchisi Martin Lyuter King o'ldirilishi va ko'plab qo'zg'olonlarning kelib chiqishi; Prezidentlikka nomzod Robert Kennedining o'ldirilishi
MDH: Qizil Armiya Chexoslovakiyani bosib oladi

1969                        General Gaddagi boshchiligidagi harbiy zobitlar Liviya qirolini ag'darishi; AQSh va SSSR SQChM (Strategik Qurollanishni Cheklash Muzokaralari)ni boshlashi; AQShning Vyetnam urushidan chiqishi; Neyl Armstrong birinchi bo'lib Oyga qo'nishi; Yosir Arofat Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbari etib saylanishi; Golda Meyr Isroilning to'rtinchi bosh vaziri bo'lishi
MDH: Xitoy-Sovet chegara nizolari

1970                        Britaniya Fiji, Tonga va Sulaymon orollariga mustaqillik berishi; G'arbiy Germaniya, Sovet va Polsha Yevropa chegarasi bo'yicha kelishuvi; Nigeriyada fuqarolar urushi yakunlanishi; AQSh harbiy guruhlari Kambodjiyaga hujum qilishi

1971                        Bahreyn, Qatar va Birlashgan Arab Amirligi mustaqillikka erishishi; Xitoy BMTga a'zo bo'lishi

1972                        AQSh prezidenti Nikson SQChM I shartnomasi uchun SSSRga tashrifi; Niksonning Xitoyga tashrifi; AQShning Vyetnamni bombaga tutishi yakunlanishi; Ferdinand Makros Filippinda harbiy holat e'lon qilishi va diktatorlik o'rnatishi

1973                        Vyetnamda urushni tugashi va Amerika qo'shinlarini chiqarilishi; Arablarning AQShga neft sotishni ta'qiqlashi tufayli ro'y bergan neft inqirozi; To'rtinchi Arab-Isroil urushi; Arab neft embargosi; Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa Iqtisodiy Hamkorlikka a'zo bo'lishi
MDH: Brejnev-Nikson sammiti

1973-5                Helsinki anjumani G'arb va Sharq adovatini kamayishiga yordam berishi

1974                        Gvineya Bissau mustaqil bo'lishi; Nikson Votergeyt janjali natijasida istefoga chiqishi; Turkiya Kiprga hujum qilib, yarmini bosib olishi; Portugaliyada inqilob

1975                        Papua Yangi Gvineya mustaqil bo'ladi; Surinam ozod bo'ladi; Suets kanali qayta ochiladi; G'arbiy Saharaning Morokko va Mavritaniya o'rtasida bo'linishi; Angola, Keyp Verde, Komoros, Mozambik va Sao tom va Prinsipe mustaqil bo'ladi; AQSh va SSSR 1945 yilgi Yevropa chegaralarini tan olish haqidagi shartnomaga imzo qo'yishi; Livan Fuqarolar urushining boshlanishi; Kambodjiya Kamputchiya deb atala boshlanishi; Xuan Karlos 44 yilga Ispaniyaning birinchi qiroli etib saylanishi

1976                        Seyshel orollari ozod bo'ladi; G'arbiy Sahara uchun Morokko va Aljir qo'shinlarining to'qnashuvlari; Udandalik va Tanzaniyalik isyonchilar tomonidan Ugandaning ishg'ol qilinishi; AQSh neytron bombasini sinashi; Vyetnamni rasman birlashishi; Mao Zedong o'limi

1977                        Djibuti ozod etilishi; Misr prezidenti Sadat Isroilga tinchlik taklif qilish uchun tashrif buyurishi

1977-8                Somaliya va Efiopiya o'rtasida Ogaden urushi

1978                        Britaniya Tuvaluga mustaqillik berishi; Zairning Shava viloyatida qirg'in va isyonlar va Yevropaliklarning bu hududdan evakuatsiya qilinishi; Begin va Sadan Nobel Tinchlik uchun mukofotini olishi; Vyetnam Kampuchiyani bosib olishi; Jon Pol birinchi Polyak popi bo'lishi

1979                        Britaniyaning Gilbert Orollari Kiribati sifatida ozod bo'lishi; Mavritaniya G'arbiy Saharadan chiqishi va uning Morokko tomonidan bosib olinishi; AQSh-SSSR SQChM II shartnomasi; AQSh Nikaraguaga yordamni to'xtatishi; Eronda Amerikaliklar asirga olinishi; Eron inqilobi; Shoh mamlakatdan qoshganda keyin Oyatulloh Humayni hukumatga kelishi; Isroil-Misr Tinchlik Shartnomasi imzolanishi; Xitoy Vyetnamni bosib olishi; Margaret Tetcher Yevropada birinchi ayol bosh vazir bo'lishi

1979-80                Sovet qo'shinlari Afg'onistonga hujum qilishi

1979-81                AQSh elchixonasi qamali tufayli AQSh-Eron inqirozi

1980                        Britaniya va Frantsiya tomonidan boshqariladigan Yangi Hebrid ozod etilishi va u Vanuatu deb nomlanishi; Rodeziyada oqtanli guruh hukmronligi tugatilishi va uning Zimbabve deb nomini o'zgartirilishi; Afrikada dahshatli qurg'oqchilik va Efiopiyaning tang ahvoli; Eronda Amerikalik asirlarni qutqarish harakati inqirozga uchrashi; Prezident Karter hokimiyatni qo'ldan boy beradi; Eron-Iroq urushi boshlanishi va Iroqning g'alabasi

1981                        Beliz mustaqillikka erishadi; Misr prezidenti Sadar o'ldiriladi; Prezident Reyganga suiqasd uyushtiriladi; Eronda Amerika asirlari ozod etiladi; Yevropada yadro qurolsizlanishiga da'vat qiluvchi ulkan namoyish; Frantsiyada Mitteran prezident etib saylanadi; Jon Pol papasi suiqasd natijasida jarohatlanishi; Polsha islohotlari bekor qilinishi va harbiy holat e'lon qilinishi

1982                        AQSh va SSSR START (Strategik Qurol Kamaytirish Muzokaralari) boshlanishi; Isroil Liviyani ishg'ol qilishi; Eron Iroqga hujum qiladi; 20,000 dan ortiq ayollar Grinham Britaniyadagi AQSh yadro maydonida yadro quroliga qarshi namoyish qiladi
MDH: Brejnev vafot etadi va Andropov uni o'rniga saylanadi

1983                        AQShning Grenada oroliga hujum qilishi; 247 AQSh suv qo'shinlari va 58 Frantsuz qo'shinlari Liviyadagi mashina portlatilishida halok bo'ladi; Arofat Siriyadan haydaladi

1984                        Argentina va Buyuk Britaniya Malvina (Foklend) orollari uchun urush qiladi va Buyuk Britaniya boshqaruvni saqlab qoladi; Xalqaro tinchlik qo'shinlari Liviyadan chiqib ketadi; Bruney ozod bo'ladi
MDH: Andropov vafot etib, o'rniga Chernenko saylanadi

1985                        Yangi Zelandiya yadro qurollari va o'z sohillarida yadro qurollari ortilgan kemalarni ta'qiqlaydi; AQSh Nikaraguaga iqtisodiy embargo e'lon qiladi; AQSh va SSSR qurolsizlanish muzokaralarini boshlaydi; Isroilliklar Liviyadan chiqadi; Falastin terroristlari Rim va Vena aeroportlariga hujum qiladi
MDH: Gorbachyov Sovet rahbari bo'ladi

1986                        Guam va Karolin orollaridan tashqari ko'pgina Amerika hududlari mustaqil etiladi; Janubiy Afrika davlati favqulodda holat e'lon qiladi; AQSh havo kuchlari Liviyani bombaga tutadi; Islandiyada Reygan-Gorbachyov sammiti; Liviyaning qasos olish uchun AQShga raketa hujumi 37 kishini o'ldirishi; AQSh qo'shinlari Boliviyaga hujumi; Ispaniya va Portugaliya EIH (Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik)ga a'zo bo'ladi; Britaniya va Fratsiya Kanal tunelini qurishga kelishadi
MDH: Chernobil atom stantsiyasidagi baxtsiz voqea; Gorbachyov qayta qurish va oshkoralik islohotlarini boshlashi

1987                        Fiji respublika deb e'lon qilinishi va harbiy to'ntarishdan keyin Hamdo'stlikdan chiqishi; Chad Liviyani mag'lub qilishi; Vol Strit inqirozi xalqaro iqtisodiy inqirozga olib kelishi; G'arbiy suv qo'shinlari Ko'rfaz kemalariga himoya-hamrohlik qila boshlashi; Xitoyda Jao Ziyang partiya rahbari bo'ladi; Britaniyada Tetcher uchinchi umumiy saylovda g'alaba qozonadi; Londondagi aktsiya bozorining yomonlashuvi Yevropada inqirozni keltirib chiqaradi
MDH: AQSh-SSSR qurolsizlanish kelishuvi

1988                        Sudan qochoqlari Efiopiyaga qochib, vaziyatni og'irlashtiradi; Janubiy Afrikada ikki million qora tanli ishchiar irqchilikka qarshi isyon qiladi; Janubiy Afrika va Kuba qo'shinlari Angoladan chiqariladi; Eron fuqarolar uchog'i otib tushiriladi va unda 290 yo'lovchi halok bo'ladi; AQSh navbatdagi qurolsizlanish shartnomasini SSSR bilan imzolaydi; AQSh Eron neft bazasiga bomba tashlaydi; Iroq Eron neft terminalidagi tankerlarga hujum qiladi; Eron BMTning tinchlik shartlariga rozi bo'lganidan so'ng Eron-Iroq urush yakunlanadi
MDH: Ozarbayjonda komendatlik soati e'lon qilinadi; SSSR Afg'onistondan chiqadi; Rus qo'shinlari Armeniyaga g'alayonni bostirish uchun jo'natiladi; Latviya va Litva ozodlikni talab qiladi; Estoniya suverenlikni talab qiladi; Serbiya mustaqillik uchun birlashadi; Yugoslaviya hukumati barbod bo'ladi

1989                        AQSh Panamani bosib oladi; Xitoyning Pekin shahrida Tiananmen maydonida demokratiya tarafdorlari bo'lgan talabalar o'ldiriladi

1990                        AQSh Efiopiya-Somalia urushidagi qochoqlarga yordamni to'xtatadi; Nelson Mandela 26 yildan so'ng qamoqdan ozod etilishi; Sharqiy va G'arbiy Germaniya qayta birlashadi; Shimoliy va Janubiy Yaman birlashadi; Iroq qo'shinlari Quvaytga hujum qiladi; Yugoslaviya yangi siyosiy partiyalarga yo'l beradi
MDH: Ozarbayjon zulm ichida qoladi; Litva mustaqillik e'lon qiladi; Yeltsin Rossiya prezidenti etib saylanadi; Yeltsin Kommunistik partiyadan chiqadi

1991                        Panama Kanal ustidan boshqaruvni qayta qo'lga kiritadi; Sudanda qattiq ocharchilik bo'ladi; Janubiy Afrikada ikki tarafning kuchli to'qnashuvi; Efiopiada bir million qochoq; Janubiy Afrika barcha aparteid (irqchilik) qonunlarini bekor qiladi; AQSh Janubiy Afrikaga nisbatan iqtisodiy cheklovlarni olib tashlaydi; Somalia poytaxtida qonli to'qnashuvlar avj olishi; Varshava Shartnomasi bekor qilinadi; AQSh va Iroq o'rtasida tinchlik muzokaralari natija bermaydi; AQSh Iroqqa qarshi Iroq Quvaytni bosib olgandan so'ng BMTning Cho'l Qalqoni operatsiyasini olib boradi; Iroq Isroil va Saudia Arabistonini bombardimon qiladi; Saddam Quvayt neft quduqlariga o't qo'yadi; Fors ko'rfazida quruqlikda jang boshlanadi; Ittifoqchilar Iroq qo'shinlarini osonlikcha yengadi; Livan Armiyasi Falastin Ozodlik Tashkilotiga hujum qiladi; Madridda Arab-Isroil tinchlik muzokaralari; Ko'rfaz jangida Ittifoqchilarga yordam ko'rsatgan ko'plab qurd qochoqlari Iroqqa qayta olmay qish sovug'ida vafot etadi; Livandan so'nggi AQSh asiri ozod etiladi; Kambojiada tinchlik muzokaralari boshlanadi; Yugoslaviyada aksil-kommunist namoyishlari bo'ladi; Sloveniya va Xorvatiya ozodlikni e'lon qiladi
MDH: Reaktsion kommunistik quruh Gorbachyovni to'ntarishga harakati inqirozga uchraydi; Sovet qo'shinlari Litva va Latviyaga yuboriladi o'n bir respublika Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ni tuzadi;

1992                        El Salvadorda 12-yillik fuqarolar urushi tugaydi; Aljir prezidenti istefoga chiqishga majbur etiladi; BMTning Liviyaga nisbatan havo yo'llari embargosi e'lon qilinadi; Angolada zulmning qayta avj olishi; AQSh qo'shinlari Somaliaga oziq-ovqat yetkazilishini ta'minlashi; Los Anjelesda isyonlar; so'nggi AQSh qo'shinlari bir asrdan so'ng Filippinni tark etishi; Afg'onistonda president Najbulloh ag'darilishi; Hizbulloh shaharlarga hujumidan keyin Isroil tanklari Liviyaga yurishi; Taylandda armiya va demokratiya tarafdorlari o'rtasida to'qnashuv; Xitoy eng katta yadro qurolini sinaydi; sobiq Yugoslav respublikalarida jangler davom etadi; AQSh Serbiya va Montenegroga cheklovlar (sanktsiyalar) e'lon qiladi; BMT qo'shinlari Sarayevo aeroportini nazorat qiladi; sharqiy Germaniyada immigrantlarga qarshi irqchilik zulmi; Serbiyadagi kontsentratsiya lagerlari dunyoni larzaga soladi
MDH: Yeltsin va Bush sovuq urushning yakunlanganini rasman e'lon qiladi; Rossiya keskin iqtisodiy islohotlar o'tkazadi

1993                        Bill Klinton AQSh prezidenti bo'ladi; AQShda Jahon Savdo Markazi portlatiladi; AQShda "Yulduzlar Jangi" dasturi rasman tugatiladi; AQSh Bog'dodga raketa tashlaydi; AQShning harbiy hujumlaridan keyin Iroq BMTning qurol nazoratini qabul qiladi; Isroil Livandagi partisan bazalariga bomba tashlaydi; Arofat va Rabin (Isroil bosh vaziri) G'azo hududi va G'arbiy qirg'oqning mustaqilligiga kelishadi; Falastin Ozodlik Tashkiloti qurolli jangni to'xtatadi; Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya respublikalariga bo'linadi; Bosniya rahbari BMTning tinchlik rejasini qabul qiladi; Bosniyalik Serblar BMTning tinchlik rejasini tan olishmaydi; BMT Serblarga qarshi havo hujumlariga izn beradi

1994    Palau AQShdan mustaqil bo'ladi; Somaliada tinchlik kelishuvi va AQSh qo'shinlari chiqarilishi; Nelson Mandela Janubiy Afrika prezidenti etib saylanishi; Jibutida fuqarolik urushini yakunlashga kelishuv; Angolada tinchlik kelishuvi; AQShning Vyetnamga iqtisodiy embargosi olib tashlanishi; AQShning Gaitiga bostirib kirib prezident Aristidni qayta tiklashi; Hebron machitida qirg'in; Shimliy Yaman Yaman fuqarolar urushida g'alaba qozonishi; Isroil va Iordaniya tinchlik shartnomasini imzoladi; Iroq Quvaytni tan olishi; AQSh-Shimoliy Korea yadro quroli kelishuvi qurol nazorati inqiroziga nuqta qo'yadi; Bosniyada Rojdestvo davrida vaqtinchalik jangni to'xtatishga kelishish
MDH: Chechnya Rossiyadan mustaqil bo'lishi; Rossiya qo'shinlari isyonni bostirish uchun jo'natilishi va bu katta zulmga olib kelishi

Manba: The Diagram Group, "Cyclopedia, the Portable, Visual Encyclopedia", Running Press Book Publishers, second edition, 1995, Philadelphia, London;


Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil