¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
Muallif: Dilbar Otaeva

Tug'ilgan kun
    Oyijon, oyijonim, oyijon, oyijon Qorbobo keldi. Qorbobo keldi oyijon-n-n! Bu jajji Dilnozaning ovozi edi. U o'zini qo'yarga joy topa olmas, hadeb oyisini eshikni tezroq ochishga undar edi.
     Dilnoza yaqinda uch yoshga to'ladi. Sayoraning hamon yodida. U tug'ilgan kuni tinmasdan laylakqor yoqqandi. Oradan yillar o'tdi. Dilnoza opachalri Dilafruz, Dildoralarga o'xshab istaralikkina qizaloq bo'lib o'sayapti. Katta opachasi a'lo baholarga o'qishdan tashqari ikkita tilni biladi. Ingliz tili, arab tili. Kichkina opachasi esa turk tilida ravon gaplasha oladi. Bu opachasi judayam tikuvchilikka mehr qo'ygan. O'zicha nimalarnidir chizgani-chizgan. Shahar qo'shimcha ta'lim majmuasiga qatnab dizaynerlik sirlarini puxta o'rgangan, tez-tez o'tkaziladigan ko'rgazmalarda o'z asarlari bilan qatnashib turadi. Ayniqsa, fil, toshbaqa, quyonchalar tikishni ham qoyillatadi. Bularni ko'rgan Dilnozaning unga juda-juda havasi keladi. Tezroq katta bo'lib qolsa-yu, opachalari singari hamma narsa tika olsa.
     Dilnozani opachalri judayam yaxshi ko'rishadi. Hali hayvonot bog'iga, hali yosh tomoshabinlar teatriga, hali tsirkka olib borishadi. Dadajonisi bilan oyijonisi doimo ishda bo'lishadi. Uning dadajonisi katta olim. Oyijonisi esa maktabda dars beradilar. Dilnoza ham katta bo'lsa albatta o'qituvchi bo'ladi. Eh-he-e-e, buning uchun rosa o'qish kerak…
     Borliq oppoq qorga burkangan. O'lkamizga bu yilgi qish o'zgacha kayfiyat bilan tashrif buyurdi. Ayniqsa, bolajonlarga olam-olam quvonch olib keldi. Dilnozaning eng sevibli mashg'uloti jajji qo'lchalariga tayanganicha deraza ortidan kumushday jilolanib tushayotgan qor parchalarini tomosha qilish bo'lib qoldi.
   Oiladagilar Dilnozaning tug'ildan kuniga zimdan tayyorgarlik ko'rishardi. Har kim o'zicha sovg'a tayyorlash bilan ovora. Chunki, u oilaning eng kichkinasi, erkatoyi edi. Hamma shod-hurram. Bu hol tabiiyki Dilnozaga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi. Yaqinda tug'ilgan kuni. Buni ustiga yangi yil bayrami. Xuddi nimadir sodir bo'ladigandek. Qorbobo unga nimadir sovg'a qiladigandek tuyulardi. U judayam xursand edi. Buni opachalri sezmasdan qolmadi. Undan nima sovg'a xohlayotganini bilgilari keldi va uni savolga tutdi:
- Dilnoza, singiljonim, yaqinda o'rmondan Qorbobo keladi. Hamma xonadonlarga birma-bir sovg'a ulashadi. Agar, mabodo biznikiga ham eshik taqillatib, hassasini do'qillatib Qorbobo kelsa, sen nima so'ragan bo'lar eding?
     Dilnozaning ko'zlari sevinchdan porlab ketdi:
- Vu-u-uy, biznikiga ham sovg'a olib keladimi-a, keladimi?!
- Ha, - deydi opachalari jo'r bo'lishib. - Agar kimda kim odobli, aqlli, mehnatsevar bo'lsa, o'shanaqa bolalarga albatta istagan sovg'asini hadya qiladi, - deyishadi.
- Unda, bilasizlarmi men nima so'ragan bo'lar edim, - dedi u hayajonlanib. Chiroyli qo'lqopcha, yana, yana kichkin ayiqcha ham, - dedi u biroz tundlashib va qo'shib qo'ydi. Kecha bog'chadagi shkafdagi ayiqchani olib o'ynamoqchi edim, bog'cha opamla urishib qo'limdan olib qo'ydila. Uydan o'zilarni qo'g'irchoq-o'yinchog'ilarni olib kelilar, bu yerdagiga tegmanglar, xo'pmi, ular ko'rgazmaga qo'yib qo'yilgan, - dedilar. O'zimning ayiqcham bo'lishini juda-juda xohlayman, onajon, - dedi o'pkasi to'lib.
- Voy-y, aqlliginam, shirintoyim, - deya kichkin opachasi erkalay ketdi. Xafa bo'lma. Senga Qorbobo albatta ayiqcha sovg'a qiladi. Mana ko'rasan. Sen aqlli qizsan-ku, to'g'rimi, - dedi uni erkalab!
     Kechqurun oiladagilar qizaloq ertak tinglab uxlab qolgach, o'zaro maslahatga to'planishdi. Qizchani xursang qilish rejasini tuzishdi. Sharifjon aka Qorbobo bo'ladigan bo'ldi. Dilafruz Qorqiz. Sayora opa bayram dasturxonini tuzaydigan (Qo'shaloq bayram!). Dildora esa o'rtadan to'plangan pulga jajjigina qo'lqopcha bilan Dilnozaning bo'ychasi barobar keladigan ayiqcha tikish uchun mato, paxta va kerakli narsalar olib kelib tayyorlaydigan bo'ldi.
     Yangi yil ham yaqinlashib qoldi. Dilnoza har kuni deraza oynalarida sovuq iz qoldirgan naqshlarni artib ko'chaga termulishini, Qorboboni kutishini qo'ymaydi.
    Mana, kutilgan kun ham yetib keldi. Hamma ertalabdan bayram tadorigi bilan ovora bo'lib ketdi.
     Dilnoza deraza yonida... Tiq etsa eshikka qaraydi. Ko'zlarida sevinch porlaydi. Bir payt eshik qo'ng'irog'I jiringlab qoldi. Buni eshitgan Dilnoza o'rnidan uchib turib xonalar bo'ylab sarsari chopa ketdi:
- Oyijon, eshikni oching, oyijon, oyijon, Qorbobo keldi. Qorbobo keldi, oyijon. Eshikni oching, eshikni oching.
     Bayram dasturxonini bezash bilan andarmon bo'layotgan Sayora opa etagidan hadeb torqilayotgan qizalog'ini ko'rib zavqlanib ketdi, uni sinab ko'rmoqchi bo'ldi:
- Yo'g'-e, Qorbobo emasdir. Biron qo'shni chiqqandir-da, - dedi.
     Eshikni ochishib, hangu-mang bo'lib qolishdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, Qorbobo turardi. Haqiqiy Qorbobo. (Sharifjon aka Qorbobo kiyimini zap o'xshatib kiyib olgandi). Dilnoza quvonchdan hayqirib yubordi:
- Ur-re-e-e!
     Qorbobo hadeganda gapiravermadi. Oyijonim uyga taklif qilgachgina zo'rg'a qadam ranjida qildi. Afsuski, adajonisi qayoqqadir ketgandi, uyda yo'q edi-da. Qorbobo savol nazari bilan hammaga bir-bir qarab chiqdi:
- Men to'g'ri keldimmi ishqilib. Bu uyda Dilnoza degan odobli, ertakni sevadigan qizcha yashaydimi?!
- Ha-ha, juda to'g'ri kelibsiz, bobojon, - deyishdi opachalari.
- Eh-he-e, men yo'l-yo'lakay qanchadan-qancha qizaloqlarga sovg'alar ulashib kelayapman. Ular menga she'r, topishmoq, ertakalr aytib berishdi. Qani-qani bu qizaloq nima aytib berar ekan.
- Bobojon, bo'ling omon,
- Bizga tilang dorulzamon!
- Hay-hay, ha-a-ay! Bu qizalog'im juda dono ekan-ku. Qani-qani qopimni ko'ray-chi, qanday sovg'alar bor ekan. Mana, mana bu sovg'a senga qizaloq, - deya Qorbobo unga bir juft qip-qizil mayin qo'lqopcha chiqarib berdi. Yana qo'l yuborib qopdan ayiqcha oldi va mana bu sovg'a ham Dilnoza qizimga atalgan, - deya unga uzatdi. Ayiqcha Dilnozaning bo'yi barobar edi. Qizcha judayam shod edi. Hadeb irg'ishlar, oyijon, oyijon, qarang, qarang oyijon. Bunchalar mayin, yumshoqligini qarang  oyijon, deya qo'lqopchani kiyib yuzlariga bosar, hadeb oyijoniga ko'z-ko'z qilardi. Qorboboga rahmatlar aytardi. Sayora opa esa faqat jilmayardi xalos.
Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil