¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
Muallif: Otauli (Rahimjon Otaev)
                           
Ko'zlarga to'tiyo so'zlar
Jajji maqolalar

"Ma'naviyat" nashriyoti
Toshkånt - 2006

SO'ZLAR BAG'RIDAGI XAZINA
       Yodimda, o'tgan asrning 60-yillari oxirlarida Til va adabiyot institutimizning xalq og'zaki ijodi bo'limida - rahmatli Hodi Zarif domlaning qo'l ostida yigirma yoshlardagi bir o'spirin laborant bo'lib ishlar edi. Uni dastlab Sirdaryo paxtazorlariga "yalpi safarbarlik" chog'larida yaqindan tanigan edim. Asli turkistonlik "Rahimjon Otaåv" dågan bu yigit kåchalari univårsitåt talabasi, kunduzlari institut tolibi ilmi sifatida shu qadar ilmga bårilgan ediki, kuniga-kunora paxtazorga ham kitob qo'ltiqlab chiqib, tårimni apil-tapil "bir yoqli" qilgach, ovloqroq joyda mutolaaga mukkasidan sho'ng'ir edi. Go'yo Qoshg'ariy bilan Navoiydan qolgan til-adabiyot ilmimizda yangi bir Amårika ochish shu yigitchaning chåkiga tushgandåk!..
       Mana, oradan qirq yilcha vaqt o'tib, falakning gardishi bilan ana o'sha ilmga chanqoq o'spirin... "O'qib, tilshunos sifatida maslahat bårsangiz" dåya qo'limga bir qo'lyozma tutqazdi. Ilk sahifa bilan mundarijaga nazar tashladim: "Ko'zlarga to'tiyo so'zlar"!.. Qirq yil dåganda jami qirqtacha jajji maqola!..
       Ochig'ini aytsam, qo'lyozmani xushlamayroq o'qib boshladim... Rahimjonning til-adabiyot institutidan kåyin Xalq ta'limi vazirligida, matbuot agåntligida ishlaganini, ancha yillardan buyon O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qilib kålayotganini bilaman. "Otauli" taxallusi bilan gazåta-jurnallarda e'lon qilgan hikoyalari, badialari, qissalari, nasriy dostonlari, tanqidiy va publiöistik maqolalariga ko'zim tushgan. Tarjimon sifatida ham rus, ham qozoq, ham qoraqalpoq tillaridan anchagina asarlarni o'zbåk tiliga o'girganidan yaxshigina xabardorman. Låkin tilshunoslik, ayniqsa, uning so'zlar va so'zliklar bilan ish ko'ruvchi eng og'ir sohasi - lug'atshunoslik!.. "Igna bilan quduq qazish" ham, "qilni qirqqa yorish" ham avvalo mana shu naq do'zax azobiga mångzagulik "mayda", "qora" ish, månimcha. Bunday sårzahmat-sårmashaqqat sohaning azobini... "boshidan kåchirgan tabib"lar, har bir so'zni jonidan va qonidan o'tkazganlar biladi! Maqolanavislik, munaqqidlik, nosirlik, ayniqsa, tarjimonlik oson emasku-ya, låkin bu ish... chidaganga chiqarilgan!..
       Qo'lyozma bilan tanishib, muallifning iltimosiga binoan o'ziga tågishli maslahat bårishdan tashqari mazkur kitobchaga so'zboshi yozish xohishini bildirdim. Gap shundaki, "Boy o'zbåk adabiyoti tarixida håch bir Yozuvchi o'zak so'zlarimiz bag'ridagi ma'nolar xazinasiga bu qadar chuqur nazar tashlab, ona tilimiz jozibasi xususida aniq tahlillarga asoslangan jonli mushohada yuritmagan, håch bir o'zbåk adibi, hattoki tilshunosi qilmagan ishni qilibdi-ku bu Otaulisi tushmagur!" dåsam, nazarimda, mubolag'a qilmagan, aksincha, ayni haqiqatni aytgan bo'laman. Muallif baayni dorixonadagi tarozibondåk tilimizdagi har bir so'zni ma'no-mantiq tarozisiga qo'yib, salmog'ini o'zicha o'lchab ko'radi. Ayniqsa, "ul", "el", "en", "sin", "yoz", "qiz", "maz", "ko'z", "qo'sh", "ål", "kuy", "uy", "quv", "saq", "uch" kabi o'zaklar va bu o'zaklarga qurilgan so'zlarning ma'no tovlanishlarini, månimcha, barcha toifadagi kitobxonlar uchun anchagina qiziqarli, maroq bilan o'qishli shakllarda sharhlaydi. Ba'zan biz mutaxassilar ham e'tibor båravårmaydigan va yo nazardan qochirgan o'zak ma'nolarni atroflicha ochib ko'rsatadi. Shu orqali tilimizning båqiyos ifoda qudrati xususida kitobxonda yaqqol tasavvur hosil qiladi. Masalan, "ul" va "ov" o'zaklarining o'ziga xos "kombinaöiyasi"dan "ulov" va "ovul" otlarining yasalishi, "tut" va "urug'" o'zaklaridan ham asl, ham ko'chma (butunlay yangi!) ma'no anglatuvchi "tuturug'" otining vujudga kålishi, "uz" få'lidan "uzum", "ol" få'lidan "olma" otlarining tabiiy ravishda o'sib chiqishi, shular kabi ko'pdan-ko'p so'zlarimizning g'oyat erkin va ångil evrilishlari, darhaqiqat, ona tilimizning ifoda imkoniyatlari chåksizligini yaqqol namoyish etuvchi mo''jizaviy hodisalardir.
       Otauli so'z bilan ish ko'ruvchi ijodkor sifatida jami qirqtacha o'zak so'zlarimizning tub lug'aviy ma'nolari xususida jonli mushohada yuritar ekan, tilimizdagi ayrim so'z birikmalari, iboralar, maqollar bilan bir qatorda mumtoz yozma adabiyotimizdagi ko'pdan-ko'p purma'no "shohbayt"lardan ham anchagina unumli foydalanadi. To'g'ri, shu o'rinda yo'l-yo'lakay aytib o'tish mumkinki, ayni "shohbayt" so'zini bir qadar suiistå'mol qilib, so'z xususidagi kitobchada kåragidan ortiq darajada qo'llaydi ham. Mumtoz shå'riyatimizdagi eng go'zal shohbaytlar jamlab misol tariqasida kåltirilgan bo'lsa bordir, låkin uning shohbaytligini ta'riflashga nisbatan tahlilda ko'rsatib bårilgani ma'qulroq, albatta. SHuningdåk, ba'zan "g'araz", "åtim" kabi asli arab tilidan o'zlashgan so'zlarni o'zbåk tilining o'z so'zlari sifatida yanglish talqin qilinadi. Muallifning hissiyotga boy sårhayajon, sårehtiros Yozuvchiligi nazarda tutilsa, bunday, Alishår Navoiy o'z ustozi Otoyining mashhur bayti munosabati bilan tilga olgan "aybg'ina"lar balki uzrlidir. Muhimi - kitobchadagi har biri baayni maqoldåk qisqa va lo'nda, darhaqiqat, jajji maqolalarda o'zining asosiy ish quroli - o'zbåkona so'zning naqadar o'tkirligiga maftun-mahliyo boqayotgan chinakam Yozuvchi nigohigina ilg'ay oladigan shunday båtakror va yangicha kuzatishlar borki, ular tilimiz tabiatiga qiziqib qarovchi jamiki kitobxonlar, hattoki tilshunos olimlarimiz uchun ham alohida qadrli, dåb o'ylayman. Jumladan, o'zbåk ismlari, shuningdåk, taxalluslarning ma'nolari sharhlangan o'rinlar, e'tirof etishim kårakki, mån uchun ham foydadan holi bo'lmadi. Ayniqsa, Ahmad Yassaviy va Alishår Navoiydåk ulug' turkigo'y shoirlarimiz ijodidan misol tariqasida kåltirilib, atroflicha sharhlangan purhikmat va purma'no satrlar bu mutafakkirlarimizning bosh kitoblari nima uchun "Dåvoni hikmat" va "Hazoyin ul maoniy" dåb atalganini yana bir karra tåran his qila olasiz. Yozuvchining "Falakning gardishi", "Surnay navolari", "Tilsim", "Elchi", "Ulus" va "Zamon zayli" dåb nomlangan yirik nasriy asarlarida Ahmad Yassaviy, Alishår Navoiy, Otoyi, Mirtåmir va Abdulla Oripovning, darhaqiqat, eng purhikmat satrlari epigraf sifatida kåltirilgani, aftidan, båjiz emas ekan, dåb o'ylaysiz. So'zlar bag'ridagi xazina - hikmatga oshuftalik adibning mazkur "Ko'zlarga to'tiyo so'zlar" kitobchasida o'zining yana-da go'zal va aniq-ravshan ifodasini topibdi, dågan bir ichki qanoat, mamnuniyat hosil qilasiz.
       Gapning qisqasi shuki, "O'qing, bu qiziq!" dåya Siz azizlarga mazkur kitobchani tavsiya qilaman. Undagi har bir jajji maqolani jiddiy mutolaa va mushohada qiling! Ona tilimiz jozibasi, so'zlarimizning chåksiz ifoda imkoniyatlari va båqiyos nafosatidan bahramand bo'ling!
Ernst BÅGMATOV,
filologiya fanlari doktori, profåssor


Til va el Uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi
Muqaddima o'rnida

       Naql qilishlaricha, XX asr boshlarida bizning Qorachiq qishlog'imizda bir tili chuchuk odam bo'lgan ekan: "s" bilan "r" tovushlarini talaffuz qilolmas ekan! SHu bois "SSSR" so'zini "Ish-ish-ish-iy" dåb aytar ekan. O'sha odamning bolalarini maktabdoshlari "Såning otang soqov" dåya masxaralayvårganidan kåyin ular kunlardan bir kuni otasiga kålib xarxasha qilishibdi: "Någa soqovsiz? Tångdoshlarimizga kulgi bo'lyapmiz? Tilingizni qarg'a cho'qiganmi?" va hokazo. O'shanda bu bådodlikdan achchig'i chiqqan tabiatan tajangroq Ota o'z bolalariga qozoqning to'qqiz pulidåk tushunarli, soddagina "bir so'z" aytibdi: "Dod dåshangam otang bo'laman, voydod dåshangam otang bo'laman!"..
       Bu dangal gapi uchun tili chuchuk Otani ayblab bo'lmaydi, albatta. Rostdan ham Ota bo'lganidan kåyin shunday dåyishga ma'naviy haqqi bor-da uning! Biroq SHo'ro tuzumining shaxsga sig'inish davridan to turg'unlik yillariga qadar aslida to'tidåk tilsiz-zabonsiz, hakkadåk qo'nimsiz nå bir kimsalar nå bir haqgo'ylar dod dåsa ham, voydod dåsa ham "Mån xalqning otasiman!" dåya ko'krak kårib turib olishdi. Otabåkni yaratgan Julqunboy, Ota shoir - Abdulhamid CHo'lpon va yo yangi davrning faylasuf munaqqidi Otajon Hoshimdåk fidoyi zotlar "xalq dushmani" dågan nohaq ayblov bilan otib tashlandi. Tirik qolgan eng haqiqatparvarlarning Oybåkdåk tili tugildi. O'sha yillarda "Til yugurigigi boshga" dågan maqol shunaqangi kång tarqaldiki, qo'yavårasiz! Xayriyatki, ko'z tågmasin, oxiri baxayr bo'lsin, mana, "qayta qurish", "islohot", "oshkoralik", "dåmokratiya" dågan so'zlar tåz-tåz tilga olinib, zamonning sharofati bilan tugilgan tillarimiz yozilib, yana tilimiz chiqib kålyapti. O'zbåkiston davlat tili haqidagi qonun buning eng yorqin dalili, asrlarga tatigulik tarixiy voqåa, aytish mumkinki, xalqimiz tarixidagi eng olamshumul ish bo'ldi.
       Bu qonunning qabul qilinishi g'oyat muhim tarixiy voqåaligiga shak-shubha yo'q. Låkin "Mana, tilimizga axiyri davlat maqomi bårildi-da, ko'p yillik orzularimiz ushaldi-qoldi-ku" dåya xotijamlikka bårilishga haqqimiz yo'q! Dåmoqchimanki, qonunni qabul qilish bilan ish bitmaydi, balki, aksincha, boshlanadi.
       Xo'sh, O'zbåkiston davlat tili haqidagi qonunni qanday amalga oshirish kårak? Uni kundalik hayotimizning barcha jabhalarida tåzroq va ko'ngildagidåk to'kis-tugal joriy etmoq uchun nimalar qilish kårak? Bu g'oyat murakkab va sårqirra ishda dastavval qay bir o'zak masalalarga e'tiborni qaratmoq kårak?.. Bir qalamkash sifatida o'zimni ko'p yillardan buyon o'ylantirib kålayotgan bu muammolarga doir ayrim mulohazalarim va aniq takliflarimni bayon qilishga o'tishdan avval tarixga - muammoning tub ildizlariga - qisqa bir nazar tashlab o'tishni istardim.
       Ma'lumki, qadimiy yurtimizda mashhur Rasul Hamzatov mashhur "Dog'istonim"ida tilga olgan qarg'ish ustasiga ustozlikka yaraydigan eng shallaqi xotin eng ashaddiy dushmanini ham "tiling kåsilgur!" dåb qarg'amaydi. CHunki qadim-qadimdan til kåsish o'takåtgan vahshiylik, eng mudhish jazo, bosh olishdan ham shafqatsizroq yovuzlik xisoblangan.
       Bir paytlar Qutayba boshchiligidagi arab bosqinchilari bizni johillikda ayblay turib, o'zlari ishni ayni shunday vahshiylarcha yovuzlikdan boshlagani tarixdan ma'lum. Yuz yildan ko'proq davom etgan jismoniy ta'ziyqlar, g'oyaviy ta'qiqlar va ruhiy tahqirlar natijasida qadim va boy turk tili xonaki tilga aylanib, halokat bo'sag'asiga kålib qoldi. Uning xuddi sanskrit va yo lotindåk o'lik tilga aylanish xavfi tug'ildi. Ana o'shanda bir daho tilshunosimiz - Mahmud Koshg'ariy o'zining "Dåvoni lug'atit turk" asari bilan, uch daho shoirimiz - Yusuf Bolosog'uniy "Qutadg'u bilig", Ahmad Yugnakiy "Hibat-ul-haqoyiq" dostonlari, Ahmad Yassaviy "Dåvoni hikmat" kitobi bilan ona tilimizni, aytish mumkinki, ajal changalidan sog'-omon olib chiqdi. SHundan kåyin o'tgan qariyb ming yillik tarix tilimizning sofligi va yashovchanligi uchun muttasil kurashlarda o'tdi. Xorazmiy, Farg'oniy, Forobiy, Båruniy, Ibn Sino, Ulug'båkdåk allomalarimiz, azbaroyi uni fan tiliga aylantirolmaganlari bois, o'z asarlarini Sharqdagi fan tili - arabchada yaratdilar. Jaloliddin Rumiy, Pahlavon Mahmud, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dåhlaviy, Mirzo Abdulqodir Bådillar esa, uni adabiyot tiliga aylantirolmaganlari bois, SHarqdagi shå'riyat tili - forschada ijod qildilar. Xorazmiy, Otoyi, Durbåk, Sakkokiy, Lutfiylarning adabiy tilimiz ravnaqi yo'lida olib borgan fidoyilarcha kurashlari hazrat Navoiy ijodida olamshumul g'alaba bilan yakunlandi.
Bu yoqda eng buyuk daholardan buyukroq daho - xalqning o'zi ham qo'l qovushtirib qarab turmadi, albatta. Birgina Go'ro'g'li turkumiga kirgan oltmishdan ortiq dostonning o'ziyoq turkiy tilni go'r og'zidan naq osmoni-falakka olib chiqib qo'ygandåk bo'ldi. Nima dåsangiz dång, jahon adabiyotida bunday badiiy-eståtik hodisaning o'xshashi yo'q! Sirasini aytganda, Go'ro'g'li turkumi bilan na "Iliada" va "Odissåya", na "Ramayyana" va "Mahobxorot", na "SHohnoma" va "Ilohiy komådiya", na Balüzak va Jurji Zaydonning turkum romanlari bållasha oladi...
       Xullas, natija arab bosqinchilari kutganining batamom aksi bo'shlib chiqdi: turk tili enasoydan SHarqiy Rim, ya'ni Rumga qadar, Mochindan Ashtarxonga qadar, Ollohoboddan Kavkazga qadar Mashriq-u Mag'ribda kång quloch yozdi. Låkin avvaliga arab, kåyinchalik mo'g'ul bosqinchilari "mohirona" ekib kåtgan ichki nizo urug'lari vaqti kålib o'z ishini qildi. Amir Tåmurning markazlashgan davlat - yagona el birligi, Alishår Navoiyning bir butun turkiy adabiyot - yagona Til birligiga erishish yo'lidagi olamshumul ishlaridan qat'i nazar, qadimiy Turon va buyuk turk xalqi asrlar o'tgani sayin xuddi hozirgi arab davlatlaridåk tobora parchalanib kåtavårdi. Asrlar mobaynida butun turkiy ulusni o'z atrofida birlashtirib markazlashgan davlatlar qurib kålgan o'zbåk xalqining o'zi ham kåyingi uch asrda o'zaro nizodagi uch xonlik - Xiva xonligi, Qo'qon xonligi va Buxoro amirligiga parchalanib kåtdi. Låkin, har qalay, XX asrning boshlarida ham uch Turkiston baayni uch og'a-ini botirlardåk jahondagi eng ulkan qit'aning uch burjida yashab turar edi: SHarqda - SHarqiy Turkiston, ya'ni, Xitoy Xalq Råspublikasining Uyg'ur avtonom rayoni, G'arbda - G'arbiy Turkiston, ya'ni, Turkiya va, nihoyat, Rossiya impåriyasi tarkibidagi mustamalaka o'lka - Turkiston Avtonom Råspublikasi. Stalincha milliy siyosat "panturkizm" dågan mahobatli yorliq ostida bu mustamlaka o'lkaning o'zini ham tag'in båsh-olti bo'lakka parchalab tashladi: O'zbåkiston, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston, Qoraqalpog'iston... SHunday qilib, ayniqsa, stalincha milliy siyosat "bo'linganni bo'ri år, ayrilganni ayiq år" dågan maqolning naqadar to'g'riligini arab va mo'g'ul bosqinchilaridan ham yaqqolroq ko'rsatdi-qo'ydi.
       Tilimizning bugungi hayot-momot muammolarini ijobiy hal qilishda, o'ylaymanki, tarixga bunday birrovgina nazar emas, uzoq muddatli izchil tadqiqotlar olib borish kårak bo'ladi. Har qalay, bugun shu hol oydåk ravshanki, umuman, madaniyatimiz kabi, tilimizni ham tarixiy ildizlaridan uzib tashlash uni båhad qashshoqlashtirib qo'yishi muqarrar ekan.
       Ma'lumki, har qanday adabiy tilning uch muhim manbai bor: og'zaki adabiyot, yozma adabiyot va jonli xalq tili, ya'ni, jamiki lahja va shåvalar (chunonchi, tilimizning qardosh råspublikalar, Afg'oniston, Xitoy, Turkiya, AQSHda mavjud lahja va shåvalari). SHu uch bisotimiz, bitmas-tuganmas xazinamizni yaqqolroq tasavvur etmog'imiz uchun tag'in uchta izohli lug'at ham yaratilishi kårak: hozirgi adabiy tilimizga kiritilmagan, låkin og'zaki va yozma adabiyotimiz bilan lahja va shåvalarda mavjud so'zlarning izohli lug'ati. Bir paytlar chop etilgan "Navoiy asarlari lug'ati" bunday izohli lug'atlardan biriga asos bo'lib xizmat qila oladi. Dåylik, xalq dostonlaridagi Chambil, Susambil, Vayangan, Qo'ng'irot, Qalmoq, Ko'hi Qof singari minglab joy nomlari, Alpomish, Ko'kaldosh, Ultontoz, Go'ro'g'li, Aynoq, Jaynoq va boshqa ko'pdan-ko'p atoqli otlarning tub lug'aviy ma'nolari atroflicha izohlansa edi, bir tomonda madaniy tariximiz xususidagi tasavvurimiz, ikkinchi tomonda adabiy tilimizni zamonga mos ravishda rivojlantirish imkoniyatimiz såzilarli darajada boyigan bo'lar edi. Masalan, tilimizda yonma-yon qo'llanuvchi ma'nodosh so'zlar (dåylik, lo'li, andi, kashmiri, jo'gi, mo'ltoni so'zlari)ning tub lug'aviy ma'nolari, ma'nolardagi o'xshash va farqli jihatlar oydinlashtirilsa edi, qadimiy Turkiston bilan Hindiston, xususan, Andijon bilan Kashmir o'rtasidagi båsh ming yillik tarixiy aloqadorlikning qorong'u nuqtalari o'z-o'zidan oydinlashgan bo'lar edi. Taniqli davlat arbobi Nuriddin Muhiddinovning yozishicha, 1958 yilda buyuk hind mutafakkiri Javoharlal Nåru O'zbåkistonga kålganida Andijonga borishga ishtiyoq bildirgan, låkin, afsuski, o'sha paytda muhtaram måhmonning xohishi qondirilmagan ekan!.. Någa Nåru Samarqand, Buxoro, Xiva emas, aynan Andijonga borishni istadi?! Bu yil buyuk mutafakkir tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning uch shoh asari ("Jahon tarixiga bir nazar", "Hindistonning kashf etilishi", "Tarjimai hol")ni o'qib, "Hindistonning kashf etilishi"dan kichik bir parchani rus tilidan o'zbåk tiliga tarjima qilish asnosida bu savolga javob topgandåk bo'ldim. Gap shundaki, Nåru Andijonga Bobur shu shaharda tug'ilgani uchungina talpinmagan, balki o'zi tug'ilib o'sgan Kashmir bilan Andijon o'rtasidagi båsh ming yillik tarixga ega qardoshlik aloqalarini bizga nisbatan yaxshiroq bilganligi uchun talpingan! Har qalay, Nåruning bobosi XIX asrda Xiva shahridagi jami 64ta madrasadan birida tahsil ko'rgani båjiz emas edi. Afsuski, bugungi kunda bu dallilarning rostligi uncha-muncha odamlarning aqliga sig'maydi. Har qalay, Zokirjon Furqat "Bir qamar siymoni ko'rdim baldai Kashmirda" dåya shå'r bitganida o'ziga butunlay bågona mamlakatda batamom bågona go'zalni nazarda tutmaganligi aniq!..
       Tag'in ona tilimiz muammolariga qaytaylik. Odatda har qanday tilning qudrati unda mavjud so'zlar miqdori bilangina o'lchanmaydi, balki har bir so'zning naqadar purma'noligi, shunga bog'liq holda tilning iboralar, maqol-matallar, askiya, latifa, so'z o'yinlariga nåchog'li boyligiga ham båvosita bog'liqdir. Ayniqsa, shu ikki jihatdan tilimiz jahondagi eng qudratli tillardan biri ekanligi shak-shubhasizdir. Dåylik, uning sinonimik qatorlarga nåchog'li boyligini buyuk mutafakkirimiz Alishår Navoiy o'zining "Muhokamatul lug'atayn" asarida atroflicha isbotlab ko'rsatgan. Xo'sh, xalq og'zaki ijodidagi jahonda tångsiz askiya janri va yo yozma adabiyotimizdagi tuyuq janriga asos bo'lib xizmat qiluvchi omonim (shakldosh) so'zlar-chi? Iboralar-chi? Maqol-matallar-chi?.. Ular tilimizda nåchta ekan? Bu borada ham izohli lug'atshunoslarimiz uchun qiladigan ishlar båxisob. Muhtaram tilshunos olimlarimizdan Azim Hojiåvning sinonim so'zlar, SHavkat Rahmatullaåvning iboralar xususidagi qimmatli ilmiy tadqiqotlari, aka-uka SHorahmådovlarning "Kång uyning kålinchagi" ommabop kitobidåk xayrli ishlar bugungi kunda yangicha sur'at bilan davom ettirilmog'i, bu ishda uzilib qolgan tarixiy ildizlar qayta ulanmog'i kårak.
Mulohazalarim quruq bo'lmasligi uchun shu o'rinda birgina misolga to'xtalib o'tishni istardim. Mana, qadim turkiy maqolning eski va yangi shakllarini muqoyasa qilib ko'ring! (Bulardan eskisi qariyb unutilgan, yangisi faol muamalada): "Uvizim sånga aytaman, ulim sån eshit, Kåragam sånga aytaman, kålinim sån eshit". "Qizim sånga aytaman, kålinim sån eshit". To'g'ri, maqolning zamonaviy shaklida ham muayyan imo-ishora, kosa tagida nimkosa, xullas, badiiyat bor. Låkin bu badiiyat qadimiy shakldagiga nisbatan ancha jo'n. e'tibor båring, maqolning zamonaviy shakli aytilajak gapning muqaddimasiga o'xshab turibdi. Qolavårsa, unda qizni yaqin tutib, kålinni chåtlatish, unga oshkora bågonasirab qarash såziladi. Buning ustiga, "qizim" va "kålinim" tushunchalarida jins ma'nosida boshqa mustahkamroq mantiqiy bog'lanish yo'q. Qadimiy shaklda-chi? Maqol havas qilsa arzigulik yuksak badiiyat kasb etib, tugal bir obrazga aylantirilgan. Unda aytaman dåyilgan gap aslini olganda aytib bo'lingan: oila o'tovga o'xshaydi, unda er uviz bo'lsa, xotin kåraga, shu ikkovining mustahkam birligisiz o'tov ham yo'q, oila ham! (Uviz va kåraga - o'tovning o'zaro mahkam bog'langan pastki va ustki sinchlari dåmakdir).
       Xo'sh, shoir-Yozuvchilarimiz-chi? YOzma adabiyotimizning sarchashmasida turuvchi "uch og'a-ini botirlar" - Yusuf Hos Hojib, Ahmad Yugnakiy va Ahmad Yassaviylarga munosib voris bo'lishlari uchun so'z san'atkorlari nima qilmoqlari kårak? Ochig'i, avval-boshda "Adabiyot - xalqning tili" dåb nomlangan, yaqinda gazåta otini boshqa qo'yib e'lon qilgan "Gap bilguncha ish bil" maqolamdan so'ng ("Sovåt O'zbåkistoni", 1989 yil 25 fåvral) bu xususda yozishdan ham qo'rqibroq qolganman. To'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi-yu, qildan qiyiq qidirib, o'tirsang - o'poq, tursang - so'poq dåb turgan "tanqidchi"larga qayoqdan yoqsin! Bu o'rinda achchiqqina to'g'ri gapni qo'ya turib, nihoyati tilak bildirmoqchiman: modomiki Yozuvchining birlamchi ish quroli til ekan, avvalo håch birimizning tilimiz kåsilmasin, qolavårsa, hozirgi adabiy tilimiz har uch manbadan quvvat olib qayta gullab - yashnasin. Tilimiz ilonning tilidåk ayri emas, bitta bo'lsin! Tilimizni qarg'a cho'qimasin!.. Buning uchun esa... Cho'pon ota, Zangi ota, Nur ota, Cho'lpon ota, Qo'rqut ota... qo'ying-chi, Turkiston tarixida tåran iz qoldirgan qirq otaning, qolavårsa, nå bir otaxonlar, otaboylar, otabåklar, otaliqlar, otajonlarning katta otasi, piri Turkistoniy Ahmad Yassaviy yozadi:
       Haq zikrini mag'zi jondan chiqarmasang,
       Uch yuz oltmish tomirlaring tåbratmasang,
       To'rt yuz qirq to'rt so'ngaklaring qul qilmasang,
       Yolg'onchisan, Haqqa oshiq bo'lg'oning yo'q.
       Agar Hazrati Sultoni Orifinning shu gaplari rost bo'lsa, biz hali... qip-qizil yolg'onchimiz!
       Xalq aytadi: "Gap kålganda otangniyam ayama"
       Agar biz chinakamiga haqqa oshiq - haqgo'y bo'lsak, rost gapni ro'y-rost aytish bobida da'vosi osmoni-falaklardagi soxta otalar emas, chinakam otalarni ham ayab o'tirmasak (baribir, o'sha maqolaning pirovard maqsadini tag'in takrorlashga to'g'ri kåladi), agar biz quruq gap bilan alahsib qolmay har birimiz aniq bir ishni sidqidil bajarishga o'tsak, (yo'q, noumid - shayton, "Tuyaning dumi årga tågsa" dåmayman!), har qalay, buyuk Hoja Nasriddin afandimiz aytganidåk, "nasib qilsa", ona tilimiz qog'ozda emas, amalda davlat tili bo'ladi.
       Modomiki o'sha maqolaning pirovard maqsadi takror aytilgan ekan, asosiy da'vat-chaqiriqni ham takrorlashga to'g'ri kåladi: agar har bir qalamkash og'zaki va yozma adabiyot hamda jonli xalq tilining chåksiz imkoniyatlaridan amalda ko'ngildagidåk samarali foydalana olganida edi, ona tilimiz maxsus qonunga håch bir ehtiyoj såzmagan bo'lar edi.
       Albatta, lug'atlar yaratish bobida uzoq asrlik tarixiy tajribalarga egamiz, yana ko'plab lug'atlar yaratish mumkin. Ona tilimizda yaratilgan boy og'zaki va yozma adabiyotimiz bor, u bugun ham baholi qudrat yashab turibdi va bundan kåyin ham yashayvåradi. Ko'pgina adabiy asarlarimiz va, ayniqsa, matbuotimiz tiliga xos "g'ayrat kamarini bog'lab", "javlon urdi" singari siyqa iboralar, so'z qahatchiligidan qutulib, adabiy tilimizni boyitish ham mushkul ish emas. Uni rasmiy yozishmalar va xalqaro munosabatlar tiliga aylantirishni ham uddalasa bo'ladi. Nazarimda eng mushkul ish... Jiddiyroq o'ylab qaraylik: mashina-traktor stantsiyasi (MTS)dan tortib to rålå, ion, sinxropozitrongacha, eh-hå, ozmuncha so'zlar, aksariyat hollarda o'z so'zlarimizni siqib chiqarish xisobiga tilimizning to'ppa-to'g'ri to'riga o'tib yastanib olmayaptilarmi? Xuddi bir paytlar arablarning "fan", "maorif", "maktab" kabi ko'pdan-ko'p so'zlariga o'xshab. Yo Alp er To'nga davlati bilan Turk hoqonligidåk qudratli saltanatlar qurgan buyuk bir xalqda "fan" ma'nosini anglatuvchi so'zlar (masalan, "bilga", "bilig", "bilim", "bilag'on" so'zlarining o'zagi!) yo'qmidi? Xo'sh, bugun-chi?Ijodiy izlanishlarni yig'ishtirib qo'yib, faqat so'z qabul qilish bilan mashg'ul bo'lavårsak, tilimiz qachon kiroyi fan tiliga aylanadi? Ilmiy tåxnik inqilob g'alabalarini targ'ib-tashviq etish bilangina mashg'ul sharhlovchi, izohlovchi, ko'makchi til holida qolib kåtavårmaydimi? Xolbuki ana o'sha targ'ibot-tashviqot bobida ham ahvol afsuslanarli. Aniq fanlar va zamonaviy tåxnikaning istalgan sohasiga doir istalgan ilmiy tadqiqot tarjimasini, hatto o'z tilimizda yozilgan tadqiqotni olib qarang! Baayni ruscha-intårnaöional so'zlarning yig'indisi dåysiz! Ilmiy atamalarni aynan olganimiz olgan, jumlalar qurilishida ham rus tilidan antiqa nusxalar ko'chirmoqdamiz. Natijada ularning tili shu qadar mujmal va mijg'ovki, nima dåyilmoqchiligini mutaxassislar ham tushunolmay boshlari qotadilar. Shu bois ular asliyatda - rus yoki ingliz tilining o'zida o'qishni ma'qul ko'radilar. Aqalli yaqindagina chop etilgan "Politåxnika lug'ati"ni olib qarang! Unda ruscha-intårnaöional atamalarning tilimizdagi muqobili kåltirilmagan xisob. Aksariyati rus tilidagi so'zlarning "industriya - industriya" tarzidagi "tarjima"lari, xalos. Xo'sh, buning nimasi ruscha-o'zbåkcha atamalar lug'ati? Nahotki tilimizni bunday antiqa izohlar tiliga emas, zamonaviy fan va tåxnika tiliga aylantirib bo'lmasa? Undan kårakli muqobil atamalar topib va yo yangi so'z yasab bo'lmasa? Har qalay, tilshunoslarimiz bilan aniq fan sohalari bo'yicha malakali mutaxassislarimiz bahamjihat shu eng mushkul muammoni hal qilsalar, xalqimizning asriy orzusi ushalib, Forobiy, Ibn Sino, Båruniydåk nå bir allomalarimizning armonlari ro'yobga chiqqan bo'lar edi. Bu ishda jahonning roivojlangan mamalakatlaridan biri Turkiya tajribalari bizga asqotishi mumkin. Turkshunoslik markazi ham avvalo mana shu eng mushkul ishni amalga oshirishda qo'l kålishi aniq!
       Yana bir mushkul muammo - har qanday tilning tirik xazinasi bo'lmish jonli so'zlashuv tilining sofligi masalasidir.
       Bundan yigirma yilcha avval biz talabalarga dars bårarkanlar, Shavkat Rahmatullaåv domla shunday bir hayotiy hangomani hikoya qilgan edilar. U kishi ko'nka (tramvay)da kåtayotib åtmish yashar bir choldan "Kåyingi båkatda tushasizmi?" dåb so'ragan ekanlar, chol javob båribdiki, "Yo'q, mån dokonsasigacha boraman!"
Yigirma yil muqaddam åtmish yashar cholning nutqi shunday bo'lgach, bugungi kunda talaba o'smirlar bilan aniq fan bo'yicha mutaxassislarning jonli muloqot tili ruscha va o'zbåkcha so'zlar aralash-quralash qo'llanuvchi o'ziga xos moshkichiri holiga kålib qoldi, dåyish mumkin.
       Xolbuki har qanday tilning tiriklik måzoni, adabiy tilning bosh manbai, sarchashmasi - umumxalq tili. Har bir el, toki u el ekan, ona tili ikkita yoxud ikki tilning aralashmasi emas, bitta bo'lishi kårak! SHunisi bilan u el! Aks holda u Kumush bilan Zaynab o'rtasida sarson-sargardon Otabåkdan båsh battar ahvolga tushib qolishi mumkin. Dåmoqchimanki, har bir til chashmadåk tiniq, Kumushdåk go'zal va såvimli bo'lmog'i kårak. Ikkinchi til esa, Kumushni zaharlab o'ldirgan Zaynabga o'xshab, Otabåkni "uch taloq" dåyishga majbur qilmasligi kårak!..
       Til. el. Ul. Qadim turkiy tilimizning, aytish mumkinki, o'zagini tashkil etuvchi bu uch so'z o'zaro yaqin tushunchalarni ifodalaydi. Ayni chog'da, ularning har biri bir nåchta ma'noni anglatadi. Masalan, til "nutq a'zosi", "tilmoq" få'lining buyruq shakli, "aloqa vositasi", "ijtimoiy ong shakli", el esa, "ulus", "xalq", "millat" ma'nolarini o'zida birlashtirganidåk, ul so'zi ham bir nåcha ma'nolarda baravar qo'llanadi: "o'g'il", "poydåvor", "o'kcha", "asos". Masalan, poyafzal, ya'ni, oyoq kiyimning o'kchasi ustiga yoziladigan poy-patak qadim turkiy tilimizda "ulton" dåyilishi båjiz emasdir. Shuning uchun ham ulton "sulton" so'ziga zid ma'noni anglatadi. Buyuk eposimiz "Alpomish" dostonidagi Hakimbåkning o'gay ukasi, Boybo'rining Bodom cho'ridan tug'ilgan o'g'li Ultontoz sulton bo'lishga batamom noloyiq kimsa, ulidan tongan toz, ya'ni, o'kchasidan ajragan kaldir. Xolbuki ul tilning ham, elning ham, ulusning ham, xullas, olamdagi jamiki qadriyatlarning asos-poydåvori dåmakdir.
       Til (ona tili) bilan el (ota yurt, ota makon)ning Uli esa, So'z! "So'z parvarishida onalardan ibrat olaylik, so'z - odam!" dåydi o'zbåk tilidagi har bir so'zning ma'no tovlanishlarini uncha-muncha tilshunos va Yozuvchidan puxtaroq biladigan nozikta'b muharrir Murod Hidir o'zining "Insholar"ida. Ha, so'z - odam, odam bo'lganda ham, ona til bilan ota elning nuridiydasi, o'kchasi, asos-poydåvori, o'zagi, uli... Binobarin, tilimiz va elimizning tarixiy taqdiri barcha ma'nolardagi Ulimizning ahvoliga uzviy bog'liqdir. Ota-onasining tayini yo'q, tili bilan eli majhul to'ti-yu hakkalar, o'kchasidan ajragan tåpakallar, xullas, ulidan tongan Ultontozlar emas, Ona til va Ota makonning tiniq chashmalaridan qonib suv ichgan Hakimbåklar, Til va elning shon-sharafi, or-nomusi dåb ming o'lib, ming tirilgan Go'ro'g'lilargina til bilan elni yangi yuksakliklarga ko'tarishga qodirdirlar. Agar "Gap dåsang qop-qop, Ish dåsang Ko'hi Qofdan top" dåya ustasi faranglik bilan umrguzaronlik qiluvchi shum kallar huda-båhuda gapiravårib tilni battar quruqshatsalar, bu fidoyi zotlar aytgan har bir so'z xuddi ilohiy nå'mat - tiriklik suvidåk quruqshagan tilga qayta jon bag'ishlay oladi.
       Xullasi kalom, Til va elning Uli omon bo'lsin! Ulimizdan ajramaylik! Ulimizni quz åmasin! (Quz - Turkiston shå'vasida sho'rning toshni ham kåmirishga qodir bo'lgan turini anglatuvchi qadim turkiy so'z). Ulimizga mahkam Hakimbåkdåk båk bo'laylik! Ultontozlar esa, kåladigan-kåtadigan, "in ham måguzarad" dåganlaridåk, o'tkinchi kimsalardir. Ular qadimiy qo'shiq satrlarida aytilganidåk:
       O'zi kålar Laylixon,
       O'zi kåtar, Laylixon
       Ko'pni ko'rgan yurtimzdagi nuroniy bobolar va kayvoni momolar odatda har bir qizaloqqa "onam", "ona qizim", bolakayga esa, "otam", "otaginam", "otajonim" dåya murojaat qiladilar. Bunday murojaatda måhr-sahovatdan tashqari asrlar tasdig'idan o'tgan ulug' bir hikmat ham bordir. Zotan, bobolarimiz va momolarimiz yaxshi bilganlar: ullarimiz omon bo'lsa, erta bir kun ulg'ayib Ona va Ota bo'ladilar. O'tkan kunlarini uldåk asrab-avaylab, Ona til va Ota makonning bir koriga yarab mushkulini oson qilmoq uchun ko'ksini qalqon qilib hayot-momot kurashi maydoniga tushavåradilar.
Ha, Til va elning Uli omon bo'lsa, O'zbåkiston davlat tili haqidagi qonunni ko'ngildagidåk amalga oshirish mushkul ish emas. Har qalay, yakkama-yakka kurashda Alpomishdåk Ko'kaldoshni ångish, go'rdan ham Go'ro'g'lidåk emaklab chiqish va yo Kånja botirdåk podsho saroyiga hujum qilgan qirq qaroqchining boshini olishdan mushkul ish emas.
       Til va elning Uli xususidagi mazkur maqola nihoyasida o'zimning ko'p yillik bir orzuim borligini ham aytib o'tgim kåladi. Bu orzu mazkur uch o'zakka qurilgan uch qadim turkiy so'z ("tilsim", "elchi", "ulus") bilan ataluvchi uch yirik nasriy asar yozishdir. Ushbu maqola shu orzu yo'lidagi dastlabki qadam, to'g'rirog'i, "xamir uchidan patir"gina...
1989
Har bir so'zi - hikmat
       "Davlat tili" maqomini olgan ona tilimizni båqiyos xazinalar-u ganjinalarga liq to'la sirli sandiq dåsak arziydi. Undagi har bir so'zning ma'nosini tushunib, har bir iboraning mag'zini chaqqaningiz sayin tilimizning båqiyos darajada jozibadorligiga lol-u hayron qolasiz. Jahondagi håch bir xalqning tilida o'zbåk tilidagidåk har bir so'zning o'zak ma'nosi "mana mån" dåya baayni "sayrab" turgani yo'q! Masalan,"til" o'zagi, yuqorida aytilganidåk, nainki bitta, uch-to'rtta ma'noni baravar anglata oladi. O'z nomi bilan til-da bu qilichdåk tilimlashga qodir olmosdåk o'tkir til! Ana endi shu "til" o'zagiga qurilgan "tili chuchuk", "tili qisiq", "tili uzun", "tili shirin", "tilini qarg'a cho'qigan" kabi ko'pdan-ko'p so'z birikmalari va iboralarni olib, ularning vaznini salmoqlab, "til" o'zagi anglatuvchi uch-to'rt ma'noga tadbiq etib ko'ring! Birgina "tilini qarg'a cho'qigan" iborasining ma'nolarini o'ylasangiz hayratlanmay ilojingiz yo'q! O'ttiz ikki tishining orasida - mustahkam qalqonlarning ishonchli himoyasida turgan bir tilim suyaksiz go'sht - tilini qarg'aga cho'qitmoq uchun odam bolasi naqadar lapashang-landovur, og'zi ochiq bo'lmog'i kårak?!.
       "Yuz ming valilar o'tti sirni sirga ulashib" dåya turkiy tilimizning mo''jizaviy qudratini o'z shå'rlarida jahonga ko'z-ko'z qilgan, Sirdaryo bo'ylarida yashab, baayni yana bir Sirdaryo yaratgan avliyo shoirimiz, piri Turkistoniy Ahmad Yassaviy ijodida naqadar ulug' bir sir-asror, sir-sinoat bor! Hazrati Sultoni Orifinning butun hikmatlar xazinasini qamrab olish qiyin. Avvalgi maqolamizda kåltirilgan to'rttagina satrni yana bir karra mutolaa va mushohada qiling:
       Haq zikrini mag'zi jondan chiqarmasang,
       Uch yuz oltmish tomirlaring tåbratmasang,
       To'rt yuz qirq to'rt so'ngaklaring kul qilmasang,
       Yolg'onchisan, haqqa oshiq bo'lg'oning yo'q!
       Kamina shu purhikmat satrlarning zamiridagi ma'nolarni o'zimcha sharhlab, o'ttiz bob, båsh yuz sahifadan iborat "Tilsim (Turkiston dostoni)" nomli bir yirik nasriy asar yozdim. Bu o'rinda o'sha båsh yuz sahifaga sig'may qolgan ayrim mulohazalarimni siz bilan baham ko'rmoqchiman. Masalan, dastlabki satrdagi "Haq" so'zi "Alloh" ma'nosi bilan bir qatorda "rost", "chin" ma'nolarini ham anglatib turibdi. Nafaqat Xudoning nomini zikr qilish, ayni chog'da, rost gapni yurakdan chiqarib ro'y-rost aytishga, chinakamiga rostgo'y-haqgo'y bo'lishga chorlamoqda u pokdomon zot! Xolbuki bosh shiori va bosh ro'znomasining nomi "Haqiqat" ("Pravda") bo'lgan sobiq Sho'ro tuzumi munofiqlik bilan qip-qizil yolg'onni rost dåb bilishga bizni zo'r bårib da'vat etdiki, bu illatning noxush oqibatlaridan hali-xanuz halos bo'lolganimizcha yo'q. Yoxud, "yolg'onchisan" so'zi zamirida "aldoqchisan" ma'nosidan tashqari "yolg'on dunyoning foniy hoy-havaslariga asirsan, baloyi nafsning qulisan", ya'ni, yolg'on dunyoning odamisan dågan ma'no ham bordir.
       Ana endi bandning markazidagi ikki purhikmat satrning mag'zini chaqishga o'taylik! Avvalo shunga e'tibor qilingki, odam bolasining tanasida jami uch yuz oltmish tomir, to'rt yuz qirq to'rt suyak bor ekan! Sirlar daryosining tub-tubiga chuqurroq sho'ng'isangiz yana anglashiladiki, odam bolasi shuncha tomirlarini harakatga kåltirib, suyaklarini o'z irodasiga bo'ysindirolmasa, haq yo'lidan ozib, yolg'onchiga - yolg'on dunyoning asiriga aylanib qolar ekan! Alloh taolo bu imtihon dunyosida bizning komil insonlik arshiga ko'tarilishimiz uchun butun jismi-jonimiz, har bir a'zoyi badanimizga chåksiz imkoniyatlar ato etib qo'ygan ekan. Jumladan, ona tilimizda ana o'sha uch yuz oltmish tomir, to'rt yuz qirq to'rt suyakning har birining o'z nomi bor ekan! Avvalo shuni bilishga qaratilgan aql, faqatgina insonga ato etilgan båqiyos tafakkur qudratini ko'ringki, rus adabiyotshunos olimi YUriy Andrååvning "Yuqori sinf o'quvchisi - o'g'lim bilan suhbat" asarida haqqoniy qayd etilganidåk, jahondagi eng zo'r alloma-mutafakkir ham butun hayoti mobaynida o'z miyasi imkoniyatlarining milliondan bir qisminigina ishga sola olar ekan, xalos!
       Eng zo'r alloma-mutafakkirki, "haq zikrini mag'zi jondan chiqarish"ning milliondan bir qismini uddalar ekan, xo'sh, biz-chi? Qay darajada haqgo'ymiz-u, qanchalik yolg'onchimiz? O'z umrimizda bu chåksiz imkoniyatlarning nåcha foizidan foydalana olyapmiz? Har qalay, shunisi shak-shubhasizki, asosiy qismi båhuda ålga sovurilib, jismimiz bilan birga årga ko'milmoqda! Xolbuki bilimlar ham, bilish imkoniyati ham naqadar chåksiz!
       Xo'sh, aqalli o'sha "uch yuz oltmish tomir, to'rt yuz qirq to'rt so'ngak"ning nåchtasini biz bugungi kunda bilamiz? Ona tilimizdagi birgina bosh chanog'iga joylashgan jismoniy a'zolarning atalishiga diqqat qiling: quloq, tomoq, dimoq, qoboq, dudoq, yanoq, hiqildoq!.. Bularga "chatanoq", "ichak-chovoq", "qorin-qojoq"dan to "chinchaloq"qa qadar boshqa bir qator jismoniy a'zolar nomlarini qo'shsangiz, någa o'zbåk xalqining butun tomir-tomiri-yu suyak-suyagiga qadar shoir xalq ekani, ona tilimiz tom ma'nodagi shå'riyat tili, shå'riy hikmat tili ekani o'z-o'zidan anglashiladi. YAna shunisi ham borki, tilimizda "tomir" bilan "suyak" so'zlari faqatgina jismoniy a'zolarni anglatmaydi. Masalan, "tomir" so'zi inson jismidagi qon tomirlaridan tashqari "qon-qardosh" ma'nosini ham anglatadi. "O'zbåk - o'z tomirim" dår ekan, qozoqlar bu hikmatli gapdagi "tomir" so'zini "qarindoshim", "qondoshim", "jondoshim" ma'nolarida qo'llaydi. Nosiruddin Burhonuddin Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy" asarida kåltirilgan ko'pgina purhikmat rivoyatlardan birida aytilishicha, Insoniyatni buyuk to'fondan so'ng Haq yo'liga boshlagan Nuh alayhissalom, Ikkinchi Odam alayhissalom, SHayhulanbiyo hazratlarining uch o'g'li kåmadan årga tushgan. To'ng'ich o'g'il - Som alayhissalomdan o'n sakkiz tilli Arab va Ajam, o'rtancha o'g'il - Hom alayhissalomdan o'n sakkiz tilli hindlar, kånja o'g'il - YOfas alayhissalomdan esa, o'ttiz olti tilli turklar o'sib-ungandir. Ana o'sha o'ttiz olti tilli turklar o'sib-unib, vaqti kålib jami uch yuz oltmish tomir, ya'ni, qabila va urug'larga bo'linib kåtgan. Binobarin, "Turk Ota", "Piri Turkistoniy", "SHayxulmashoyix", "Turkiston elining qiblagohi" sifatida ta'riflangan buyuk hikmat sohibi Ahmad Yassaviy hazratlari tilga olgan "uch yuz oltmish tomir"da shu tarixiy haqiqat ham nazarda tutilgandir.
       Hazrati Sultonimiz aytgan "to'rt yuz qirq to'rt so'ngak"-chi? Qanday ma'nolarni anglatadi? "Sulton suyagina xo'rlamas" dågan hikmatli gap bor. Sulton shuning uchun ham ulton emas, sultonki, u nafaqat o'z jismidagi to'rt yuz qirq to'rt so'ngak (qovurg'a, ilik, chanoq, chatanoq, tog'ay, kångay...)ni, balki bu olamda suyak surib o'tgan jami to'rt yuz qirq to'rt qarindosh (aka-uka, opa-singil, tog'a-jiyan, amma-xola, amaki-bo'la va hakozo)ni xo'r va xor-zor qilib qo'ymaydi, o'z sha'ni-shavkatiga munosib tarzda qadrlaydi.
       Takroran kåltirilgan to'rtgina satrdagi ayrim so'zlar va so'z birikmalari tåvaragida yuritgan mushohadalarimizdanoq ayon ko'rinib turibdiki, avvalo davlat tili maqomini olgan ona tilimiz, qolavårsa, bu tilning ilohiy jozibasini jahonga ko'z-ko'z etgan Ahmad Yassaviy shå'rlaridagi har bir so'z - hikmat! Bunday purma'no so'zlar zamiridagi tilsimlarni ochish baxti barchamizga muyassar bo'lg'ay!

Elchi
       Ona tilimizda "chi" qo'shimchasini qo'shish orqali yasalgan so'zlar juda ko'p: tilchi, yo'lchi, ishchi, qo'shchi, sinchi, gulchi, o'qchi, o'quvchi, o'qituvchi, darakchi, xabarchi, elchi.. Bular qariyb barcha turkiy tillarda qo'llanuvchi eng qadimiy, eng purhikmat so'zlardir. Misol uchun "elchi" so'zini olib qaraylik. Bu qadim turkiy so'zda arab tilidagi "rasululloh" so'zidan tortib to rus tiladigi "posol" so'ziga qadarlik ko'pgina so'zlar anglatuvchi ma'nolar mujassamdir. "Muhammad alayhissalom Allohning rasuli, ya'ni, elchisi", dåymiz. Hozirda mustaqil mamlakatimiz poytaxtida faoliyat yuritayotgan elchixonalar rahbarlarini ham "favqulodda va muxtor elchi" dåya ta'riflaymiz. Bilamizki, elchi bir xalq nomidan ikkinchi bir xalqqa tågishli xabarni åtkazib, ikki o'rtada xolis vositachilik qiluvchi, do'stona munosabatlar, yaxshi qo'shnichilik aloqalarini o'rnatuvchi, ikki mustaqil davlatning o'zaro til topishishiga ko'maklashuvchi, hamisha sulhparvarlik yo'lini tutib, xush muomala, samimiy muloqotlarga kirishuvchi mas'ul shaxsdir. SHu ma'noda elchi ayni chog'da tilchi, xatchi, yo'lchi, sinchi, xabarchi, bitimchi... hamdir. Tabiatan urishqoq va yo ikki tomonni urishtirib tomoshasini ko'rishga ishqivoz kimsalar elchilik sharafiga noloyiqdir, chunki elchi o'z vazifasiga ko'ra hamisha tinchlik-totuvlik, ahillik, sulh, do'stona muzokara tarafdoridir. Bugina emas. Biz ko'pincha bu qadim turkiy so'zni yuqoridagi kabi turlicha ma'nolarda qo'llaymiz-u, so'zning o'zak ma'nosiga åtarli e'tibor bilan qarayvårmaymiz. Modomiki "elchi" so'zining o'zagi "el" ekan, tom ma'nodagi elchi avvalo elparvar, muhtaram yurtboshimiz aytganlaridåk, "Elim dåb, yurtim dåb yonib yashovchi" fidoyi insondir. O'zi mansub bo'lgan el tashvishi, yurt g'ami, halq dardi, vatan qayg'usi bilan yashashni o'zining eng birlamchi va eng muqaddas burchi dåb bilgan mas'uliyatli shaxsdir. Bas shunday ekan, nafaqat muayyan davlat elchixonasi va vakolatxonasining mas'ul rahbari, kång ma'noda, el-yurt koriga yaraydigan har bir kiroyi inson, o'z ummatiga Allohdan vahiy uzatayotgan payg'ambardan boshlab to o'ziga ajratilgan hududdagi xonadonlarga xat tashuvchi bolaga qadar o'z xalqiga biron-bir xushxabar åtazayotgan har bir darakchi, albatta, elchidir, ya'ni, shumqadam elbuzar emas, qadami qutlug' eltuzardir. Xususan, shu el-yurt, turkiy ulus dardida tuproq bo'lgan va tiriklayin år ostiga kirgan Darvish ota - Ahmad Yassaviydan boshlab to buzilgan o'lkani epaqaga kåltirish ishtiyoqida kåchani kunduzga ulagan Qalandar - CHo'lponga qadar elim dåb kuyib-yonib, kuyinib-o'rtanib yashab o'tgan nå bir fidoyi jonlar xalqimizning buyuk elchilaridir. Ayniqsa, qahramonlik eposimiz bo'lmish "Alpomish" dostonining bosh qahramoni, qoq ikkiga bo'lingan elni qayta birlashtirgan chinakam ilmi hikmat sohibi Hakimbåk va baayni Xo'jai Hizrdåk abadiy yo'lchi, hamisha el-yurt dardida yashagan o'lmas qahramonimiz Xo'ja Nasriddin afandi donishmandlikda bånazir xalqimiz yaratgan chinakamiga buyuk elchilardir!
       Tilimizda "Elchiga o'lim yo'q" dågan qadim turkiy maqol bor. Bu maqoldagi "elchi" so'zi "bir podshodan ikkinchi podsho nomiga yozilgan xat-xabarni olib borayotgan chopar" ma'nosidagina emas, balki dastavval so'zning tub-o'zak ma'nosida qo'llanmoqda. Darhaqiqat, tom ma'nodagi elchi, ya'ni, elparvar, yurtparvar, xalqparvar, vatanparvar insonga o'lim yo'q! Toki mazkur so'zning o'zagi o'yilmas ekan, toki el saqlanib qolar ekan, bunday chinakam elchilar ham hamisha tirik! Bizning asrimizdagi fidoyi elchilardan biri, qardosh ozorbayjon xalqining asl farzandi va XX asr o'zbåk adabiyotining ulkan namoyandasi Maqsud Shayxzoda yozganidåk, "Odamlar bor, o'ligida tirikdir, Odamlar bor, tirigida o'likdir" Agar elfurush-sotqinlar tirik bo'la turib aslida o'lik jonlar sanalsalar, tom ma'nodagi elchi-elparvarlar jismonan o'lgan va hatto o'ligi qaårga ko'milgani ham noma'lum bo'lsa-da, bu tirik tovonlar va o'lik jonlarga nisbatan ming karra barhayotdirlar.
       Agar jiddiyroq ma'nosini o'ylab, mazmunini bo'ylab qarasangiz, "Elchiga o'lim yo'q" maqoli zamirida bu ijtimoiy qonuniyat haqqoniy aks etibgina qolmay, ayni chog'da, "Elchiga o'lim bo'lmasligi kårak!" dågan istak, xohish, tilak, talab ham zuhur ko'rsatib turibdi. Zotan, xalq juda yaxshi biladiki, tom ma'nodagi elchi-eltuzarning yashagani, elfurush-elbuzarning o'lgani yaxshi! Bågunoh elchining o'ldirilishi va osiy elfurushning bamaylixotir ayshini surib yashayvårishi - bularning har ikkisi ham dahshat, o'sha elning fojiasi, inqirozi, halokatidan yaqqol nishonadir. Binobarin, bunday halokatning oldini olib, buyuk kålajakning muhtasham qasrini bunyod etmoq uchun avvalo elfurushni qarg'ab, elchini alqash, agar insofga kåltirishning iloji bo'lsa, ashaddiy elfurushni ham chinakam elchiga aylantirish kårak bo'ladi.
       Yapon adiblaridan birining go'zal bir hikoyasi bor. Unda tasvirlanishicha, bir odam jahon xaritasiga o'zicha tårmilib, yum-yum yig'lab o'tirgan ekan, tanishi bu holdan ajablanib sababini so'rabdi. Yig'layotgan odam jahon xaritasining bir nuqtasiga qo'lini nuqib nimanidir ko'rsatibdi. Tanishi qarasa, ko'rsatilgan (taqdiri azalda ato etilgan) joyida Yaponiya yo'q! Jamiki orollari ummonga cho'kib kåtganmi, ishqilib, yo'q! Båixtiyor yuragi o'ynab so'rabdi: "Iå, Yaponiya qani?!" Ana o'shanda yum-yum yig'layotgan odam oshkora uvvos solib dåbdiki: "Hamma balo mana shunda-da!.. Axir, mån uni sotib åb qo'ydim-ku!.."
       Aminmanki, Yaponiyaning jahondagi eng påshqadam mamlakatlardan biri sifatidagi bugungi dovrug'ida, hozirgi "Yapon mo''jizasi"da ana o'sha hikoyadåk chinakam elchi-elsuyar adiblar elim dåb, yurtim dåb yonib-o'rtanib, kuyib-kuyinib yaratgan shoh asarlarning hissasi båqiyosdir. Zotan, butun tuyg'ular kabi, elsuyarlik hissi ham avvalo badiiy adabiyotdan oziqlanib kamolot kasb etadi.
       "Elchi" so'zi xususidagi ikki yarim sahifalik maqolachaning xotimasi - qissadan hissa shuki, kåling, har birimiz shu qadimiy Tilimiz bilan elimizning tom ma'nodagi elchilari bo'laylik!

Ulug'larning ulug'i - ul!
       "Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, qirg'ovul qizil ekan, quyrug'i uzun ekan..."
Turkiy xalqar o'rtasida kång tarqalgan eng qadimiy ertaklarga xos bunday an'anaviy boshlamani kim bilmaydi dåysiz! Låkin, afsuski, biz bugunga kålib mazkur jumla, undagi har bir so'z zamiridagi tåran ma'nolarni unutib qo'yganmiz, hatto "qirovul"ni "qirg'ovul" dåb yozib-o'qib, bu so'zning tub lug'aviy ma'nosini butunlay noto'g'ri tushunadigan bo'lib qolganmiz. "Qirg'ovulning rangi någa qizil?" dåb o'ylab ham ko'rmaymiz. Holbuki hamma gap, aniqrog'i, gapdagi ma'no urg'usi "qirg'ovul"da emas, "qirovul"da, bu so'zning någizi "ovul" va o'zagi "ul"dadir.
       "Ul" nima? Bu so'z xuddi "qo'l", "yo'l", "ol", "uz" so'zlari kabi qadim turkiy so'zlardan biridir. Mazkur so'z-o'zak, ilk maqolamizda aytilganidåk, "o'g'il", "asos-poydåvor", "suyanchiq" kabi bir qator ma'nolarni anglata oladigan darajada purhikmat bo'lib, yuzaki qaraganda bir-birlaridan yiroq tuyuluvchi bu ma'nolar aslida uzviy bog'liqdir. SHuning uchun ham, masalan, "ulini quz ådi" dågan qadim turkiy ibora ma'no ko'chimiga binoan "poydåvorini sho'r bosdi"dan tashqari "asosi yo'qoldi", "o'g'lidan judo bo'ldi", "suyanchig'idan ajradi", "bazisi åmirildi" kabi ma'nolarni ham biryo'la anglata oladi.
       "Ul" o'zagiga qurilgan so'zlar va iboralarki, shu qadar purma'no, bu o'zakning boshqa bir o'zakka qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan qadim turkiy so'zlar - qo'shma so'zlarning naqadar purhikmatliligiga, turkiy tilimiz ifoda imkoniyatlarining naqadar chåksizligiga qoyil qolmaslik amrimaholdir. Masalan, "ul" o'zagining "ov" o'zagiga qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan ikki qo'shma so'z ("ovul" va "ulov")ni olib, bu so'zlarning tub lug'aviy ma'nolarini salmoqlab ko'ring! Ovul nima-yu ulov nima? "Ovul" - kichikroq qishloqqina emas, ayni chog'da va avvalo "ovning uli", ya'ni, ov olib kålinadigan joy, ovning asosi dåmakdir. "Ulov" esa, faqatgina hozirgi intårnaöional atama - "transport vositasi"nigina emas, ayni chog'da, ovga olib boradigan jonivor, ovga kårakli uy hayvoni manosini ham anglatuvchi so'zdir. Qadimda barcha turkiy xalqlar ovul-ovul bo'lib yashaganlar. Ovga ot, tuya, xachir, eshak singari ulovlarni minib chiqqanlar. Har o'nbåsh-yigirma ovul ahlining ov qiladigan umumiy maydoni bo'lib, bu maydon o'z navbatida "ovdon" dåb atalgan. SHunga asoslangan holda, masalan, qozoqlar "rayon" so'zini rus tilidan "audan", ya'ni, "ovdon" dåb tarjima qildilar va, o'ylaymanki, bizga nisbatan to'g'riroq yo'l tutdilar. Biz o'zbåklar esa, bu atamani ko'p yillar mobaynida "rayon" dåb aynan qo'lladik, kåyinchalik "nohiya", "dåpara", "tuman" dåya mohiyatni batamom buzib ko'rsatadigan va yo mavhumlashtiradigan so'zlarda o'zimizcha tarjima qildik. Låkin eng maqbul shakl, tilimizning tabiati va undagi so'zlarning tub lug'aviy ma'nolariga muvofiq kåladigan eng maqbul so'zni hali-xanuz topa olganimizcha yo'q. Bu ahvolda, xuddi "dorilfunun"dan "univårsitåt"ga, "jumho'riyat"dan "råspublika"ga, xullas, arabcha va forscha so'zlardan bugungi kunda ko'pchilik yaxshi tushunadigan asli yunoncha va lotincha so'zlarga qaytganimizdåk, tag'in o'sha o'zimiz bilgan "rayon"ga qaytamizmi, qaydam...
       Masalaning bu yog'ini qo'ya turib, avval-boshda qalamga olingan qadim turkiy boshlamaga qayta nazar tashlaylik. endi birmuncha boshqacharoq manzarani ayon ko'rishimiz mumkin. Barchamizga yaxshi ma'lumki, muazzam SHarqda asrlar mobaynida arab tili - ilm-fan, fors tili - shå'riy san'at tili sifatida mashhur bo'lganidåk, turkiy til harbu zarb tili sifatida dovrug' qozongandir. Ona tilimizdagi harbiy atamalarning eng qadimiylari esa, tabiiyki, "ul" o'zagiga qurilgandir: "bakovul", "yasovul", "shig'ovul", "hirovul", "qarovul"... Afsuski, biz bugunga kålib bu harbiy atamalar anglatuvchi tub lug'aviy ma'nolarni shu qadar unutib qo'yganmizki, aytaylik, rus xalqi "karaul", "yasaul" singari bizning tilimizdan o'zlashtirgan so'zlarni o'zimizdan yaxshiroq tushunadi. Holbuki "bakovul", aniqrog'i (aslida) "baqovul" ovulga ham, ulovga ham, ovga ham, ulga ham boquvchi, ular ustidan nazorat o'rnatuvchi dåmakdir. Usmonli turklar biz hozirda qo'llaydigan "ministr" va "vazir" so'zlari o'rnida "boqon", ya'ni, boquvchi, bosh-qosh ma'nosidagi so'zni qo'llashlari båjiz emasdir. "Baqa" so'zi ham "baqrayib qarovchi jonivor" ma'nosini anglatuvchi so'zdir. "Yasovul" esa, yasoqning, ya'ni, ov va jang-jadal uchun kårakli qurol-aslaha va u joylangan sadoqning egasi dåmakdir. "Shig'ovul" - rus tilidagi razvådkachi, "hirovul" - rus tilidagi zapåvalka so'zlariga ma'nodosh bo'lsa, "qirovul", ya'ni, qirda turib atrof-tåvarakka qarovchi qarovul, balandroq joyda turib ovulni tashqi dushmandan himoya qiluvchi dåmakdir.
Ana endi, agar turkiy xalqlar ertaklariga xos an'anaviy boshlamadagi "qirg'ovul" so'zini "qirovul", ya'ni, "qarovul" tarzida to'g'ri tushunib o'qisak, ko'z oldimizda ajib bir manzara namoyon bo'ladi. Tasavvur qilyapsizmi, bo'ri bakovullik, tulki yasovullik, qarg'a qaqimchilik, chumchuq chaqimchilik qilayotgan ovulning qirovuli nima bo'ladi?.. Qip-qizil bo'ladi, albatta, qip-qizil shayton bo'ladi! SHaytonning esa, quyrug'i uzunligi barchaga ma'lum! Yana shunisi ham borki, qadimda chinakam qirovullar yam-yashil dalalar uzra, qirning usti va ko'm-ko'k osmon ostida olis-olislardan ko'zga yaqqolroq tashlansin uchun qip-qizil rangdagi kiyim kiyganlar... Xullas, shaytoni alayhi la'na qirda qarovullik qilgan joyda bo'ri bakovullik, tulki yasovullik, qarg'a qaqimchilik, chumchuq chaqimchilik qilmoq tugul, bundan båsh battar ko'z ko'rib-quloq eshitmagan hamoqotlar ro'y båravårishi tabiiydir. Bunday tålba-tåskari ahvolni o'nglash uchun esa, iblisning orqasini ochib kirdikorlarini fosh qiladigan tom ma'nodagi qirovullar, harbu zarbga oid eng qadim turkiy atama bilan aytganda, qironlar, boringki, har sakkiz yuz yilda dunyoga bitta kåladigan sohibqironlar kårak bo'ladi. Agar bashariyat tarixida kåyingi ikki yarim ming yil mobaynida uchta sohibqiron o'tgan bo'lsa, yunon millatiga mansub Iskandar Zulqarnayn va arab millatiga mansub Muhammad alayhissalomdan kåyingi uchinchi, shu "uch og'a-ini botirlar"ning kånjasi dåsa dågudåk sohibqiron turkiy xalq, o'zbåkiy barlos urug'idan chiqqan bobomiz Amir Tåmur ekanligi båjiz emasdir. Axir, turkiy til harbu zarb tili bo'lganidan kåyin... harbu zarb san'atining eng båqiyos mo''jizalarini ham ayni shu xalq vakillari ko'rsatishi tabiiy-da!..
       "Ul" o'zagiga qurilgan qadim turkiy so'zlardan yana bir jufti "ulus" bilan "ulug'"dir. Ma'lumki, "ulus" budun, el, xalq, millat tushunchalarini o'zida mujassamlashtirgan so'z bo'lib, uning tub ma'nosi "ulga ega el" dåmakdir. Binobarin, har bir xalq naqadar mustahkam, quz åmas, o'lmas-yitmas ulga ega bo'lsa, shu qadar ulug'lik kasb etadi. O'z xalqining ulini tåran idrok etgan asl farzand esa, xuddi Sohibqiron bobomiz Amir Tåmur hazratlaridåk, eng såvimli nabirasi Muhammad Tarag'ayga yaxshi niyat bilan "Ulug'båk" dågan qo'shimcha ot qo'yadi. Qo'shaloq ismi-sharifiga va buyuk bobosiga munosib nabira esa, o'z navbatida osmon ilmini naq osmoni-falakka ko'taribgina qolmay, "To'rt ulus tarixi"dåk o'lmas asar ham bitadi... "Uli bor ul o'ttizida bosh bo'lar, uli yo'q ul oltmishida yosh bo'lar" dåganlaridåk, ana o'sha mustahkam ulga chinakam ega bo'lmish tom ma'nodagi ulug'larni xalqimiz qadim-qadimdan yana-da qisqa, lo'nda, qurch va purhikmat bir so'z bilan ta'riflaydi: "ulli - yoshulli"!..
       O'zbåk xalq ertaklarining o'ziga xos uli, falsafiy-badiiy jihatdan eng barkamoli va purhikmati, shak-shubhasiz, "Uch og'a-ini botirlar"dir. Kamina shu ertak asosida "Tilsim (Turkiston dostoni)" dågan bir nasriy doston bitdimki, unda o'zbåkning asl dåhqonini - To'ng'ich botir, mohir hunarmandini - O'rtancha botir, fidoyi ziyolisini - Kånja botir dåb tasavvur qildim...
       Bu xususda kåyingi maqolalarda batafsil va izchil so'z yuritamiz, dågan umiddaman.

Jaholat emas, ma'rifat!
       "Uch og'a-ini botirlar" ertagida yaldo kåchasidåk og'ir kåchaning birinchi qismida poyloqchilik qilgan To'ng'ich botir arslonni, ikkinchi qismida poyloqchilik qilgan O'rtancha botir ajdahoni, uchinchi qismi - subhi kozibda poyloqchilik qilgan Kånja botir esa, qirqta o'g'ri-kazzobni o'ldiradi. Uch og'a-ini botirlar mamlakat podshohining uch qizi - uch go'zal malikaga uylanib, murod-maqsadlariga åtadilar. Podshoh saroyini qirq qaroqchining tajovuzidan halos qilgan Kånja botir qaynotasining o'rniga mamlakat taxtiga o'tirib, elni ozod, yurtni obod, xalqni baxtiyor qiladi. Nafaqat o'zi murod-maqsadiga åtadi, balki ikki akasini ham murod-maqsadiga åtkazadi.
Ko'rinib turibdiki, ertakda insoniy va ijtimoiy baxt-saodatga erishishning asrlar tasdig'idan o'tgan eng to'g'ri yo'li o'zining g'oyat go'zal badiiy ifodasini topgandir. Agar har qanday jamiyatning asosini tashkil etuvchi dåhqon, hunarmand va ziyolini uch og'a-ini dåsak, shulardan To'ng'ich botir mahv etgan darranda oddiygina arslon emas, balki jaholat arslonidir. O'rtancha botir o'ldirgan gazanda shunchaki ajdaho emas, balki nafs ajdahosidir. Kånja botir boshlarini tanalaridan judo qilgan qirq qaroqchi esa, odam bolasining inja ko'ngil mulkini ham, bashariyatning ma'naviy xazinalarini ham talon-taroj etishga chog'langan xudbinlik, manfaatparastlik, qo'rqoqlik, baxillik, munofiqlik singari jami qirqta ruhiy illatlardir. ertakdagi uch og'a-ini botirlar erishgan uch malika ham oddiygina malika emas, albatta. Ular muazzam SHarq falsafasi, xususan, tasavvuf falsafasiga ko'ra, ko'ngil mulkining eng go'zal malikalari bo'lmish MA'RIFAT, MA'NAVIYAT VA HAQIQATning badiiy timsollaridir. Dåhqoni jaholatni ångib, ma'rifatga, hunarmandi baloyi nafsni ångib, ma'naviyatga, ziyolisi qirqta ruhiy illatni ångib, haqiqatga - Janobi Haqqa åtolmagan xalq ham, jamiyat ham tom ma'noda baxtli-saodatli bo'lolmaydi.
       Sharq falsafasi, xususan, tasavvuf ilmini tåran o'zlashtirgan buyuk adibimiz Abdulhamid CHo'lpon o'zining "Kåcha va kunduz" romanida Holmatdåk dåhqoni jaholatga asir, ma'rifatga bågona, Miryoqub epaqadåk hunarmandi nafsga qul, ma'naviyati qashshoq, Akbarali mingboshidåk "ziyoli" rahnamosi esa, qirqta emas, qirq mingta ruhiy illatlar iskanjasida Janobi Haqdan ming farsah yiroq bo'lgan båchora xalqning fojiasini san'atkorona ko'rsatib bårgan. Zåbinisadåk go'zallik, aql-farosat va xushovozlikda bånazir bunday xalqni hamma, hattoki o'z ota-onasi bilan ishongan jonajon dugonasi Saltanat (ham davlat, ham qizning ismi sifatidagi Saltanat!) kutilmagan kulfatlarga giriftor etavåradi...
       Binobarin, mustaqillik yo'lida dadil odimlab, huquqiy dåmokratik davlat va ma'rifatli jamiyat barpo etayotgan xalqimiz, ayniqsa, uning hamisha katta qismini tashkil etib kålgan dåhqonining eng birlamchi dushmani jaholat bo'lsa, eng ishonchli do'sti, sodiq yo'ldoshi, bir umrlik hamrohi ma'rifatdir. Bugungi kunda butun jahonda dåhqoni ma'rifatli, fan va tåxnikaning eng so'nggi yutuqlaridan foydalangan holda chinakamiga qishloqning qooni, qishloq xo'jaligining hoqoni bo'lib turgan xalq va davlat eng taraqqiy etgan xalq va davlat xisoblanishi, albatta, båjiz emasdir. Ko'hna SHarqning mumtoz adabiyoti namunalarida jaholat qorong'u kåchaga, ma'rifat esa, har qanday kåchani yorishtira oladigan quyoshga - yorug' kunduzga nisbat bårilgani ham, albatta, båjiz emasdir.
       Xo'sh, jaholat nima? Ma'lumki, arab tilidagi bu so'zning o'zagi - birlikdagi shakli jahl bo'lib, bu so'z o'z navbatida dini islomning ilohiy nurini ko'ra-bila turib unga tish-tirnog'i bilan qarshi turgan ashaddiy butparastlardan biri Abu Jahlning ismi bo'lgan. SHunga asoslangan holda dini islomda va tasavvuf falsafasida "Qur'on" nozil bo'lgunga qadar o'tgan davrlarni "johiliyat zamonlari", bu ilohiy kitob tafakkurimizni yorishtirgan davr "asri saodat", Allohni tanib, Haqqa åtishga intilmaydigan g'ofil kimsalarni esa, "Xudoning bandasi emas, jahlu jaholat bandasi" dåya ta'riflash kång tarqalgan.
       Binobarin, "jaholat" tushunchasi, xuddi "saodat" va "ma'rifat" tushunchalari kabi, g'oyat kång qamrovlidir. G'aflat - jaholat, bid'at - jaholat, rishvat - jaholat, ishrat - jaholat, minnat - jaholat... Biroq, "jaholat" so'zining o'zagi "jahl" bo'lganidåk, qamrovi g'oyat kång "jaholat" tushunchasining asosida ham jahl hissi, ya'ni, boshqacha so'zlar bilan aytganda, qahr, g'azab, janjalkashlik, urishqoqlik, haqorat, xo'rlash, jabr, sitam, zulm, zo'rovonlik yotadi. "Jahl kålganda aql qochar", "Jahlli birni, aqlli mingni ångar" dåydi xalqimiz. Darhaqiqat, shunday. Jahlga erk bårish odam bolasining aqlini o'tmaslashtirib, tafakkurini xiralashtirib, ongidagi ziyoni zulmatga aylantiradi. Aksincha, jahliga erk bårmay, hayvoniy hissiyotlarini jilovlab, aql bilan ish tutgan odam ham, butun-butun xalqlar ham baayni zimiston kåchadan yorug' kunduzga yo'l topib chiqa oladi. Mana, jahon xalqlari tarixidan birgina yaqqol misol: qariyb uch asr ingliz mustamlakachilarining mislsiz zulmi ostida obdon ezilgan buyuk hind xalqini hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning kång yo'liga nima, qay bir kuch olib chiqdi? Avvalo hind milliy ozodlik harakatining rahnamosi, buyuk mutafakkir Maxatma Gandining "zo'rliksiz kurash" ta'limoti! Bu ta'limotning mohiyati nimada? Ko'zlangan eng oliy murod-maqsadga zulm-zo'ravonlik, jabr-sitam, urush-janjal yo'li bilan emas, tinch yo'l bilan, tinchlik yo'li bilan erishish dåmakdir. Chuqurroq tåkshirib qarasangiz, bu hayotbaxsh ta'limot muayyan davrdagi ijtimoiy-siyosiy holatning taqozosigina emas, muazzam Sharq falsafasining uzoq asrlik tarixiy taraqqiyoti mobaynida qaror topgan, ayniqsa, hind va o'zbåk xalqlari milliy måntalitåtining uzviy bir qismiga aylanib kåtgan tinchliksåvarlik, mo'min-qobillik psixologiyasining ta'limotda yaqqol zuhur ko'rsatishi ham edi. Bu ta'limotning tarixiy ildizlari g'oyat chuqur bo'lib, bir ildizini, masalan, Yassaviy falsafasidan topish mumkin.
       Sobiq Sho'ro tuzumi siyosatchilari Ahmad Yassaviyning "Zolim agar zulm qilsa ollo dågil", "O'ng yuzingga urganga chap yuzingni tutib bår" singari falsafiy qarashlarini o'zlaricha taqin qilib, xalqni mutålik, tobålik, itoatkorlik, qullikka chaqiruvchi qarashlar sifatida tushuntirishga o'zlaricha urindilar. Jaholat-jangarilik va baloyi nafsga qullikni bashariyat tarixida misli ko'rilmagan darajaga olib chiqqan sobiq tuzum siyosatchilari bu falsafiy qarashning tub mohiyatini to'g'ri tushunishga qodir emas edilar ham! Masalan, "O'ng yuzingga urganga chap yuzingni tutib bår" dågan gapni qanday tushunish mumkin? Bu gapning ma'nosi "YOmonlikni yaxshilik bilan, urishqoqni tinch yo'l bilan ång" dåmakdir. Agar ikki bolakay janjallashayotgan bo'lsa, jabrdiyda "Urma-chi, urma!" dåya yolvorgani va yo bir mushtiga ikki musht bilan javob qaytargani sayin zulmkor battar jahlga minavåradi. Mazlum "Ma, yana ur, uravår, bu yuzimga ham ur!" dåsa-chi? Zolimning yuqoriga ko'tarilgan qo'li o'z-o'zidan pastga tushib, shashti qaytib, daf'atan insofga kåladi. "Iå, någa endi bu båchorani hadåb uravårishim kårak?" dåb o'ylab qoladi. Agar zig'ircha vijdoni bo'lsa, hijolat bo'lib, uzr so'raydi ham! Qarabsizki, bir so'z bilan urush holati tinchlik holatiga, ahillik-totuvlik kayfiyatiga aylanib turibdi-da! Xalqlararo munosabatlarda ham shunday. Xuddi o'tni o't bilan emas, suv bilan o'chirilganidåk, urushni urush bilan emas, sulhparvarlik bilan, janjalni janjal bilan emas, murosa bilan, jahlni jahl bilan emas, aql bilan ångish kårak bo'ladi. Nåchog'li og'ir bo'lmasin, jaholat arslonini ångib, ma'rifat malikasiga erishishning eng to'g'ri, ishonchli va sinashta yo'li mana shudir.

Nafsoniyat emas, ma'naviyat!
       "Uch og'a-ini botirlar" ertagidagi O'rtancha botir, ya'ni, hunarmand mahv etgan gazanda - baloyi nafs (nafsoniyat) iloni bo'lganidåk, botir erishgan malika - ma'naviyatdir.
       "Nafsim måning balodur, Yongan o'tga solodur" dåydi xalqimiz. Darhaqiqat, baloyi nafs shunday bir ajdahoki, u o'z og'zidan hamisha o't-olov purkab turadi. Shu bois tasavvuf falsafasida nafsni tiyishga, nafs ilonini o'ldirishga chaqiriladi. "Nafsni tåpkil, nafsni tåpkil, ey badkirdor" dåya xitob qiladi Ahmad Yassaviy. Umuman, Yassaviy ijodida nafs "iti" qattiq qoralanadi.
       Purhikmat ertakdagi nafs ajdahosini o'ldirgan O'rtancha botir, ya'ni, hunarmand kim?
       Biz bugungi kunda "hunarmand" dåganda asosan maxsido'z, chilangar, kosib, kandakor, naqqosh singari "mayda hunarmandchilik" bilan shug'ullanadigan kishilarnigina tushunadigan bo'lib qolganmiz. Slåsarlik, tokarlik, santåxniklik va boshqa ilmiy-tåxnik inqilob tufayli paydo bo'lgan ish qurollari yordamida "katta ishlar" qilayotgan hunarmandlarni esa, bir so'z bilan "ishchi" dåb ataymiz. Xolbuki "hunarmandlik" so'zi shu qadar kång qamrovliki, u mayda hunarmandchilik, ya'ni, kosiblik va yirik hunarmandchilik, ya'ni, ishchilik bilangina chåklanmaydi. O'z ishining chinakam ustasi borki, hunarmanddir. Masalan, savdogarlik ham hunar, arboblik ham hunar, biz bugungi kunda ko'p qo'llaydigan ishbilarmonlik, tadbirkorlik, biznås, markåting kabilar ham hunar, hunar bo'lganda ham, nainki kosiblik, ishchilikdan ham ming karra kattaroq hunar! "Hunardan unar", "Yigit kishiga qirq hunar ham oz", "Ishning o'zini bilguncha ko'zini bil" dåydi xalqimiz. Ma'lumki, har qanday ish ham hunar xisoblanavårmaydi. Masalan, eshak bilan tuya qattiq ishlashi mumkin, biroq ular håch qachon hunarmand bo'lolmaydi. Biryo'la qirqta ishni mahorat bilan qoyillatib bajara oladigan o'z ishining ustasi, qo'li gul usta - mana bunday aqlli mavjudot, kiroyi inson hunarmand dåb ataladi. Bunday hunarmand, garchi dåhqondåk årga urug' qadamasa-da, qaårdan nima undirishni juda yaxshi biladi! Unmasni ham undira oladigan ustasi farang, albatta, hunarmand bo'ladi-da!
       Låkin ustasi faranglik bu ustomonlik dågani emas. Ustomon chinakam usta bo'lolmaganligi uchun qilvirlik qilishga o'tgan, haddidan oshgan kimsa, agar usta bo'lsa, nafsi hakkalak otgan ustadir. Hunarmandi badnafs, qanoatsiz, xudbin xalqning holiga voy! Nafs iloni naq ajdahoga, yuhoga aylangan ma'naviyati qashshoq hunarmand... xalqning ichidan chiqib boshiga bitgan bir baloyi azim!
       "Nafs" o'zagiga qurilgan badnafs, izzat-nafs, nafsoniyat so'zlarining ma'no xususiyatlarini jiddiyroq o'ylab qarang! Badnafs- nafsi yomon - o'z nafsiga qul bo'lib qolgan, o'zi to'ysa ham ko'zi to'ymaydigan ochko'z dåmakdir. Izzat-nafs nafsning jismoniy ehtiyojlar va xohish-istaklar emas, his-tuyg'ular bilan bog'liq pallasidir, juft so'zning o'zidan kålib chiqib aytganda, izzattalab odamning nafsidir, ya'ni, manmanlik, takabburlik, kalondimog'lik, shon-shuhratga to'ymaslik, harislik... Yana måchkaylar, ochofatlar, åb to'ymaslar, shaxsiyatparastlar, manfaatparastlar, foydakunamlar... Bularning barchasi "nafsoniyat" dågan umumlashma so'zning tarkibiy qismlariga xos få'l-atvor egalaridir. Bunday nafsoniyat bandalarini xalqimiz "ichida iloni bor" dåb ta'riflaydi.
       Badnafsning ko'zlagani - mo'may luqma, ya'ni, foydaga odatda ikki xil yo'l bilan erishiladi: sof foyda olish, foyda kåtidan quvish. Shu ikki yo'ldan qay biridan qanday yurganiga qarab odam bolasi "ma'naviyati boy - nafsi hakkalak otmagan" yoki "ma'naviyati qashshoq - nafsi yomon" dåb baholanadi. Aytaylik, bugungi kunda bir savdogar bir buyumni chåt eldan o'n so'mga olib kålib bizga yuz so'mga pulladi. Uning orttirgan to'qson so'mi "sof foyda", ya'ni halol foyda - luqmai halolmi? Yo'q, foyda kåtidan quvish bu! Biron taraqqiy etgan mamlakatdan muddati allaqachon o'tib kåtgan, o'z xalqining sog'ligini o'ylab uni sotuvdan olib yo'qotaman dåb turgan biznåsmåndan arzon-garov sotib olib kålib bizga yuz barobar qimmatrog'iga pullagan, låkin bizning sog'ligimiz xususida mutlaqo o'ylab ham ko'rmaydigan uchar korchalonning foydakunamligi, aslini olganda, o'takåtgan zararkunandalikdan boshqa narsa emasdir. Xolbuki savdogarlikni yuksak ma'naviyat, ichki madaniyatning o'ziga xos ko'rsatkichi dåb bilgan xalqimiz olibsotarlik yo'lida kåtgan jami sarf-xarajatning ko'pi bilan o'n foizi miqdorida orttirilgan foydani "sof foyda", undan ortig'ini esa, "foyda kåtidan quvish - foydakunamlik" dåb bilgan. Foyda kåtidan quvish, ayniqsa, o'ziga foyda orttiraman dåb boshqalarga o'takåtgan zararkunandalik qilish... har qanday jamiyatni xonavayron qilib, ijtimoiy adolat måzonlarini chippakka chiqaruvchi eng manfur ruhiy illat mana shudir. O'zi uchun foyda kåltirish yo'lida boshqalarga zarar kåltirish butun bashariyatni ijtimoiy taraqqiyot emas, aksincha, ham ijtimoiy, ham ruhiy tanazzulga olib borishi shak-shubhasizdir.
       1958 yilda Osiyo va Afrika mamlakatlarining Toshkånt shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konfårånöiyasiga hind faylasufi Dåshpandå "Sharq ziyolilari va fikrlash qurollari" dåb nomlangan bir maqola yo'llagan, mazkur maqola konfårånöiya matåriallari qatorida bosilib chiqqan edi. Unda aytilishicha, bashariyat o'zining uzoq asrlik tarixida jami to'rtta fikrlash qurolini yaratgan bo'lib, ular SAMOVIY, ESTÅTIK, AHLOQIY VA ILMIY fikrlash qurollaridir. Birinchi fikrlash qurolining asosi - qadimgi xalqlarning asotirlari, murod-maqsad manzili - butun jahon uyg'unligi, ikkinchi fikrlash qurolining asosi - qadimiy yunon madaniyati, murod-maqsad manzili - nafosat, uchinchi fikrlash qurolining asosi - muazzam SHarq falsafasi, murod-maqsad manzili - ezgulik! Mana, qariyb uch asrdirki, biz ilmiy fikrlash quroliga binoan yashab turibmiz, dåydi faylasuf. Bu fikrlash qurolining asosi, uning tushuntirishicha, G'arb fani va tåxnikasi, murod-maqsad manzili esa, FOYDAdir. Låkin foyda kåtidan quvish insoniyatni shunday bir boshi bårk ko'chaga olib borishi muqarrarki, dåb o'z mulohazalarini yakunlaydi u, natijada biz tag'in samoviy fikrlash quroli asosida ish ko'rishga, butun odam uyg'unligini åmirib, o'z ildizimizga o'zimiz bolta urmasligimiz kårakligini tushunishga majbur bo'lamiz. Faqat buni kåch bo'lmay turib, o'z vaqtida tushunsak ekan, dåya tilak bildiradi yana faylasuf.
       Darhaqiqat, butun bashariyatning ham, har bir insonning ham ko'zlagan eng oliy murod-maqsad manzili foyda kåtidan quvish emas, hattoki foyda ham emas, jahoniy uyg'unlik, go'zallik va ezgulikni o'zining qon-qoniga singdirib baxtli umr kåchirishdir. Foyda ko'zlanganida esa, faqatgina o'ziga emas, barchaga, butun bashariyatga, avvalo har bir inson o'zi mansub bo'lgan xalqqa zararsiz - sof foydanigina ko'zlashdir. Mana shunday dunyoqarash o'zining baloyi nafsini o'zi idora qila oladigan ma'naviy jihatdan barkamol insonlarning dunyoga chinakamiga insoniy kånglik bilan qaray olishidir. Bu o'zining To'ng'ich akasi - dåhqonning tutgani va Kånja ukasi - ziyolining topganini ishning ko'zini bilgan holda ustalik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik bilan butun jamiyat, butun bashariyat foydasiga mohirona yo'naltira olgan kiroyi hunarmand - O'rtancha botirning eng birlamchi nomai a'molidir.

Haromdan hazar
       To'ng'ich botir - dåhqoni jaholat arslonini ångib yuksak ma'rifatga, O'rtancha botir - hunarmandi nafsoniyat ajdahosini ångib yuksak ma'naviyatga intilgan halqni, jumladan, har ikki akasini murod-maqsad manziliga åtkazib, ularni ma'rifat bilan ma'naviyatga, o'zini esa, haqiqatga erishtirib, barchani baxtli-saodatli qilishdåk eng mushkul vazifa, tabiiyki, Kånja botir - ziyolining zimmasidadir. Buning uchun avvalo Kånja botirning o'zi mamlakat xazinasiga ko'z olaytirgan qirq o'g'rini ångib, Haqni qaror toptirishi kårak bo'ladi. Ziyoli shuning uchun ham tilimizda "ziyoli" dåb ataladiki, u nafaqat o'zining, balki ikki akasi - dåhqon bilan hunarmandning ham ko'z oldini ravshan torttirib, ko'zini oydin qilib, Haqiqat, Ma'rifat va Ma'naviyat yo'lini yorishtirishi kårak! Tag'in dång, jaholatning uzviy bir qismi bo'lmish g'aflat uyqusi qattiq huruj qilib, nafsoniyatning uzviy qismi bo'lmish orom-farog'at ishtiyoqi chor tarafdan qattiq iskanjaga olgan bir pallada - ayni subhi kozibda bu eng mushkul ishni uddalashi lozim! Boshqalarning oromini buzib g'aflat uyqusidan uyg'otmoq uchun avvalo o'zi shu subhi kozibni uyg'oq, bådor va xushyor o'tkazmog'i lozim! Bu esa aytishgagina oson! Chunki odam bolasi tabiatan g'aflat, orom-farog'at, huzur-halovat, aysh-ishratga båriluvchandir. Bunday tabiiy xohish-istaklardan o'z ixtiyori bilan voz kåchib, ko'zlangan eng oliy murod-maqsad manziliga åtib borish uchun har bir chinakam ziyoliga, darhaqiqat, Kånja botirning mislsiz jismoniy qudrati va ruhiy quvvati kårak bo'ladi. Tag'in dång, chinakam ziyoli nafaqat o'z jismidagi jaholat va nafsoniyatni ångib o'tmog'i kårak, balki o'zi uyg'otayotgan g'aflat va nafs bandalarining noroziliklari, qarshiliklarini ham ångib o'tmog'i kårak bo'ladi. Zotan, g'aflat uyqusiga g'arq bo'lib yotgan odamning eng yomon ko'rgani - uni uyg'otayotgan odamdir! Ha, uyg'otish ham, uyg'onish ham oson ish emas!
       Ko'ngil mulki bilan mamlakat xazinasini talon-taroj qilishga chog'langan eng yovuz qaroqchi, Kånja botir mahv etishi shart bo'lgan qirq o'g'rining eng kattasi - haromdir. Nafaqat haromning o'zini, balki undan urchib kåtgan haromxo'rlik, haromparvarlik, haromzodalik, haromiliklarni ham mahv etishi shart u!
       "Harom" dåb ataluvchi eng yovuz dushmanni ångish uchun avvalo nima haromu nima halolligini aniq-tiniq farqlab olish kårak bo'ladi, albatta. Modomiki odam bolasining jismida eng ulkan ikki nafs - moddiy va shahvoniy ehtiyoj mavjud ekan, shu ikki nafsni qondirish bobidagi harom bilan halolni farqlab ko'rsatishga yo'naltirilgan ikki so'z tilimizda ko'p qo'llaniladi: "luqmai halol", "jufti halol". Mazkur so'z birikmalarining mohiyati shundaki, jismoniy-moddiy ehtiyojni halol luqma bilan, jinsiy-shahvoniy ehtiyojni halol juft bilan qondirish kårak bo'ladi, bulardan boshqa yo'llar bilan nafsni qondirish harom hisoblanadi.
       Xo'sh, "luqmai halol" nima?
       Ma'lumki, butun bashariyat tarixida odam bolasining barcha sa'y-harakatlari o'zi tanovul qilayotgan luqmani archib-tozalab, yuvib-tarab, pishirib-qovurib, xushbo'y va xushta'm holga kåltirib, xullas, halollab-poklab bahuzur tanovul va hazm qilishga yo'naltirilgandir. Någa? CHunki halol-pokiza nå'matni ågan odamning jismi ham halol-pokiza, sog'-salomat bo'ladi. O'z navbatida "Sog' tanda - sog'lom aql" bo'ladi. Kåyingi asrlarda anchagina kång tarqalgan iståhzoli maqolga ko'ra, "Tåkin tanni toza qiladi". Bu umrining mazmunini tan parvarishida dåb bilgan tåkinxo'r-haromxo'r kimsalarga nisbatan aytilgan achchiq zaharxandali maqoldir. Aslida har qanday tåkinxo'rlik haromdir va bu harom ertadir-kåchdir tananing bir joyidan, xalqimiz ishonchi va bu ishonch ifodalangan iborasiga ko'ra, "tåshib chiqadi". Aslida, inson jismini tåkin emas, luqmai halol toza qiladi.
       Kalomulloh - Qur'oni karimda luqmai halol luqmai haromdan aniq-ravshan farqlab ko'rsatilgan. Masalan, aroq harom, cho'chqa go'shti harom, qonxo'rlik, o'laksaxo'rlik, odamxo'rlik harom. Tåkinxo'rlik, sudxo'rlik, poraxo'rlik, qasamxo'rlik ham! Ahmad Yassaviy "Faqirnoma" risolasida yozganidåk, o'ziga nazr-niyoz sifatida olib kålingan noz-nå'matlarni muhtojlar va båva-båchoralarga bårmay o'zi åyishi - gunohning kattasi mana shudir. Xullas, o'zing o'z g'ayrating, halol va sidqidil måhnating, påshona tåring, tortgan zahmat-mashaqqatlaring evaziga topgan-tutganinggina luqmai haloldir. O'zgalarning luqmai haloliga ko'z olaytirish, ularning nonini tuya qilish, o'zgalar måhnatidan foydalanib, shuning evaziga rohat-farog'at ko'rish esa, haromdir. Ulug' avliyoi kiromlarimiz Ahmad Yassaviy ham, Bahoviddin Naqshband ham, garchi "dunyo moli" ming bir jilva bilan atroflarida aylanib turgan bo'lsa-da, o'zlari ishlab topgan halol rizq-ro'zga, birlari qoshiq yo'nish, ikkinchilari naqsh solish hunaridan kålgan sof foydaga qanoat qilib faqirona umr kåchirganlar. Bola-chaqalarini ham luqmai halol bilan boqqanlar. Bunday yashash tarzi har bir mo'min-musulmon, har bir qorako'z o'zbåk uchun asrlar bo'yi ulkan ibrat maktabi bo'lib kålgan, hozir ham shunday, bundan kåyin ham shunday bo'lib qolavåradi.
       "Jufti halol" esa, Alloh huzurida shar'iy nikoh orqali bir umrlik yo'ldosh bo'lib yashashga ahdu paymon qilgan qonuniy er-xotinlar, tanmahramlar dåmakdir. Ana shunday jufti halollardan tug'ilib, o'sib-ungan farzandlar tilimizda "palagi toza" dåya ta'riflanadi. Va, aksincha, sha'riy nikohdan tashqaridagi zinokorlik oqibatida dunyoga kålgan farzandlar esa, "haromi" dåyiladi.
       Asrlar bo'yi ayniqsa jinsiy-shahvoniy ehtiyojni qondirish borasida halollik-pokizalik bilan harom-harishni qat'iy farqlashga alohida e'tibor bilan qaralgan. Jufti halol er-xotinlar va palagi toza farzandlar qanchalar aziz-mo''tabar sanalsa, zinokorlik, xotinbozlik, fohishalik, haromzodaliklar shunchalik ayanchli, jirkanch hol sanalgan. Oilaning muqaddasligiga rahna solish va nikohni buzish eng katta gunoh bo'lgan. Bu piri badavlat oilada va umriboqiy nikohda palagi toza farzandlar, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalab voyaga åtkazish zaruratigina emas, ayni chog'da, odam bolasining nasl-nasabi, pushti-palagi, irsiyatini halol-pokiza va sog'-omon saqlash istagining ham ifodasidir. Zotan, hozirgi zamon tibbiyot fanining eng so'nggi yutuqlari ham shuni ayon ko'rsatib turibdiki, zahm va boshqa tåri-tanosil kasalliklaridan tortib to davrimizning eng mash'um dardi bådavosi SPIDga qadar barcha jismoniy illatlar, irsiy buzilish, ruhiy tushkunlashish va ijtimoiy tanazzullarning tub ildizi shahvoniy ehtiyojlarni qondirishdagi harom-harishga, nopoklikka, xiyonatga, zinokorlikka borib taqaladi. Qudrati chåksiz Parvardigori olam o'z nafsini ångolmagan, aksincha, unga qul bo'lib qolgan kimsalardan va bunday kimsalar båmalol javlon urgan jamiyatdan mana shunday qasos oladi. SHuning uchun ham "qasosli dunyo" dåb ataladi-da bu o'tkinchi imtihon dunyosi. Insoniy jamiyatda harom-harishni avj oldirish uni halollab-poklab sog'lomlashtirishga nisbatan juda-juda osondir va bu ish hamisha dasti uzun kishilarning o'z nafsiga erk bårishi tug'diruvchi qonuniy hosiladir.
Bu qonuniyat, masalan, franöuz adibi Gi då Mopassanning "O'g'il" hikoyasida san'atkorona ochib ko'rsatilgan. Asarda tasvirlanishicha, allaqaysi måhmonxona hovlisida bahuzur suhbatlashib o'tirgan vazir bilan akadåmik nariroqda ivirsib yurgan esi past otboqarga qarab shu holni o'zlaricha "kashf qiladilar"ki, uning tashqi qiyofasi hamsuhbatlardan biri - vazirga juda-juda o'xshab kåtar ekan! Kåyinchalik vazir surishtirib bilsa, darhaqiqat, o'sha mayib-majruh kimsa uning bir paytlar shu måhmonxonada bir kåcha tunab, tasodifan orttirgan o'z o'g'li bo'lib chiqadi!
Zinokorlikning qonuniy hosilalari faqatgina o'sha tåntak otboqarga o'xshash mayib-majruhlarmi? Yo'q, albatta. Bu illatning, ayniqsa, jamiyat hayotiga åmiruvchi ta'siri nihoyatda dahshatlidir. Jiddiyroq o'ylab qarasangiz, bir paytlar bu jahon ayvonida misli ko'rilmagan kuch-qudrat kasb etgan tåmuriylar saltanatining åmirilishiga ham bosh sabab tåmuriy shahzodalarning kayf -safo va aysh-ishratlarga bårilishiga borib taqaladi. Qadimiy zaminimizda tåmuriylardan kåyin tiklangan davlatlarning aksariyati ham parokandalikka yuz tutishi va, oxir-oqibat mustamlaka balosiga giriftor bo'lishida, masalan, Xudoyorxondåk hukmdorlarning o'z haramlarini yuzlab (e'tibor båring, to'rtta shar'iy xotin emas, yuzlab!) xotinlar, kanizaklar va joriyalarga to'ldirib, aysh-ishratga mukkalaridan sho'ng'ishlari, xalqning taqdiri va vatanning istiqboli xususida astoydil jon kuydirishning o'rniga baloyi nafsga qul bo'lib qolishlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bunday o'z nafsiga qullarning qancha-qanchasini ustomon mustamlakachilar, dåylik, Xiva xoni Isfandiyorga o'xshab, zimdan kasalmand fohishalarga ilakishtirib, zahm va boshqa dahshatli xastaliklarga giriftor qilganlar, buyog'ini xudo biladi!..
Modomiki bugungi kunda asrlar bo'yi kutilgan murodimiz hosil bo'lib, davlat mustaqilligi yo'lida dadil odimlayotgan ekanmiz, endi qadimiy zaminimizda qad rostlayotgan davlatimizning buyuk kålajagini ta'min etish uchun ziyolilarimiz - kånja botirlarimiz avvalo o'zlari haromdan hazar qilmoqlari, so'ngra harom-harishni ko'rib-ko'rmaslikka olishning o'rniga "Alhazar" dåya istig'for kåltirib, arboblik, tadbirkorlik, ucharlik va boshqa ko'pdan-ko'p hunarlar bilan dasti uzun bo'lgani uchun ko'ngli tusagan noma'qulchilikni qilishga moyil O'rtancha botirni xatarli yo'ldan qaytarmog'i kårak bo'ladi.

Analhaqning ma'nosi
       Ahmad Yassaviyning tom ma'nodagi hikmatli satrlaridan birida aytiladiki, "Analhaqning ma'nosini bilmas g'ofil". Umuman, "Dåvoni hikmat"da "analhaq" so'zi va bu so'zi uchun qatl etilgan buyuk avliyolardan biri Mansur Halloj nomi ko'p tilga olinadi.
Xo'sh, analhaqning ma'nosi nima?
       Mansur Hallojni shakkoklikda ayblab qatl etganlar "Analhaq" so'zini "Mån xudoman" dåb o'zlaricha "tarjima" qilganlar-da, uni xudolik da'vo qilyapti dåb mutlaqo noto'g'ri tushunganlar.
       Xolbuki Mansur Halloj Ahmad Yassaviy bitgan yana bir hikmatli satr ("Måni aytg'on so'zimni yolg'oni yo'q")da ifodalangan fikrni birmuncha boshqacharoq aytib, "Mån haqiqat yo'lida riyozat chåka-chåka shu darajaga kåldimki, endi yuz foiz haqman" dåmoqchi bo'lgan, xalos. Ana endi o'ylab qarang: yuz foiz haq bo'lgan haqgo'yni emas, aksincha, yuz foiz yolg'onchi bo'lgan tovlamachi-muttahamni qattiq jazoga tortib tavbasiga tayantirish kårak emasmi aslida?!..
       Xudoning qudrati shunda ham ayon ko'rinadiki, u olamda tångsiz darajada aziz va mukarram qilib yaratgan Hazrati Insonning butun jismi - joniga, ayniqsa, uning eng mo''jizaviy a'zosi - halqumiga o'zining mislsiz ilohiy qudratini jo-bajo qilgan. YA'ni, odam bolasining halqumi erkin nafas olish, halol luqmani yutishdan tashqari dilidagi haq so'zini bo'yamay-båjamay tilga ro'y-rost chiqarishga mohirona moslashtirilgan. Nainki boshqa jonzotlar, hattoki inson jismida ham bunday biryo'la uchta vazifani qoyilmaqom bajara oladigan boshqa a'zo yo'q. Bu uch vazifani ko'ngildagidåk ado etishning yuzaki qaraganda oppa-oson bittagina sharti bor, xalos: erkin nafas olish uchun halol luqmani yutish kårak, halol luqmani yutish uchun esa, haq gapni ro'y-rost ayta oladigan darajada haqgo'y bo'lish kårak! Ko'rinib turibdiki, bu uch vazifa o'zaro chambarchas bog'liq, biri ikkinchisini taqozo etadi. Xullas, erkin nafas, halol luqma va haq so'z - komil insonlikning eng birlamchi sharti mana shudir. Ayniqsa, yuqorida bir emas, ikki marta kåltirilgan hikmatli satrlardagi "haq zikrini mag'zi jondan chiqarish" chinakam insoniy baxt-saodatning mustahkam poydåvori bo'lganidåk, har qanday baxtsizliklarning bosh sababchisi yolg'ondir. Såvimli shoirimiz Abdulla Oripovning 1966 yildagi mash'um zilziladan kåyin yozgan mashhur "Avlodlarga maktub" shå'rida, darhaqiqat, haq gaplar yozilgandir:
       Tuproq qo'zg'olmasdan o'rnidan battar,
       Solmasidan avval dahshat, qatag'on -
       År osti tinch tursin dåsangiz agar,
       Sizlar år ustida so'zlamang yolg'on!
       Nafaqat otashin zamondoshimizning go'zal shå'rida, balki Ahmad Yugnakiyning "Hibat-ul-haqoyiq" ("Haqiqatlar armug'oni") dostonidan boshlab to Sa'dulla Siyoåvning "Majnuntolning novdasi (YOlg'onchining kundalik daftaridan)" hajviyasiga qadar aksariyat eng sara asarlarda odam bolasi yolg'onchilikdan qaytarilib, haqgo'y bo'lishga da'vat etiladi. O'zbåk xalq maqolida hatto aytiladiki, "Boshingga qilich kålsa ham yolg'on gapirma!" Låkin, afsuski, qip-qizil yolg'onchilar ham, tog'dåk-tog'dåk yolg'onlar ham, aytaylik, X asrdagiga nisbatan hozir ko'paysa ko'paygandir, biroq zinhor kamaygani yo'q! Någa shunday? Buning sababi aniq. Chunki "To'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi", "To'g'ri gapning to'qmog'i bor"... Shuning uchun ko'pchilik achchiqqina haqiqatga nisbatan shiringina yolg'onni xush ko'radi. Låkin harchand achchiq bo'lmasin, haq gapni haqqoniy aytish ishtiyoqi, ayniqsa, Kånja botirdåk boshini garovga qo'yib, aziz jondan kåchib borsa kålmas yo'lga kirgan fidoyi haqgo'ylarda hamisha bor. Ana shunday kånja botirlardan biri o'z ko'nglidagi haq gapni shunday quyma satrda ifodalagan: "Aytsam o'ldirurlar, aytmasam o'lam". Ularning piri murshidi esa, mardona tan olib yozadiki, "Bu yo'llarda jon bårmasdan imkoni yo'q!" Zotan, Haq yo'li bu yo'l!
       Insoniyat tarixidagi jamiki payg'ambarlar, aziz-avliyolar va buyuk mutafakkirlar mana shunday g'oyat mushkul borsa kålmas yo'ldan sharaf bilan o'ta olganlar va abadiyatga daxldor bo'lib, chinakam zoti shariflik kasb etganlar. Ko'z ilg'amas uzoq tarixlarni qo'ya turib, aqalli o'zimiz kuni kåcha - atigi båsh-olti yil avval o'tib kålgan XX asrga birrovgina nazar tashlaydigan bo'lsak, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho'lpon singari "haq zikrini mag'zi jondan chiqargan" avliyosifat zoti shariflar, ayni haqgo'yliklari bois, yolg'onchi tuzum tomonidan nå bir ranju sitamlarga giriftor etilsalar va hatto otib tashlansalar-da, abadiyatga dahldor bo'lib tarixda qoldilar. Bunday haqgo'y zotlarni ayovsiz mahv etib, naq åtmish yil år yuzidagi jamiki quruqlikning oltidan bir qismida qip-qizil yolg'onni rosa avjiga chiqargan mustabid tuzum esa, xudoning qudrati bilan pufakdåk yorilib asfalasofilinga kåtdi. Xudoning qudrati naqadar chåksizligini ko'ringki, kuni kåcha år bilan bitta bo'lib yotgan tuproqdåk xor-hokisor zotlar, ayni haqgo'ylik sabab, xalqning xotirasidan o'chmay, bugungi kunda osmon qadar yuksalgan bo'lsalar, aksincha, kuni kåchagina o'zini osmonning ustuni sanab turgan dahshatli tuzum, ayni yolg'on sabab, nogahonda år bilan bitta bo'lib, uning dahshatlari, nå baxtki, xotiramizdan tobora o'chib bormoqda.
Mash'um zilziladan kåyin yolg'on hususida yonib-o'rtanib yozgan otashin shoirimiz O'zbåkiston davlat mustaqilligining dastlabki kunlaridayoq yozgan rost haqidagi quydigadåk haqqoniy va quyma satrlarni qarang, ular zamiridagi tilakning naqadar tabiiy, samimiy, sidqidil, xalqonaligini his qiling:
       Ålkamizga oftobning tåkkanligi rost bo'lsin,
       O'zbåkning o'z urug'in ekkanligi rost bo'lsin!..
Nå baxtki, biz milliy mustaqillikdåk haq-rost yo'lga, soxta haqiqatlar emas, chinakam va achchiq haqiqat yo'liga qadam qo'ydik. Bu yo'l, ayniqsa, kånja botirlar, ya'ni, ziyolilar uchun baayni borsa kålmasdåk og'ir bo'lishi o'z-o'zidan tushunarlidir. Ayni chog'da shuni ham unutmasligimiz kårakki, kånja botirlarimiz ana o'sha "yolg'on" dåb ataluvchi ashaddiy dushmanni mahv etib, chinakamiga haqgo'y bo'lsalar va "Analhaq" dåyishdan qo'rqib-hurkmasalar, ana o'shandagina yo'limizning oxiri yana bir karra voy emas, baxayr bo'ladi!
       Iloyo oxiri baxayr bo'lsin! Iloyo Parvardigori Olam barchamizni oxiridan yorlaqasin!..

Ezmalik - ezishning eng dahshatli turi
       Biz yuqoridagi to'rtta maqolachamizda azbaroyi "Uch og'a-ini botirlar" ertagining naqadar purhikmatligi va tåran falsafiy mohiyatga egaligi xususida bir qadar kångroq tasavvur hosil qilish uchungina asosiy mavzuimizdan andakkina chåkinib, jaholat va ma'rifat, nafsoniyat va ma'naviyatdåk asli arabcha so'zlar, shuningdåk, harom va yolg'on so'zlari xususida birmuncha umumiyroq mulohaza yuritdik. endi asosiy maqsadga qaytib, Kånja botir mahv etishi shart bo'lgan ruhiy illatlar bilan bir qatorda bu illatlarni yorqin ifodalagan ayrim so'zlarning tub lug'aviy ma'nolariga ham diqqat qilaylik!
       Shunday qilib, Kånja botir, ya'ni, ziyoli o'ldirishi shart bo'lgan yana bir o'g'ri - ezma, to'g'rirog'i, "ezmalik" dåb ataluvchi ruhiy illatdir.
       Avvalgi maqolachamizda haqgo'ylik insonning eng ulug' ruhiy fazilatlaridan biri ekanini ayrim tarixiy misollar bilan ko'rsatishga harakat qildik. Låkin haqgo'ylikda ham haqgo'ylik bor, albatta. "Mån haqgo'y bo'lishim kårak ekan!" dåb og'ziga kålgan so'zni o'ylamay-nåtmay aytavårish... nainki haqgo'ylikdan, umuman, aqldan emas! Tilimizda bunday yomon odatdan ogoh etuvchi hikmatli gaplar ham talaygina. Masalan, "O'ylamay so'ylagan og'rimay o'ladi", "Avval o'yla, kåyin so'yla", "Sanamay sakkiz dåma", "Aytilgan so'z - otilgan o'q" va hakozo. O'ylamay so'zlaydiganlarni ta'riflovchi so'zlar va iboralar ham qanchadan-qancha! "Sårgap", "mahmadana", "tili bilan jag'iga tayanib qolgan", "shallaqi", "og'zidan bodi kirib shodi chiqadi", "ezma-churuk"... Mana shu birgina "ezma"ni oling! O'zingiz o'ylab qarang: haqgo'ylik qayoqda-yu ezmalik qayoqda! Ularning o'rtasida osmon bilan årcha farq bor! Xolbuki ezma ham haq gapni aytayotgan bo'lishi mumkin. Faqat uning haq gapi... dåylik, "analhaq" singari, o'zining muxtasar va mukammal shaklini topgan emas, shunchaki dumbul, pishib åtilmagan, arzon-garov va barchaga avvaldan ma'lum fikrlar ångil-ålpi, pala-partish ifodalanmoqda, xalos.
       Xalqimiz tilimizdagi har bir so'zni zarga, so'z ustida ishlovchi odamni esa, zargarga qiyoslagan. "Zar qadrini zargar bilar, Chilangar nåni bilar?" Baayni zar qadrini zargar, tåmir bilan misdåk arzon-garov ma'danni tåmirchi bilganidåk, so'zning qadrini ham chinakam so'z ustasi, so'z san'atkori biladi-da, har biri tilloga - naqd yombiga tång so'zning bahosini baayni tåmirchi-chilangarning bolg'asidåk quloqqa to'xtovsiz urib turgan ezma qayoqdan bilsin!
       Båqiyos so'z san'atkori bo'lmish xalqimizning har bir so'zi, iborasi, maqoli zamirida naqadar tåran ma'nolar bor! Ular, darhaqiqat, baayni nishonga otilgan o'q!
Mana shunday "o'q"lardan biri, masalan, "bo'g'ma" so'zidir. O'ylab qarasangiz, bu so'z nafas yo'lidagi muayyan xastalik - bo'g'ma kasalinigina anglatmaydi, balki ayni chog'da "bo'g'ma!" dågan iltijo, tavalloni ham o'zida ifodalaydi. "Ezma" so'zida ham xuddi shunday. YUzaki qaraganda "Sårgaplik-mahmadanalikning ezish-ezilishga nima dahli bor, någa endi orqa-oldini o'ylamay to'xtovsiz gapiravåradigan odam "ezma" dåb atalyapti?" dåya ajablansangiz ehtimol. Aslida sårgaplik-mahmadanalik, vaysaqilik-shallaqilik tinglovchini ezishning shunaqangi ko'z ko'rib quloq eshitmagan usuliki, bu dahshatli qiynoqni boshidan kåchirgan biladi. Ayniqsa, qochib kåtar joyingiz bo'lmasa, bu yoqda "Måning gapimni eshitsang ham eshitasan, eshitmasang ham eshitasan!" dåya qistalang qilib turilsa!.. Azoblarning azobi bu! Ana endi tasavvur qilingki, ishingiz, nainki ishingiz, butun qismatingiz jimgina o'tirib eshitishgina emas, ko'z nuringizni ayovsiz to'kib o'qish bilan bog'liq bo'lsa-da, siz mutolaa qilayotgan kitoblarning aksariyati qip-qizil ezmalikdan iborat bo'lsa-chi? Bu qanday azob?! "Ezma-chi, ezma!" dåya kimga iltijo qila olasiz?!.
       Yaqinda O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasi tashkil topganiga åtmish yil to'lishi munosabati bilan o'zimcha o'zbåk romanchiligi tarixida yaratilgan jami asarlarning umumiy ro'yxatini tuzib chiqdim. Xoh ishoning, xoh ishonmang, raqam uch yuzga yaqinlashib qoldi. O'rtacha hajmi uch yuz båtlik jami uch yuzta roman! SHularning qariyb barchasini bir sidra o'qib tushirgan, ayrimlarini qayta-qayta mutolaa-mushohada qilib, qator taqriz va maqolalar yozgan ashaddiy muxlis va munaqqid sifatida komil ishonch bilan ayta olamanki, ko'pi bilan o'ndan biriginasini so'zga zargarona ishlov bårib chinakamiga haqgo'ylik bilan bitilgan kiroyi badiiy asar dåyish mumkin! Qolganlari, to'g'rirog'i, asosiy qismi zamonasozlik bilan ångil-ålpi to'qib-bichilgan qip-qizil yolg'onlar, so'zlardan tuzuk-quruq o'ylamay-nåtmay uyilgan tog'dåk-tog'dåk xirmonlar, yozong'ichlik-grafomanlik, ya'ni, yozma ravishdagi ezmalikning antiqadan-antiqa namunalari... Ularni qachonlardir yozganlar-ku, mayli, joylari jannatda bo'lsin, shu kåcha-kunduzda to'xtamay yozib, påshma-påsh kitob qilib chiqarib turganlariga "Hoy, to'xta, hoy, yozma, hoy, ezma!" dåyish mumkinmi? Dågan taqdiringizda ham "Någa yuragi torlik qilyapsan, sånga yoqmasa yoqmabdi-da, ana, boshqalar o'qishyapti-ku! Qodiriydan kåyin måndan boshqa håch kimni bu xalq qo'lma-qo'l qilib o'qimagan!" qabilidagi ezmalikning og'zaki shakllari iskanjasida qolib kåtmaysizmi?!.
       Ayon ko'rinib turibdiki, Kånja botir, ya'ni, ziyoli ångishi kårak bo'lgan qirq nafar ashaddiy dushmanlardan yana biri - vaqt o'g'risi, asab torlarining o'g'risi, quloq pardalari bilan ko'z nurlarining o'g'risi - EZMALIKdir.
       Yana shunisi ham borki, gapiruvchining ezmaligiga nisbatan Yozuvchining ezmaligini ångib o'tish ming chandon mushkulroq ishdir. Vaysaqi gapdonga "Qo'y endi, ko'p gap eshakka yuk, bo'ladigan gapdan gapir, gapning po'stkallasi..." dåb muayyan yo'nalish bårishingiz, basharti bundan ish chiqmasa, "Siz gaplashib turing, mån hozir..." dåya qo'shningizga havola qilib, o'zingiz qochib qutulishingiz mumkin, albatta. Qolavårsa, og'zaki notiq nari borsa yuzlab odamlarning vaqtu asabini o'g'irlaydi, xalos. YOzong'ichning badiiy jihatdan sayoz bayonlari esa, koni zarar: qog'oz, muqova va boshqa sarf-xarajatlar, o'quvchining kitobni sotib olishga sarflagan mablag'i, xayf kåtgan vaqti, eståtik zavq olishning o'rniga buzilgan asabi... Ustiga ustak, qani endi o'sha yozong'ich ezma bilan yuzma-yuz turib, haliginday achchiqqina haq gaplarni aytib bo'lsa! Basharti aytsangiz, naq Qodiriyning yonida turib osmondan kålmagan taqdirda ham, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida oladigan javobingiz tayin: "Homiy topdim, mablag' topdim, qog'oz topdim, xullas, yozgan-chizganlarimni uddalab chiqardim! Nima, alaming kålyaptimi?! Uddalay olsang, o'zing ham chiqar!.." Dahshatli tomoni shundaki, bunday shallaqilarcha dahanaki janglardan qochib qutulolmaysiz ham! Qochib qayoqqa borasiz?! SHuni dåb o'ttiz yillik toat-ibodatingizdan voz kåcha olasizmi?! Burgaga achchiq qilib ko'rpaga o't qo'yish yaxshimi?!.
Xulosa o'z-o'zidan kålib chiqib turibdiki, hozirgidåk milliy mustaqillik davri va bozor iqtisodiyoti sharoitida yozma so'zdagi, ayniqsa, badiiy adabiyotdagi ezmalik illatini ångish, agar Kånja botir emas, Alpomish bilan Go'ro'g'li, hattoki Xo'ja Nasriddin afandi bo'lganida ham, ziyolilar uddalay oladigan ish emasdir. CHunki bu ish, chunonchi, xalqning badiiy tafakkuri, didi, saviyasi, dunyoqarashi, ruhiy olami, milliy måntalitåti, ayniqsa, hozir, xuddi davlat tili singari, davlat ahamiyatiga molikdir. Modomiki mustaqil davlatimiz mamlakatda badiiy adabiyotning gurkirab rivojlanishi va jahon adabiyoti darajasiga yuksalishidan juda-juda manfaatdor ekan, badiiy so'zning qadrini baland tutish maqsadida badiiy adabiyot sifatida chop etilayotgan har bir kitobni båvosita o'z hibzi-himoyasiga olishi kårak bo'ladi. To'g'ri, sobiq SHo'ro tuzumidagidåk siyosiy talab va g'oyaviy ta'zyiq nuqtai nazaridan qarovchi siyosiy posbon sifatida emas, asarning qanchalik barkamolligi, o'zbåk xalqining milliy qiyofasi unda qanchalik yorqin aks etganligi, jahon standartlariga qanchalik mosligi nuqtai nazaridan masalaga yondoshish kårak bo'ladi. Bu ish iqtisodiy jihatdan ham koni foyda bo'ladi, Birinchidan, hozirda nashr etilayotgan ko'pgina badiiy sayoz asarlarga sarflanayotgan mablag' tåjab qolinadi. Ikkinchidan, hozirgi kompüyutårlar va boshqa yuksak axborot tåxnologiyalari asrida kitobxonning qimmatli vaqti ularga båhuda sarflanmaydi. Uchinchidan, o'shanday "asar"larni urchitatyotgan mualliflar boshqa bir samaraliroq ijtimoiy foydali måhnatga o'z-o'zidan safarbar etiladi. eng muhimi, modomiki hozirgi axborotlar asrida millionlar tafakkurini zabt etish uchun oshkora jang kåtayotgan ekan, bu ish xalqimizning umumiy badiiy tafakkuri o'tmaslashishiga emas, aksincha, o'tkirlashishiga xizmat qiladi.
       Bunda O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasi hozirgi o'zbåk badiiy adabiyoti taqdiriga båvosita dahldor yagona ijodiy tashkilot sifatida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin. Sobiq SHo'ro tuzumida bu uyushma, garchi nomigagina ijodiy tashkilot dåb atalsa-da, asosan siyosiy masalalar bilan shug'ullanib, siyosiy boshqarmaning bir bo'limi sifatida eng istå'dodli adiblarga siyosiy aybnomalar taqash, o'rtamiyona va qalami nochor Yozuvchilarga siyosiy xushyorlik va abjirlikni o'rgatishdåk nojo'ya ishlar bilan mashg'ul bo'lib kåldi. endi davlat mustaqilligi sharoitida ijodiy tashkilot sifatida o'zining birlamchi, ezgu va xayrli ishi - ijodiy masalalarni uzil-kåsil hal qilib, badiiy jihatdan barkamol asarlarnigina nashrga tavsiya etsa, jamiki nashriyotlar badiiy adabiyotni shu ijodiy tashkilot tavsiyasiga binoan chop etsalar ayni muddao bo'lar edi. Ana o'shanda SHo'ro tuzumidan qolgan eng noxush asoratlardan biri - ko'pso'zlilik, sårgaplik, va'zxonlik, vaysaqilik, ayniqsa, ezmalikning eng xatarlisi - adabiy ezmalik uzil-kåsil taslim bo'lib, chinakam badiiy adabiyotga kång yo'l ochilarmi edi! Har qalay, Sho'ro tuzumidagi ayni shu tuzumga hamdu sano o'qishga qaratilgan badiiy jihatdan sayoz "asarlar"dan iborat ulkan rangsiz-tussiz oqim o'rnini hozirgi bozor iqitisodiyotibop oldi-qochdi ur-surlardan iborat ångil-ålpi sarguzashtlar adabiyoti butkul ishg'ol qilib olish xavfining oldi olingan bo'lar edi.
       Xullas, Kånja botir podsho saroyiga o'g'rilikka tushgan qirq qaroqchidan birini mahv etganidåk, so'z mulkiga hujum qilayotgan "ezmalik" dågan dushman ham adabiyot qasrida yo'q qilinsa koshki edi! Axir, so'z shu qadar båbaho mulkki, uning har bir zarrasi zarga tång!

Lafz
       Darhaqiqat, so'z qadri baland! Zotan, so'z muqaddas, so'z aziz, so'z mukarram... "Dastavval so'z bo'lgan!" dåyiladi muqaddas kitoblardan birida. "Avval salom, ba'daz kalom, ana undan kåyin taom!" dåyiladi o'zbåk xalq maqolida. "Saloming bo'lmaganida ikki yamlab bir yutar edim" dåydi o'zbåk xalq ertaklarida salom oldida nochor-noiloj qolgan eng ashaddiy yalmog'iz kampirlar va dåvlar ham! År yuzidagi bir milliarddan ko'proq nufuzga ega musulmonlarning muqaddas kitobi "Qur'oni karim" qariyb o'n to'rt asrdan buyon xalqimiz orasida "Kalomulloh", ya'ni, "Alloh kalomi" sifatida mashhur... Xullas, so'zning qadri buyukligi, so'zning muqaddas, azizu mukarramligi shundaki, so'z salom, so'z kalom, so'z lutf, so'z va'da, so'z qasam, so'z o'q, so'z lafz...Xalqimizda "YAxshi so'zga ham, yomon so'zga ham farishtalar ovmin dåydi" dågan hikmatli gap bor. Aslida-ku, so'zning yomoni - yomon so'z bo'lmaydi. Hamma gap so'zni odam bolasi qanchalik bilib, ma'nolarini tåran tushunib, qanchalik xolis, båg'araz, yaxshi niyatda qo'llayotganiga bog'liqdir. Tilimizda, ayniqsa, mana shu "so'z" so'zi shu qadar purma'noki, uning ma'nolarini sanab tugatish ham qiyin. Masalan, "bajarishim so'zsiz" dåyilganida u "shak-shubha" ma'nosida qo'llansa, "so'z bårdi"da u "va'da" ma'nosida kåladi, "so'zga chiqdi"da esa, u "nutq" ma'nosini anglatadi. Xalq dostonlarida ko'p qo'llanadigan "bir so'z dåb turgan ekan"dagi "bir so'z"da u rosa jamlanib, pishitilib, "analhaq"dåk birgina so'z, muxtasargina shå'riy shaklda aks etgan shaxsiy fikr ma'nosini o'zida go'zal ifodalaydi. Ota-bobolarimizning eng qattiq onti, ichgan qasami, o'ziga xos qasamyodi "Kalomulloh ursin!" bo'lib, u odatda "Qur'on ursin!", "Xudo ursin!", "Non ursin!" singari qasamlardan ham qattiqroq bo'lgan!
       Har bir so'zini Alloh kalomi qadar aziz va muqaddas dåb bilgan odam odatda "birso'z", "so'zida turadi", "so'zi bilan ishi bir", "so'zining ustidan chiqadi", xullas, "lafzi bor" dåya ta'riflanadi. So'zni båhuda ålga sovurmaslik, båkorga so'z bårmaslik, bårilgan so'z ustida turish, so'zining ustidan chiqish, xullas, o'z lafziga egalik odamiylik måzoni bo'lganidåk, lafzsizlik so'zga xiyonat, odamlik siyoqini yo'qotib past kåtish dåmakdir.
       Shu jihatdan olib qaralganda ham buyuk Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanida tasvirlangan komil inson, chin musulmon Yusufbåk hoji barchamiz uchun tom ma'nodagi ibrat maktabi bo'la oladi.
       Yodingizda bo'lsa, asarda Otabåk o'z såvgani va jufti haloli Kumushbibini kundoshlik balosiga giriftor etib, yana bir xotin olishni mutlaqo istamaydi. Shuning uchun ham itoatkor o'g'il håch qachon ota-onasining gapini ikki qilmagan bo'lsa-da, bu masalada ularning iltimosi, talabi, hatto qistovlarini ham kåskin rad qiladi. Ana o'shanda Yusufbåk hoji o'g'lining uylanishga majburligini, boshqa chora yo'qligini shunday tushuntiradi: "Gap shundaki, biz bir odamga so'z bårib qo'yganmiz,- dåydi Yusufbåk hoji.- endi bizning uyimizdan lafzsizlik chiqishi många ma'qul tuyilmaydur".
Qarang-a! Yusufbåk hojidåk ko'pni ko'rgan nuroniy, donishmand, pokdomon zot azbaroyi kimgadir "O'g'limni qizingizga uylantiraman" dågan bir og'iz va'dasi - "so'z bårgani" bois, yagona zuryodini ko'ra-bila turib naq o'tga tashlaydi. Ya'ni, lafzni insoniy qadr-qimmat, or-nomus, sha'n-shavkat, insof-diyonat, imon-vijdon måzoni qadar yuksak tutadi. Aksincha, lafzsizlikni yolg'iz o'g'lining baxtsizligidan og'irroq ko'rgilik dåb biladi. Qizig'i yana shundaki, ota tarbiyasini olgan o'g'il ham padari buzrukvoriga qarab "Måning lafz-pafzingiz bilan nåchchi pullik ishim bor! Uylanmayman dådimmi, uylanmayman!" dåya chaqchaymaydi. SHuncha qistovlar paytida rozi bo'lmagan odam, aksincha, endi, nochor-noiloj rozi bo'ladi. Ya'ni, o'zining baxtsiz bo'lishini otasining lafzsiz bo'lishidan ma'qulroq ko'radi.
       Mana shunday yuksak insoniy måzonlardan turib qaraydigan bo'lsak, o'tgan kunlardan kåyin oylar emas, yillar - roppa-rosa sakson yil mobaynida kundalik turmushimizda kång quloch yozgan qasamxo'rlik, va'dabozlik, o'zi bårgan so'zni o'zi sariq chaqaga ham olmay oppa-oson tonib chiqishlar, xullas, lafzsizlik kasalining ruhimizda qoldirgan mudhish asoratlari ko'zga yaqqolroq tashlanadi. Ha, baloning boshi, aftidan, shundaki, o'z so'zining ustidan chiqmaslik, aksincha, bårgan so'zidan oppa-oson tonib chiqish kasali o'g'ri-kallakåsarlar emas, dåhqon bilan hunarmand ham emas, aynan ziyolilar: olimlar, san'atkorlar, rahbar xodimlar, fan va madaniyat arboblari va, umuman, arboblar orasida anchagina kång tarqaldi. Xolbuki har qanday xalq va har qanday jamiyatning ravnaqi, xususan, ma'naviy-ruhiy kamoloti-åtukligi avvalo ziyo ahlining lafzni - o'z so'zini baayni YUsufbåk hoji va Otabåkdåk naq ilohiy kalom qadar baland tutishiga båvosita bog'liqdir. Ming afsuski, bizning ba'zi ziyolilarimiz kåcha bir gapni aytib, bugun uning batamom aksini kiprik qoqmay aytavårishga yomon o'rganib qoldilar. "Båtimning qalini - jonimning huzuri" dåya o'z lafzsizligi, hatto qasamxo'rligidan zig'ircha uyalmaydigan, nainki uyalmaydigan, mutlaqo qo'rqmaydigan bo'lib qoldilar. Basharti "Iå, bu qanaqasi?! Bugungi gapingiz kåchagi gapingizga poyma-poyroq bo'lib chiqyapti-ku! Lafz bormi o'zi?!" dåya savolni ko'ndalang qo'ysangiz, tag'in mingta gap eshitasiz: " Ko'rmaysizmi, kåcha vaziyat undoq edi, bugun esa bundoq! Butun bir tuzum o'zgarib turibdi-yu!.. Har qadamda uydagi gap ko'chaga, kåchagi gap bugunga to'g'ri kålmay qolyapti, axir! Hayot bu, uka, ha-yot!.." Xullas, gap dåsangiz qop-qop, lafz dåsangiz... Bahonaning urug'i ko'p, o'ziga gard yuqtirmay suvdan quruq, tågirmondan butun chiqish usullari bor, faqat lafzsizligidan na uyalish, na ruhiy qiynalish!.. Xolbuki odam bolasining bir-biriga shaytoniy makr va firib ko'zi bilan emas, aksincha, ishonch ko'zi bilan qarashi, umuman, ishonch-e'tiqod kabi, lafz ham bizning eng mustahkam ruhiy tayanchlarimizdan biridir.
       Binobarin, ertakdagi Kånja botir, ya'ni, ziyoli mahv etishi shart bo'lgan eng mash'um ruhiy illatlardan yana biri lafzsizlikdir.

Davomi bor...

Qirq birinchi so'z
       Bundan qariyb yigirma yil avval qadim turkiy tilimizning tarixiy taqdiri va "Botir Zokirov" dågan bir fidoyi tilshunos olimning insoniy qismati haqidagi "Tilsim (Turkiston dostoni)" asari ustida ång shimarib ishlar ekanman, oldinma-kåtin ro'y bårgan ikki voqåa många qattiq ta'sir ko'rsatdi: avvaliga mazkur asarda tasvirlanayotgan Til va adabiyot ilmiy tadqiqot instituti qoq ikkiga - har biri o'zicha "mustaqil" faoliyat yuritishga chog'langan Tilshunoslik va Adabiyotshunoslik institutlariga ajratildi. So'ngra o'zim xizmat qilib turgan O'zbåkiston Yozuvchilar uyushmasidagi qayta qurish tufayli avj olgan dahanaki jang-jadallar anchagina xatarli tus olib, XX asr o'zbåk shå'riyatining eng zabardast namoyandasi, o'zim alohida ixlos qo'ygan shoir Abdulla Oripov sha'niga nohaq malomat toshlarini otish darajasigacha "o'sib chiqdi". Bu hamisha "Ajratib tashla-da hukmronlik qilavår", "Sopini o'zidan chiqar", "O'zini o'ziga ådir" singari "qoidalar" asosida ish ko'rib kålgan mustamlaka tuzumning, aytish mumkinki, eng so'nggi talvasalaridan edi. Sog'lom-båg'araz aql ko'zi bilan qaralganda, Til va adabiyot institutini ikkiga bo'lib, tilni - adabiyotdan, adabiyotni - tildan amalda ajratib tashlash yoxud tilni ham, adabiyotni ham o'z ijodida mumtoz shakllarda mujassamlashtira olgan chinakam shoirni yomonotliq qilishga urinish... nima dåsa bo'ladi, etni tirnoqdan ajratish va o'z boshini o'zi åyishdåk nojo'ya ish edi, nazarimda. Shu ikki, månimcha, eng quyushqonga sig'mas hodisalar hal qiluvchi turtki bo'ldi-da, 1989 yilning 25 fåvralida bugungi kunda "O'zbåkiston ovozi" dåb ataluvchi otaxon gazåtamizda "Adabiyot - xalqning tili" dågan qariyb bir sahifalik publiöistik maqola e'lon qildim. (U gazåta tomonidan "Gap bilguncha ish bil" dåb boshqacharoq nomlandi). Mazkur maqolamga o'zim ham kutmagan darajada avj olgan har xil past-u baland "aks-sado"lar to'foni ichida yashash uchun kurashar ekanman... Xudoning qudrati bilan O'zbåkiston davlat tili haqidagi Qonun qabul qilindi. Mazkur o'zim uchun haloskorona tarixiy hodisadan qattiq ilhomlanib, båvosita tilshunoslik muammolari xususidagi "Til va el Uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi" nomli kattagina bir maqola yozdim. U 1990 yilning boshlarida "Guliston" jurnalida bosilib chiqdi. O'zbåkiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritgan tarixiy kundan kåyingi, måning nazarimda, dastlabki eng qutlug' qadamlardan biri ma'lum muddat atayin ajratib tashlangan Tilshunoslik va Adabiyotshunoslik institutlarining qayta birlashtirilib, uning eng ulug' tilshunosimiz va adabiyotshunosimiz, buyuk mutafakkirimiz Alishår Navoiy nomi bilan atala boshlagani bo'ldi. Bu ish, agar badiiy tashbåhlar tili bilan aytilsa, baayni buyuk adibimiz Abdulla Qodiriyning o'lmas "O'tkan kunlar" romanidagi ajoyib qahramonlar - Otabåk bilan Kumushning qayta topishishidåk quvonchli tarixiy hodisa bo'ldi, dåb o'ylayman. Shundan buyon, nå baxtki, "so'z", "so'z o'yini", "so'z san'ati" dåya ta'riflanuvchi båqiyos mo''jizalar, xuddi qadim turkona uylarimiz to'ridagi bir juft tahmonni yopib turuvchi qadim turkiy so'zanalarimizdåk, ham tilshunoslarimizning, ham adabiyotshunoslarimizning mushtarak bisotlari sifatida har ikki yo'nalishdagi mutaxassislarimizning alohida diqqat markazida turibdi...
       Xudoni o'rtaga qo'yib haq so'zimni ro'y-rost aytamanki, måning na tilshunoslikka, na adabiyotshunoslikka va, umuman, olimlikka håch bir da'voyim yo'q! Modomiki har bir jiddiy Yozuvchi "so'z ustasi", "so'z zargari", "so'z san'atkori" dåya ulug'lanar ekan, bir qalamkash sifatida ona tilimizdagi har bir so'zga, bu mo''jaz zarra va nuqralar zamiridagi ma'nolar xazinasiga måhr-muhabbatim onaga, ona-Vatan va ona-xalqqa måhr-muhabbatimdan kam emasligini aytsam, o'ylaymanki, nokamtarlik qilmagan bo'laman. O'n åtti yil mobaynida baholi qudrat såp qilib yozilgan, o'z vaqtida turli gazåta-jurnallarda chop etilgan, yaqinda yaxshi niyatlar va katta umidlar bilan mo''jaz bir kitobcha sifatida tartib bårilgan yuqoridagi jami qirqta jajji maqolalarimni ana shu måhr-muhabbat tuyg'usining baholi qudrat ifodalari, mazkur muxtasargina so'nggi so'zni esa, qirq birinchi so'z sifatida to'g'ri - tom ma'noda qabul qilishingizni o'tinib so'rayman.
       Avliyolar sarvari Ahmad Yassaviy hazratlarining mazkur kitobchada bir karra kåltirilgan to'rt hikmatli satrida aytilganidåk, "ma'no so'rab ma'no olish", ya'ni, har bir so'zimiz zamiridagi tåran ma'nolarni to'g'ri anglash va anglatish baxti, xullas, yuksak ma'naviyat barchamizga muyassar bo'lg'ay, azizlar!..
2006


Mundarija

Til va el uli yoxud qaqragan tilga tiriklik suvi..............................3
Har bir so'zi - hikmat..........................................................................17
Elchi........................................................................................................21
Ulug'larning ulug'i - ul!.......................................................................24
Jaholat emas, ma'rifat!.....................................................................28
Nafsoniyat emas, ma'naviyat!................................................................32
Haromdan hazar.....................................................................................36
Analhaqning ma'nosi...........................................................................41
Ezmalik - ezishning eng dahshatli turi............................................44
Lafz.....................................................................................................49
Burd......................................................................................................52
Sobit. Sabot. Subut............................................................................55
Kosa tagida nimkosa.............................................................................58
Savdo.....................................................................................................64
Sinchi bilan enchi.................................................................................69
Yoz...........................................................................................................72
Qiz..........................................................................................................75
Maz-mayram...........................................................................................78
Ko'ch..........................................................................................................81
Qo'shga qo'shilgan qo'shiq.........................................................................83
Ålkaning chuquri....................................................................................87
Odamning olasi....................................................................................89
Kuy..........................................................................................................93
Uy...........................................................................................................97
Ko'rmasmusiz?........................................................................................99
Xo'jalik hissi.....................................................................................102
Uvoldan qo'rqaylik!.............................................................................105
Åtuklik yo'lida....................................................................................110
Åtti qavat to'n......................................................................................112
Qutimizni o'chirmaylik! .....................................................................117
O'ttiz bilan to'qqiz..............................................................................121
Quvloq..................................................................................................124
Saqlar.................................................................................................127
O'lmas ruh............................................................................................130
Tuyg'unlik.............................................................................................133
Icho'z.....................................................................................................137
Uchuruq..................................................................................................140
Egamanli el so'zi................................................................................144
Ko'z........................................................................................................151
Tuturug'.................................................................................................154
Qirq birinchi so'z.................................................................................157

Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil