Muallif: Farruh Otaev
XX asr jahon tarixi
Yil Voqea
1899-1902 Anglo-Bor (Janubiy Afrika) Urushi
1901 Avstralia koloniyalari mustaqil Avstralia Hamdo'stligini tuzish uchun federatsiya tashkil qiladi; Qirolicha Viktoriya vafot etadi
1901-05 Frantsiyada Cherkov bilan Hukumatni ajralishi
1902 Germaniya, Avstriya va Italiya o'rtasida uch tomonlama ittifoqning keyingi 6 yil uchun yangilanishi
1903 Panama mustaqil bo'lishi
1903-1921 Rossiyada pogrom (qatag'on)
1904 Frantsiya G'arbiy Afrika Federatsiyasi uchun konstitutsiyani e'lon qilishi; Anglo-Frantsuz ishonchnoma imzolanishi
1904-5 Manjuriya uchun Rus-Yapon urushi va Rossiyani mag'lubiyati
1905 Birinchi Morokko inqirozi; Norvegiya-Shvetsiya ittifoqi tugatilishi; Teodor Ruzvelt AQSh prezidenti bo'lishi
1905-6 Rossiyada inqilob
1907 Yangi Zelandiya Britaniya imperiyasida yangi mustamlaka
1908 Avstriya Bosniya va Gertzegovinani bosib olishi
1910 Portugal revolyutsiyasi; Yaponiya Koreyani bosib olishi
1911 Ikkinchi Morokko inqirozi; Uinston Cherchil Suv qo'shini birinchi Lordi etib tayinlandi
1911-12 Turk va Italyanlar o'rtasida Tripolitan urushi
1912 Afrika Milliy Kongressining tashkil topishi; Montenegro Turkiyaga qarshi urush ochishi; Bolgariya va Serbiya o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi
1912-13 Turkiya va Bolqon Ligasi o'rtasida birinchi Bolqon urushi
1913 Ikkinchi Bolqon urushi; Bolgariya sobiq ittifoqchilarga hujum qilishi; Buxarest shartnomasi
1914 AQSh tomonidan boshqarilgan Panama Kanalining ochilishi; Serbiya va Turkiya tinchlik shartnomasini imzolanishi; Avstriya-Vengriya Germaniya yordamida Serbiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Rossiya Serbiyaga yordam qilish uchun o'z qo'shinini oyoqqa qo'yishi; Germaniya Rossiya va Frantsiyaga urush e'lon qilishi; Germaniya Belgiyani bosib olgandan so'ng Britaniya urushga kirishi; Rossiya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Frantsiya va Britaniya Turkiyaga qarshi urush e'lon qilishi; Ruslar sharqiy Prussiyani va Vengriyani bosib olishi
1914-1918 Birinchi Jahon Urushi; Avstraliya va Yangi Zelandiya Britaniya bilan Birinchi Jahon Urushiga kirishi
1915 German havo kemalari Britaniya sharqiy portlariga bomba tashlashi; Nemislar birinchi marta zaharli gaz ishlatishi
1916 Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Britaniya G'arbiya frontda tanklardan foydalanishi; Germaniya Ittifoqchilarga tinchlik notasini yo'llashi; Arablarning Turklarga qarshi qo'zg'oloni
1917 AQSh va Kubaning Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Avstriya va Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh Vengriya va Avstriyaga qarshi urush ochishi; German-Rus sulhi imzolanishi; Balfur bayonnomasi Ziyonizmni tan olishi va Falastinni yahudiylarning milliy vatani deb e'lon qilishi;
MDH: Rossiyada inqilob boshlanishi; Lenin bosh komissar va Trotskiy tashqi ishlar komissari etib tayinlanishi; Kerenskiy boshchiligidagi aksil-inqilob harakatining tanazzuli
1917-22 MDH: Fuqarolar urushi: Kommunistlar anti-communistlarni mag'lub etishi
1918 AQSh prezidenti Vilson 14 banddan iborat rejani e'lon qilishi; Londonda go'sht va saryog' meyoriy taqsimot qilinishi; Damashqning qulashi; Falastinda Turkiya qarshiligi sinishi; Germaniya tinchlik so'rashi; Germaniya suvosti jangini to'xtatishi; Bavariyada respublika deb e'lon qilinishi; German respublikasi e'lon qilinishi; Berlinda inqiliob; Avstriya Germaniya bilan ittifoq bo'lishini e'lon qilishi; Germaniyada Milliy Sotsiyal partiyasiga asos solinishi
MDH: Sovet hukumatini Moskvaga ko'chirilishi; Rossiyada sobiq tsar Nikolay va uning oilasi qatl etilishi;
1919 Parijda Millatlar Ligasining birinchi majlisi bo'lishi; Habsburg sulolasini Avstriyadan surgun qilinishi; Versalda German tinchlik shartnomasini imzolanishi
1919-21 MDH: Rus-Polyak Urushi
1919-23 Ottaman imperiyasi qulashi (parchalanishi)
1922 MDH: Stalinning Kommunist partiyasining bosh kotibi bo'lishi
1923 Turkiya respublika deb e'lon qilinishi
MDH: SSSR rasman tuzilishi
1924 MDH: Leninning vafoti; Stalin va Trotskiy o'rtasida hokimiyat uchun jang boshlanishi
1925 Rezak Xonning Persiya shohi bo'lishi
1926 Livan respublikasi o'rnatilishi;
1927 MDH: Trotskiy partiyadan haydalishi;
1927 Avstraliya poytaxti Melburndan Kanberraga ko'chirilishi
1928 MDH: Don tanqisligi; Stalin qishloq xo'jaligini zudlik bilan kollektivlashtirishga farmon berishi
1928-32 MDH: Iqtisodni rivojlantirish uchun birinchi 5-yillik reja ishlab chiqilishi; Boy yer egalarining ta'qib qilinishi (boyquloq qilinishi)
1929 Wall Street tanazzuli butun jahon iqtisodiy inqiroziga olib kelishi
MDH: Trotskiy mamlakatdan chiqarib yuborilishi
1930 Gandi Hindistonda ijtimoiy bo'yinsinmaslik harakatini boshlashi; Oxirgi Frantsuz qo'shinlarining Raynlenddan (g'arbiy Germaniya) chiqib ketishi; Falastinda birinchi ulkan Arab-Yahudiy nizosi; Germaniya saylovlari va Milliy Sotsiyal partiyasi yetakchi siyosiy kuch bo'lishi
1931 Yaponiya Manjuriyani egallashi
1932 Germaniyada bir necha natijasiz saylovlar o'tishi; Yaponiya Shanxayni egallashi; Saudiya Arabistoni yagona qirollik bo'lishi; Iroq mustaqil bo'lishi
1932-33 MDH: Ochlik va dehqonlarni jazolash; taxminan 15 million aholi o'lishi
1933 Gitler Germaniya Kantsleri etib tayinlanishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib saylanishi; Germaniyada Yahudiy biznesini boykot qilish boshlanishi; Ruzvelt AQSh iqtisodiga yordam berish uchun "Yangi kelishuv" dasturini ishlab chiqishi; birinchi Fashist konslagerlari (kontsentratsiya lageri); AQShda spirtli ichimliklarni savdo qilishni ta'qiqlovchi qonunlar bekor qilinishi
1933-37 MDH: Xalq iste'moli mahsulotlarini ishlab chiqish uchun ikkinchi 5-yillik reja
1933-38 MDH: Stalinning Dahshatli qatag'oni
1934 Avstriyada fuqarolar urushi; Gitler va Mussolinining Venetsiyada uchrashuvi; Avstriyada Fashistlar qo'zg'oloni; Gitler Fyurer (rahbar) taxallusini olishi; SSSR Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Mao Zedong "Uzun Marsh"ga rahbarlik qilishi
1935 Chang dovullari AQShning don yetishtiradigan shtatlariga talofat yetkazishi; Gitler Millatlar Ligasi qarshiligiga qaramasdan qayta qurollanishni e'lon qilishi; Italiya Efiopiyani egallashi
1936 Fashist qo'shinlari Raynlendga kirishi; Ispaniyada Franko fashistlari va respublikachi kuchlar o'rtasida fuqarolik urushi boshlanishi; General Frankoning Fashist hukumati Gitlet va Mussolini tomonidan qo'llab-quvvatlanishi; Oriylarning ustunligini namoyish qilish maqsadida Berlinda Olimpiya o'yinlari o'tkazilishi; Franko Ispan xalqining rahbari etib saylanishi; Rim-Berlin ittifoqi tashkil etilishi;
1936-38 Yangi Zelandiya barcha fuqarolari uchun ijtimoiy himoya dasturini ta'sis etishi
1937 MDH: SSSRda Stalin siyosiy raqiblarni daf etish uchun oshkora sudlar o'tkazishi; Frankoning qo'shini Gvernika shahrini yakson etishi; "Hindenburg" nomli ulkan havo kemasining Nyu Jersiga qo'nish paytidagi halokati; Misr Millatlar Ligasiga a'zo bo'lishi; Yaponiya Pekinni va Shanxayni egallashi; Chiang Kai-Shek va Mao Zedong qo'shinlari Yaponiyaga qarshi birlashishi
1938 Germaniya Avstriyani egallashi; Meksiko AQSh va Britaniya neft hududlarini qo'lga kiritishi; Braziliyadagi Fashist qo'zg'oloni bostirilishi; Germaniya va Britaniya Chexiyaning shimoliy hududlarini Germaniya ixtiyoriga o'tkazilishini imzolashi; Chilida Fashist harakati ma'glubiyati; Gitler Chexoslovakiyani egallashi; Germaniya yahudiylarga qarshi pogrom (qirg'inlar) uyushtirilishi; Yaponiya Millatlar Ligasida chiqishi
1938-42 MDH: Qurol-yarog' ishlab chiqarish uchun uchinchi 5-yillik reja
1939 Atom bo'linishiga erishish; Ispan fuqarolar urushi tugashi va Frankoning g'alaba qozonishi; Chexoslovakiya davlatining yo'q qilinishi; Italiya Albaniyani bosib olishi; Ispaniya Millatlar Ligasidan chiqishi; Germaniya Polshani bosib olishi; II Jahon Urushi boshlanishi; Yaponiya Hainanni (Xitoyning janubiy sharqiy viloyati) egallashi; AQSh Yaponiya bilan savdo qilishni bekor qilishi; Britaniya va Frantsiya Germaniyaga qarshi urush ochishi; AQSh prezidenti Ruzvelt AQShning neytral (betaraf) pozitsiyasini e'lon qilishi
MDH: Stalin va Gitler o'rtasida hujum qilmaslik shartnomasi; Mongoliya chegarasida Rus-Yapon urushi; SSSR Finlyandiya va Polshani sharqiy tomonini bosib olishi va Millatlar Ligasidan haydalishi
1939-40 MDH: Rus-Fin urushi
1939-45 Avstraliya va Yangi Zelandiya Ittifoqchilar bilan II Jahon Urushida jang qilishi
1940 Finlyandiya 14-haftalik urushdan so'ng SSSRga mag'lub bo'lishi; Germaniya Daniya va Norvegiyani bosib olishi; Italiya Franstiya va Britaniyaga qarshi urush ochishi; Germaniya Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgni bosib olishi; Germaniya Chennel orollarini bosib olishi; Germaniya Parijga kirib borishi; Britaniya jangi va kunduzgi Londonni bombaga tutish; Italiya Misrga yurish qilishi, ammo chekinishga majbur bo'lishi; Britaniyani tungi bombaga tutish; Urush Shimoliy Afrikaga yoyilishi; Ruzvelt AQSh prezidenti etib qayta saylanishi
MDH: Trotskiy Meksikoda Stalinning buyrug'i bilan o'ldirilishi; Rossiya Boltiqbo'yi davlatlarini bosib olishi
1941 Britaniya Iroqni egallashi; Britaniya Efiopiyani bosib olishi; Ittifoqchilar Liviya va Siriyani egallashi; Gretsiya Germaniya tasarrufiga o'tishi; Germaniya Kritni egallashi; Ittifoqchilar Eronni boshqarishi; Yaponiya AQShning Perl Harbor portini bombardimon qilishi; AQSh va Britaniya Yaponiyaga qarshi urush ochishi; Germaniya va Italiya AQShga qarshi urush e'lon qilishi; Xitoy Ittifoqchilar tomonida urushga kirishi; Yaponiya Tayland, Filippin, Malaya va Gong Kongni egallashi; Yaponiya Singapur va Burmani hujum qilishi
MDH: Germaniya 1939 yilgi shartnomani buzib SSSRga hujum qilishi; Leningrad qamali boshlanishi
1942 Gitler boshchiligida Germaniya "So'nggi Yechim" - Yahudiy, lo'li, gomoseksual, communist va dissidentlarni muntazam yo'q qilishga kirishishi; Yaponiya Manilani olishi; Burma va Singapur Yaponiyaga taslim bo'lishi; Yaponiya Daniya tasarrufidagi Sharqiy Hind (Osiyoning janubiy sharqiy hududidagi davlatlar) yerlarini egallashi; Britaniya Lyubek va Kolonni bombaga tutishi; AQSh Tokioni bombaga tutishi; Amerikaliklar Marjon Dengizi jangini yutishi va bu Yaponiyaning sharqqa yurishini to'xtatadi; AQShning Yaponiya egallagan Sulaymon orollariga hujumi; Stalingrad jangining boshlanishi; Germaniya V2 raketasini ishlatishi
1942-43 MDH: Stalingrad jangi 1943 yilda Rossiya g'alabasi bilan yakunlanishi
1943 Birinchi bor Berlinni kunduzi bombardimon qilinishi; Atlantika jangi; Germaniya suvosti kemalari mag'lubiyatga uchratilishi; Varshava qishlog'idaga qirg'in; Ittifoqchilar Sitsiliya oroliga yurishi; Mussolini taxtdan ag'darilishi; AQSh qo'shini Italiya yerlariga hujumi; Italiya sulhi imzolanishi; Italiya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; AQSh qo'shini yana Tinch okeanidagi orollarni o'z nazoratida ushlashi; Ruslar Dnepr daryosini kechib o'tib, Smolenskni olishi; Ruslar Kiyevni qayta egallashi; Ittifoqchilarning Germaniyani "soat-yo'nalishi-bo'ylab" bombardimon qilishining boshlanishi
1944 Yaponiyani strategik bombardimon qilishni boshlanishi; Gitletga suiqasd qilish besamar bo'lgani; Britaniya va Shimoliy Amerika qo'shinlari shimoliy Frantsiyani egallashi; Germaniya qo'shinlari Sovet Ittifoqidan quvib chiqarilishi; Parij Ittifoqchilar qo'liga o'tishi; Ruminiya va Finlyandiya bilan Sovet hukumati o'rtasida sulh tuzilishi; Bolgariya Germaniyaga qarshi urush e'lon qilishi; Germaniya Gretsiyani tashlab chiqishi; Sovet qo'shinlari Germaniyani bosib olishi; Moskvada Cherchil va Stalin konferentsiya o'tkazishi; Yaltada Ruzvelt, Stalin va Cherchil uchrashuvi, Prezident Ruzvelt vafoti va Truman uning o'rniga kelishi; Siriya mustaqil bo'lishi; Vyetnam mustaqil respublikasi tashkil etilishi
1945 Sovet qo'shinlari Polsha, Avstriya va Vengriyani egallab, Chexoslovakiyaga kirishi; Ittifoqchilar Burmani qayta qo'lga kiritishi; Ittifoqchilar Manilani qayta qo'lga kiritishi; Mussolini qatl etilishi; Venaning ozod etilishi; Gitler o'z joniga suiqasd qilishi; Germaniya taslim bo'lishi; Berlin Sovet qo'shinlariga taslim bo'lishi; Ittifoqchilar Filippinni qayta egallashi; Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi tasdiqlanishi; AQSh Yaponiyaning Hirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombasi tashlashi; Yaponiya rasman taslim bo'lishi; Nuremberg urush jinoiy ishlari ko'rib chiqila boshlashi; SSSR sharqiy Germaniyani egallashi; AQSh qo'shinlari Koreyaga kirishi; Xitoy fuqarolik urushi boshlanishi
1946 AQShning yadro quroli sinovlarini boshlashi; Britaniya yadro sinovlarini Kristmas orolida o'tkazishi; Birinchi Fashist urush jinoyatchilari Nurenberg sud ishlarida jazoga hukm etilishi; SSSR Bolgariya va Ruminiyada Kommunist hukumatini o'rnatishi; Filippin mustaqil bo'lishi; Iordaniya mustaqil bo'lishi
1946-47 MDH: Sovuq Urushning boshlanishi
1947 Marshal Eid Rejasi (AQShning G'arbiy Yevropani tiklash borasidagi ko'magi); Kommunistlar Vengriyada hukumat tepasiga kelishi
1948 Kommunistlar Chexoslovakiyani to'liq o'z qo'llariga olishi; Polshada Kommunistlarning g'alabasi; Berlin blokadasi; SSSR Shimoliy Koreada "xalq respublikasi"ni tuzishga yordam berishi; Narh-navoning o'ta balandligi AQShda qo'zg'olonlarni keltirib chiqardi; Nyufoundlend Kanadaga qo'shilishga ovoz berishi; AQShda 18-25 yoshdagi erkaklar harbiy xizmatga chaqirilishi; Isroil davlati barpo etilishi; Kommunistlar Manjuriyani egallashi; SSSR Shimoliy Koreada kommunistik hukumat ta'sis etishi; Sovet qo'shinlari Shimoliy Koreadan chiqib ketishi; Burma mustaqillikka erishishi; Janubiy Korea mustaqil bo'lishi
1948-9 Birinchi Arab-Isroil Urushi
1948-60 Malayada favqulodda holat
1949 Shimoliy Atlantika Tashkiloti (NATO) tuzilishi; Germaniya Federativ Respublikasi tuzilishi; Kommunist Germaniya Demokratik Respublikasi tuzilishi; Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilishi; AQSh Janubiy Koreadan qo'shinlarini olib chiqishi; Kommunistlar Xitoyni boshqarishi; Xitoy natsionalistlari Tayvanga qochishi; Indoneziya mustaqil deb e'lon qilinishi
MDH: SSSR atom bombasini sinashi
1950 Janubiy Afrikada Aholini Ro'yxatdan o'tkazish Qarori aholini irqiga qarab tasnif qilishi; Shimoliy Korea Janubiy Koreaga bosib olishi; AQShda McCarren Qarori kommunistlarga qarshi qat'iy cheklovlarni ilgari suradi; AQSh va SSSR o'rtasida Do'stlik Shartnomasi imzolanadi; Xitoy Shimoliy Koreaga yordam berish uchun Koreys urushiga aralashadi; AQShning Shimoliy Koreaga qarshi urushga aralashishi; Vyetnam mustaqilligi tan olinishi
MDH: Xitoy-Sovet ittifoqchilik kelishuvi
1950-3 Koreys urushi
1951 Liviya mustaqilligi
1952 Keniya hukumati favqulodda holat e'lon qilishi; 16 000 kishi Sharqiy Berlindan G'arbiy Berlinga qochib o'tishi; AQSh birinchi vodorod bombasini sinovdan o'tkazishi
1953 Viyetnam isyonchilari Laosga hujum qilishi
MDH: Stalinning vafoti; Khrushchev Partiyaning birinchi kotibi bo'lishi; SSSR o'zining birinchi vodorod bombasini sinashi
1953-55 Morokkoda bir qancha aksil-Frants qo'zg'olonlari bo'lishi
1954 AQSh va 7 boshqa davlatlar kommunizmning tarqalishini oldini olish uchun Janubiy-sharqiy Osiyo Umumiy Mudofaa Kelishuvini imzolashi; AQSh Oliy Sudi maktablarda irqiy kamsitishni noqonuniy deb e'lon qilishi; Indoxitoy Sharqiy va G'arbiy Viyetnam, Cambodjia va Laosga ajralishi
1954-62 Aljir urushi: millatchilarning Frantsuz hukmronligiga qarshi qo'zg'oloni va natijada Aljir mustaqilligiga erishishi
1955 Sharqiy Yevropa communist davlatlari o'rtasida Varshava Kelishuvi imzolanishi; AQShda qora tanli aholi yetakchilari o'ldirilishi; AQShda ijtimoiy hayotda irqiy ajratishlar konstitutsiyaga qarshi deb e'lon qilinishi
1956 Sudan mustaqil bo'lishi; Morokko va Tunis mustaqil bo'lishi; Ikkinchi Arab-Isroil Urushi; Isroil G'azo sektorini bosib olishi
MDH: Rossiya Vengriyani bosib olishi; Khrushchev Partiya Yig'ilishida Stalinni qoralashi
1956-7 Suets inqirozi: Misr Suets kanalini milliylashtirishi, Isroil va Anglo-Frantsuz harbiy aralashuvi va BMT tinchlik kuchlarini jo'natishi
1957 Gana mustaqillikka erishgan birinchi Afrika davlati; SSSR o'zining birinchi Sputnik 1 sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Malaya mustaqil bo'ladi
1957-8 AQSh maktablaridagi desegregatsiya ijtimoiy notinchliklarga va Milliy Gvardiyadan foydalanishga olib kelishi
1958 Gvineya mustaqil bo'ladi; AQSh o'zining birinchi sun'iy yo'ldoshini uchiradi; Harbiy qo'zg'olonlar Iroqda monarxiyani tugatadi
MDH: Xrushchev rahbar bo'lishi
1959-60 Fidel Kastro rahbar Batistani o'rnini egallagandan keyin AQSh Kubaga savdo embargosini e'lon qiladi
1960 Keniyaning favqulodda holati yakunlanadi; G'arbiy Sahara Ispaniyaning bir provintsiyasiga aylantiriladi; Benin, Kamerun, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad, Kongo, Gabon, Ivori Kost, Madagaskar, Mali, Mavritaniya, Niger, Nigeriya, Senegal, Somalia, Togo, Yuqori Volta va Zair mustaqillikka erishadi; Janubiy Afrikada Sharpevil isyoni, natijada 67 odam qurbon bo'lishi va Janubiy Afrikaning tanqidga uchrashi; SSSR hududida AQShning U2 ayg'oqchi uchog'ini otib tushirilishi; SSSR Xitoyga yordamni to'xtatishi; Fidel Kastroning hukumati oshkora communist hukumatga aylanishi
MDH: Xitoy-Sovet ajralishi boshlanishi
1961 BMT bosh assambleyasi aparteidni qoralashi; Siyerra Leon, Tanganika va Zanzibar mustaqil bo'lishi; Janubiy Afrika Hamdo'stlikdan chiqishi; AQSh Kuba bilan diplomatik aloqalarni uzishi; AQShning Kubani ishg'ol qilish harakati mag'lubiyatga uchrashi; Berlin devori qurildi; AQSh va SSSR yadro sinovini tugatishi
MDH: Venada qurolsizlarnish masalasi yuzasidan Kennedi-Xrushchev sammiti
1962 G'arbiy Samoa mustaqil bo'ladi; Aljir, Burundi, Ruanda va Uganda mustaqillikka erishadi; SSSR Kubaga qurol jo'natishga rozi bo'ladi; SSSR Kubaga yadro qurolini olib kirmaslikka rozi bo'lishi
1962-70 Yamanda fuqarolar urushi va monarxiya tugatilishi
1963 Keniya mustaqillikka erishadi; Afrika Ittifoqi Tashkilotining tuzilishi; AQSh, SSSR va Britaniya tomonidan yadro sinovini o'tkazmaslik haqidagi shartnomani izmolanishi; Prezident Kennedi suiqasdda halok bo'ladi; AQShda inson huquqlari uchun kurash kuchayadi; Malaya kengayib Malayziyani tashkil etadi
1964 Nelson Mandela va boshqa Afrika Milliy Kongress va Pan-Afrika Kongressi yetakchilari umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi; Malavi va Zambiya mustaqil bo'ladi; AQShda irqiy isyonlar kuchayadi; AQShning Vyetnam urushiga aralashishi boshlanadi
MDH: Xrushchev hokimiyatdan ketishi va Brejnev Partiya rahbari etib saylanishi
1964-75 Vyetnam Urushi (AQSh 1965-73 yillarda ishtirok etishi)
1965 Frantsiya yadro sinovlarini Tuamotu Orolida o'tkazishi; Gambiya ozod bo'lishi; AQShning quruqlik qo'shinlari Vyetnam Urushiga kirishi; Indoneziyada kommunist to'ntarishini uyushtirishga harakat qilish; Singapur mustaqil bo'ladi
1965-7 AQShning Vyetnam urushidagi ishtirokining kuchayishi, xususan bomba reydlari o'tkazilishi va bu urush muholifatchilarining ko'payishiga olib kelishi
1965-75 Shimoldagi kommunistlar bilan janubdagi kommunist bo'lmaganlar o'rtasida Vyetnam Urushi
1966 Gayana mustaqil; Botsvana va Lesoto mustaqil bo'ladi
1966-7 Xitoyda Madaniy Inqilob
1967 Avstraliya konstitutsiyasiga Aborigenlarga (yerli aholiga) yordam beradigan dasturlar uchun o'zgartirish kiritilishi; Nigeriyadagi nizolar fuqarolar urushiga olib kelishi; Xitoy o'zining birinchi vodorod bombasini portlatishi; AQSh va SSSR qurolsizlanishni muhokama qilishi; Olti-kunlik urush: Isroil G'azo sektori va Golan tepaliklari bilan G'arbiy hududni qaytadan egallashi; G'arbiy Yaman mustaqil bo'lishi
1968 Nauru mustaqil bo'ladi; Ekvatorial Gvineya, Mavritaniya va Svazilend mustaqil bo'ladi; Varshava Shartnomasidagi davlatlar Chexoslovakiyani bosib olishadi; AQShda Vyetnam urushiga qarshilar kuchayishi; Inson huquqlari kurashchisi Martin Lyuter King o'ldirilishi va ko'plab qo'zg'olonlarning kelib chiqishi; Prezidentlikka nomzod Robert Kennedining o'ldirilishi
MDH: Qizil Armiya Chexoslovakiyani bosib oladi
1969 General Gaddagi boshchiligidagi harbiy zobitlar Liviya qirolini ag'darishi; AQSh va SSSR SQChM (Strategik Qurollanishni Cheklash Muzokaralari)ni boshlashi; AQShning Vyetnam urushidan chiqishi; Neyl Armstrong birinchi bo'lib Oyga qo'nishi; Yosir Arofat Falastin Ozodlik Tashkiloti rahbari etib saylanishi; Golda Meyr Isroilning to'rtinchi bosh vaziri bo'lishi
MDH: Xitoy-Sovet chegara nizolari
1970 Britaniya Fiji, Tonga va Sulaymon orollariga mustaqillik berishi; G'arbiy Germaniya, Sovet va Polsha Yevropa chegarasi bo'yicha kelishuvi; Nigeriyada fuqarolar urushi yakunlanishi; AQSh harbiy guruhlari Kambodjiyaga hujum qilishi
1971 Bahreyn, Qatar va Birlashgan Arab Amirligi mustaqillikka erishishi; Xitoy BMTga a'zo bo'lishi
1972 AQSh prezidenti Nikson SQChM I shartnomasi uchun SSSRga tashrifi; Niksonning Xitoyga tashrifi; AQShning Vyetnamni bombaga tutishi yakunlanishi; Ferdinand Makros Filippinda harbiy holat e'lon qilishi va diktatorlik o'rnatishi
1973 Vyetnamda urushni tugashi va Amerika qo'shinlarini chiqarilishi; Arablarning AQShga neft sotishni ta'qiqlashi tufayli ro'y bergan neft inqirozi; To'rtinchi Arab-Isroil urushi; Arab neft embargosi; Britaniya, Irlandiya va Daniya Yevropa Iqtisodiy Hamkorlikka a'zo bo'lishi
MDH: Brejnev-Nikson sammiti
1973-5 Helsinki anjumani G'arb va Sharq adovatini kamayishiga yordam berishi
1974 Gvineya Bissau mustaqil bo'lishi; Nikson Votergeyt janjali natijasida istefoga chiqishi; Turkiya Kiprga hujum qilib, yarmini bosib olishi; Portugaliyada inqilob
1975 Papua Yangi Gvineya mustaqil bo'ladi; Surinam ozod bo'ladi; Suets kanali qayta ochiladi; G'arbiy Saharaning Morokko va Mavritaniya o'rtasida bo'linishi; Angola, Keyp Verde, Komoros, Mozambik va Sao tom va Prinsipe mustaqil bo'ladi; AQSh va SSSR 1945 yilgi Yevropa chegaralarini tan olish haqidagi shartnomaga imzo qo'yishi; Livan Fuqarolar urushining boshlanishi; Kambodjiya Kamputchiya deb atala boshlanishi; Xuan Karlos 44 yilga Ispaniyaning birinchi qiroli etib saylanishi
1976 Seyshel orollari ozod bo'ladi; G'arbiy Sahara uchun Morokko va Aljir qo'shinlarining to'qnashuvlari; Udandalik va Tanzaniyalik isyonchilar tomonidan Ugandaning ishg'ol qilinishi; AQSh neytron bombasini sinashi; Vyetnamni rasman birlashishi; Mao Zedong o'limi
1977 Djibuti ozod etilishi; Misr prezidenti Sadat Isroilga tinchlik taklif qilish uchun tashrif buyurishi
1977-8 Somaliya va Efiopiya o'rtasida Ogaden urushi
1978 Britaniya Tuvaluga mustaqillik berishi; Zairning Shava viloyatida qirg'in va isyonlar va Yevropaliklarning bu hududdan evakuatsiya qilinishi; Begin va Sadan Nobel Tinchlik uchun mukofotini olishi; Vyetnam Kampuchiyani bosib olishi; Jon Pol birinchi Polyak popi bo'lishi
1979 Britaniyaning Gilbert Orollari Kiribati sifatida ozod bo'lishi; Mavritaniya G'arbiy Saharadan chiqishi va uning Morokko tomonidan bosib olinishi; AQSh-SSSR SQChM II shartnomasi; AQSh Nikaraguaga yordamni to'xtatishi; Eronda Amerikaliklar asirga olinishi; Eron inqilobi; Shoh mamlakatdan qoshganda keyin Oyatulloh Humayni hukumatga kelishi; Isroil-Misr Tinchlik Shartnomasi imzolanishi; Xitoy Vyetnamni bosib olishi; Margaret Tetcher Yevropada birinchi ayol bosh vazir bo'lishi
1979-80 Sovet qo'shinlari Afg'onistonga hujum qilishi
1979-81 AQSh elchixonasi qamali tufayli AQSh-Eron inqirozi
1980 Britaniya va Frantsiya tomonidan boshqariladigan Yangi Hebrid ozod etilishi va u Vanuatu deb nomlanishi; Rodeziyada oqtanli guruh hukmronligi tugatilishi va uning Zimbabve deb nomini o'zgartirilishi; Afrikada dahshatli qurg'oqchilik va Efiopiyaning tang ahvoli; Eronda Amerikalik asirlarni qutqarish harakati inqirozga uchrashi; Prezident Karter hokimiyatni qo'ldan boy beradi; Eron-Iroq urushi boshlanishi va Iroqning g'alabasi
1981 Beliz mustaqillikka erishadi; Misr prezidenti Sadar o'ldiriladi; Prezident Reyganga suiqasd uyushtiriladi; Eronda Amerika asirlari ozod etiladi; Yevropada yadro qurolsizlanishiga da'vat qiluvchi ulkan namoyish; Frantsiyada Mitteran prezident etib saylanadi; Jon Pol papasi suiqasd natijasida jarohatlanishi; Polsha islohotlari bekor qilinishi va harbiy holat e'lon qilinishi
1982 AQSh va SSSR START (Strategik Qurol Kamaytirish Muzokaralari) boshlanishi; Isroil Liviyani ishg'ol qilishi; Eron Iroqga hujum qiladi; 20,000 dan ortiq ayollar Grinham Britaniyadagi AQSh yadro maydonida yadro quroliga qarshi namoyish qiladi
MDH: Brejnev vafot etadi va Andropov uni o'rniga saylanadi
1983 AQShning Grenada oroliga hujum qilishi; 247 AQSh suv qo'shinlari va 58 Frantsuz qo'shinlari Liviyadagi mashina portlatilishida halok bo'ladi; Arofat Siriyadan haydaladi
1984 Argentina va Buyuk Britaniya Malvina (Foklend) orollari uchun urush qiladi va Buyuk Britaniya boshqaruvni saqlab qoladi; Xalqaro tinchlik qo'shinlari Liviyadan chiqib ketadi; Bruney ozod bo'ladi
MDH: Andropov vafot etib, o'rniga Chernenko saylanadi
1985 Yangi Zelandiya yadro qurollari va o'z sohillarida yadro qurollari ortilgan kemalarni ta'qiqlaydi; AQSh Nikaraguaga iqtisodiy embargo e'lon qiladi; AQSh va SSSR qurolsizlanish muzokaralarini boshlaydi; Isroilliklar Liviyadan chiqadi; Falastin terroristlari Rim va Vena aeroportlariga hujum qiladi
MDH: Gorbachyov Sovet rahbari bo'ladi
1986 Guam va Karolin orollaridan tashqari ko'pgina Amerika hududlari mustaqil etiladi; Janubiy Afrika davlati favqulodda holat e'lon qiladi; AQSh havo kuchlari Liviyani bombaga tutadi; Islandiyada Reygan-Gorbachyov sammiti; Liviyaning qasos olish uchun AQShga raketa hujumi 37 kishini o'ldirishi; AQSh qo'shinlari Boliviyaga hujumi; Ispaniya va Portugaliya EIH (Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik)ga a'zo bo'ladi; Britaniya va Fratsiya Kanal tunelini qurishga kelishadi
MDH: Chernobil atom stantsiyasidagi baxtsiz voqea; Gorbachyov qayta qurish va oshkoralik islohotlarini boshlashi
1987 Fiji respublika deb e'lon qilinishi va harbiy to'ntarishdan keyin Hamdo'stlikdan chiqishi; Chad Liviyani mag'lub qilishi; Vol Strit inqirozi xalqaro iqtisodiy inqirozga olib kelishi; G'arbiy suv qo'shinlari Ko'rfaz kemalariga himoya-hamrohlik qila boshlashi; Xitoyda Jao Ziyang partiya rahbari bo'ladi; Britaniyada Tetcher uchinchi umumiy saylovda g'alaba qozonadi; Londondagi aktsiya bozorining yomonlashuvi Yevropada inqirozni keltirib chiqaradi
MDH: AQSh-SSSR qurolsizlanish kelishuvi
1988 Sudan qochoqlari Efiopiyaga qochib, vaziyatni og'irlashtiradi; Janubiy Afrikada ikki million qora tanli ishchiar irqchilikka qarshi isyon qiladi; Janubiy Afrika va Kuba qo'shinlari Angoladan chiqariladi; Eron fuqarolar uchog'i otib tushiriladi va unda 290 yo'lovchi halok bo'ladi; AQSh navbatdagi qurolsizlanish shartnomasini SSSR bilan imzolaydi; AQSh Eron neft bazasiga bomba tashlaydi; Iroq Eron neft terminalidagi tankerlarga hujum qiladi; Eron BMTning tinchlik shartlariga rozi bo'lganidan so'ng Eron-Iroq urush yakunlanadi
MDH: Ozarbayjonda komendatlik soati e'lon qilinadi; SSSR Afg'onistondan chiqadi; Rus qo'shinlari Armeniyaga g'alayonni bostirish uchun jo'natiladi; Latviya va Litva ozodlikni talab qiladi; Estoniya suverenlikni talab qiladi; Serbiya mustaqillik uchun birlashadi; Yugoslaviya hukumati barbod bo'ladi
1989 AQSh Panamani bosib oladi; Xitoyning Pekin shahrida Tiananmen maydonida demokratiya tarafdorlari bo'lgan talabalar o'ldiriladi
1990 AQSh Efiopiya-Somalia urushidagi qochoqlarga yordamni to'xtatadi; Nelson Mandela 26 yildan so'ng qamoqdan ozod etilishi; Sharqiy va G'arbiy Germaniya qayta birlashadi; Shimoliy va Janubiy Yaman birlashadi; Iroq qo'shinlari Quvaytga hujum qiladi; Yugoslaviya yangi siyosiy partiyalarga yo'l beradi
MDH: Ozarbayjon zulm ichida qoladi; Litva mustaqillik e'lon qiladi; Yeltsin Rossiya prezidenti etib saylanadi; Yeltsin Kommunistik partiyadan chiqadi
1991 Panama Kanal ustidan boshqaruvni qayta qo'lga kiritadi; Sudanda qattiq ocharchilik bo'ladi; Janubiy Afrikada ikki tarafning kuchli to'qnashuvi; Efiopiada bir million qochoq; Janubiy Afrika barcha aparteid (irqchilik) qonunlarini bekor qiladi; AQSh Janubiy Afrikaga nisbatan iqtisodiy cheklovlarni olib tashlaydi; Somalia poytaxtida qonli to'qnashuvlar avj olishi; Varshava Shartnomasi bekor qilinadi; AQSh va Iroq o'rtasida tinchlik muzokaralari natija bermaydi; AQSh Iroqqa qarshi Iroq Quvaytni bosib olgandan so'ng BMTning Cho'l Qalqoni operatsiyasini olib boradi; Iroq Isroil va Saudia Arabistonini bombardimon qiladi; Saddam Quvayt neft quduqlariga o't qo'yadi; Fors ko'rfazida quruqlikda jang boshlanadi; Ittifoqchilar Iroq qo'shinlarini osonlikcha yengadi; Livan Armiyasi Falastin Ozodlik Tashkilotiga hujum qiladi; Madridda Arab-Isroil tinchlik muzokaralari; Ko'rfaz jangida Ittifoqchilarga yordam ko'rsatgan ko'plab qurd qochoqlari Iroqqa qayta olmay qish sovug'ida vafot etadi; Livandan so'nggi AQSh asiri ozod etiladi; Kambojiada tinchlik muzokaralari boshlanadi; Yugoslaviyada aksil-kommunist namoyishlari bo'ladi; Sloveniya va Xorvatiya ozodlikni e'lon qiladi
MDH: Reaktsion kommunistik quruh Gorbachyovni to'ntarishga harakati inqirozga uchraydi; Sovet qo'shinlari Litva va Latviyaga yuboriladi o'n bir respublika Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH)ni tuzadi;
1992 El Salvadorda 12-yillik fuqarolar urushi tugaydi; Aljir prezidenti istefoga chiqishga majbur etiladi; BMTning Liviyaga nisbatan havo yo'llari embargosi e'lon qilinadi; Angolada zulmning qayta avj olishi; AQSh qo'shinlari Somaliaga oziq-ovqat yetkazilishini ta'minlashi; Los Anjelesda isyonlar; so'nggi AQSh qo'shinlari bir asrdan so'ng Filippinni tark etishi; Afg'onistonda president Najbulloh ag'darilishi; Hizbulloh shaharlarga hujumidan keyin Isroil tanklari Liviyaga yurishi; Taylandda armiya va demokratiya tarafdorlari o'rtasida to'qnashuv; Xitoy eng katta yadro qurolini sinaydi; sobiq Yugoslav respublikalarida jangler davom etadi; AQSh Serbiya va Montenegroga cheklovlar (sanktsiyalar) e'lon qiladi; BMT qo'shinlari Sarayevo aeroportini nazorat qiladi; sharqiy Germaniyada immigrantlarga qarshi irqchilik zulmi; Serbiyadagi kontsentratsiya lagerlari dunyoni larzaga soladi
MDH: Yeltsin va Bush sovuq urushning yakunlanganini rasman e'lon qiladi; Rossiya keskin iqtisodiy islohotlar o'tkazadi
1993 Bill Klinton AQSh prezidenti bo'ladi; AQShda Jahon Savdo Markazi portlatiladi; AQShda "Yulduzlar Jangi" dasturi rasman tugatiladi; AQSh Bog'dodga raketa tashlaydi; AQShning harbiy hujumlaridan keyin Iroq BMTning qurol nazoratini qabul qiladi; Isroil Livandagi partisan bazalariga bomba tashlaydi; Arofat va Rabin (Isroil bosh vaziri) G'azo hududi va G'arbiy qirg'oqning mustaqilligiga kelishadi; Falastin Ozodlik Tashkiloti qurolli jangni to'xtatadi; Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya respublikalariga bo'linadi; Bosniya rahbari BMTning tinchlik rejasini qabul qiladi; Bosniyalik Serblar BMTning tinchlik rejasini tan olishmaydi; BMT Serblarga qarshi havo hujumlariga izn beradi
1994 Palau AQShdan mustaqil bo'ladi; Somaliada tinchlik kelishuvi va AQSh qo'shinlari chiqarilishi; Nelson Mandela Janubiy Afrika prezidenti etib saylanishi; Jibutida fuqarolik urushini yakunlashga kelishuv; Angolada tinchlik kelishuvi; AQShning Vyetnamga iqtisodiy embargosi olib tashlanishi; AQShning Gaitiga bostirib kirib prezident Aristidni qayta tiklashi; Hebron machitida qirg'in; Shimliy Yaman Yaman fuqarolar urushida g'alaba qozonishi; Isroil va Iordaniya tinchlik shartnomasini imzoladi; Iroq Quvaytni tan olishi; AQSh-Shimoliy Korea yadro quroli kelishuvi qurol nazorati inqiroziga nuqta qo'yadi; Bosniyada Rojdestvo davrida vaqtinchalik jangni to'xtatishga kelishish
MDH: Chechnya Rossiyadan mustaqil bo'lishi; Rossiya qo'shinlari isyonni bostirish uchun jo'natilishi va bu katta zulmga olib kelishi
Manba: The Diagram Group, "Cyclopedia, the Portable, Visual Encyclopedia", Running Press Book Publishers, second edition, 1995, Philadelphia, London;