¡çáåê O'zbek Ðóññêèé English
Vebusta:
faruh_a@yahoo.com
farruhota@gmail.com
Muallif: Rahimjon Otaev (Otauli)

Forobiy boboga ta'zim

       Otauli (Rahimjon Otaev)ning "Ulus (Forobiyning do'sti) nomli asari buyuk bobokalonimiz Abu Nasr Forobiy haqida, bilishimcha, o'zbek nasridagi dastlabki urinishlardir. Men Otaulini izlanuvchan nosir, zahmatkash munaqqid va yaoshi tarjimon sifatida ancha yillardan buyon bilaman. Oususan, "Tilsim (Turkiston dostoni) va "Afandi o'lmaydigan bo'ldi" asari bilan tanishman. Nazarimda, u "Ulus" deb nomlangan bu asarida o'zining ijodiy izlanishlarini izchil davom ettirib, Abu Nasr Forobiyning insoniy qismati, o'ta murakkab maunaviy-ruhiy olami, keng dunyoqarashini jonli va ta'sirchan yorita olgan. Ayniqsa, ulug' allomamizning qudratli turkiy hukmdorlardan biri, qoraooniylar saltanatining asoschisi Bug'rooon bilan el-ulusning hayot-mamoti hususidagi qizg'in suhbati tasvirlangan sahifalar, aminmanki, o'quvchini loqayd qoldirmaydi.
       Odatda yaoshi asarda jiddiy o'ylashga undaydigan, shartli va hatto bahsli jihatlar bo'lishi tabiiydir. "Ulus" asari ham bu jihatlardan holi emas. Muhimi - qirq sahifa hajmidagi bu iochamgina asar sizni ming yillik olis tarioimiz qa'riga boshlab kirib, buyuk bobokalonlarimizdan birining ko'ngil bisoti, orzu-armonlari bilan yaqindan tanishtira oladi, deb o'ylayman.
       Shu holni alohida taukidlashni istardimki, mazkur asarning yaratilishi ham, yorug'lik ko'rishi ham, asarda qalamga olingan tarioiy muammolarning ayni badiiyyechimi ham O'zbekiston davlat mustaqilligining sharofati, deb bilaman. O'zbek halqi o'zining jahoniy mavqeini qayta tiklab, alpomishona bo'y-bastini qayta rostlab kelayotgan shu yorug' kunlardan birida boshqa buyuk ajdodlarimiz qatorida Forobiy bobomizga ham tauzim bajo keltirishimiz ayni muddaodir.

ABDULLA ORIPOV,
O'zbekiston Qahramoni

U L U S
FOROBIYNING DO'STI

BU ULUSTA KO'PNI KO'RDUK,
VALA EY O'ZBAKIM,
DILRABOLIKTA O'ZINGTAK
SHO'XI RA'NO KO'RMADUK
OTOYI


       Hijriy 311 - malodiy 933 yilning yozi yozga o'xshamadi. Navro'z kunlarida Bog'doddan yo'lga chiqqan karvon Xalafga yatmay qorbo'ron ostida qoldi. Ko'klamning oxirlarida Jay va Isfaxon uni do'l bilan qarshi oldi. Yozning o'rtalarida Buxoroyi sharifda kachgan uch kun badalida xuddi kuz chog'laridagidak muttasil shivalab yoqqan yomg'ir karvon ahlining yurak-bag'rini ham ezib, xun qilib yuborgandak bo'ldi. Mana, yozning so'nggi kunida xufton chog'ida Samarqand darvozasidan qadimiy Shosh qal'asiga kirib kalganida ko'ngillarni ham xufton qilib yana yomg'ir boshlangan edi. Karvon Chorsuga yatib kalganida yomg'ir kuchayib, jalaga aylandi. Osmonning tagi ochilib, to'fon qo'pdimi, nima balo! Oq yomg'ir bo'lib oq yomg'ir emas, qora quyun bo'lib qora quyun! Karvonning boshi Chorsudan chapga burilib, O'tror darvozasi tomon yo'l tutar ekan, undan jala ostida qunishib-junjikkan uch piyoda ajralib chiqdi: oldinda - oltmishdan oshib, novcha qaddi anchagina bukchaya boshlagan qariya, o'rtada - qirchillama qirq yoshlardagi o'rta yashar odam, uning ortida quyundak o'ynoqlagan yigirma yoshlardagi rasida o'spirin.
       O'rtaliqdagi odam yuzini jaladan pana qilib olgan ko'yi oldinga ko'z tikib, qariyaga so'z qotdi:
- Bu qanday bo'ldi, ustoz, poyqadamimiz qal'aga xush kalmadimi dayman? Yo biz bilan yig'lab ko'rishmoqchimi?.
       Qariya pinak buzmay olg'a intilar ekan, shogirdiga tanbah bardi:
- Noshukurlik qilmang, Said Ali, bo'tam! Xudoning obi rahmati-ku bu! Bu na'matdan babahralar qancha!
       O'spirin qadamini jadallatib, o'rtadagi odam bilan baravar odimladi:
- Shundayku-ya, o'zingiz "asalning ozi shirin" daganingizdak... biz baliqmidikki, bu jalada yayrasak!..
       Qariya qiyalab ortiga qaradi:
- Sabr qiling, Nasriddin, o'g'lim! Qirqiga chidagan, bu yog'iga ham chidang! Manovi muyulishda qirq bir yil avval Buxoroyi sharifda birga tahsil ko'rgan qadrdonim turguchi edi. Nasib etsa, shu xonadonda butun ko'rgan-kachirganlarimiz unutilg'ay!
       Qariya shitob bilan kalib taqillatgan naqshinkor darvozani bir qo'lida shamsiya, bir qo'lida fonus ko'targan o'ttiz yoshlardagi odam ochdi. Fonusning xira yorug'ida qariyaning suv yuvgan qoyadak mustahkam, paydor yuzlariyu o'tdak chaqnagan ko'zlarida taraddudlanish zuhur ko'rsatdi:
- Qadrdonim Muhammadning qutlug' xonadonimi bu, bo'tam?
       Fonus ko'targan odam bosh irg'adi:
- Shundoq, taqsir. U kishi maning padari buzrukvorim bo'ladilar.
- Janoblari uydamilar?
- Shundoq, taqsir... qani, marhamat qilsinlar...
       Mahmonxonada ustiga kimxob to'n kiyib, boshiga simobiy salla o'ragan cho'qqi soqol qariya ularga pashvoz chiqdi. Ikki chol yuzma-yuz kalgach, bir-birlariga tikilganlaricha andak jim qoldilar. Nihoyat, jimlikni mahmon buzdi:
- Taqsirim, faqirni tanimayroq turibdilarmi dayman-a?
Mazbonning balog'at yoshidagi gulgun chahradak silliq va lo'ppi yuzida jonlanish alomatlari ko'rindi:
- Bo'ldi-bo'ldi, endi - ovozingizdan tanidim! Muhammad ibn Muhammad al Forobiy at Turkiy! Vodarig', ko'zlarimga ishonmayapman! SHomi g'aribonda g'aribona kulbamizga Bog'doddak joydan qandoq kalib qoldilar? Tushimmi-o'ngimmi?! Qani, bir ko'rishaylik! - Mazbon shunday daya quchoq ochdi: - Sizdak allomai zamonni bu tomonlarga qanday shamol uchirdi, do'stim?!
Mahmon uzr so'ragandak qo'l qovushtirdi:
- Yurtim shamoli... Biroq ko'rib turibsiz, ust-boshim jiqqa ho'l!
       Mazbon hamsuhbatining yupungina ust-boshini endi ko'rayotgandak bir muddat taraddudlanib, qulochini yig'di-da, jussasiga yarashiqsiz viqor bilan qo'l cho'zdi:
- U holda qo'l barib ko'rishaylik! Xush ko'rdik. Qadamlariga hasonot!
- Xushvaqt bo'ling, do'sti aziz!
       Xonadon sohibi boshqa mahmonlar bilan ham bir sidra qo'l olib ko'rishgach, ularni to'rdagi xontaxta atrofiga taklif qildi. Duoyi fotihadan so'ng taomildagi hol-ahvol so'rashuvlar asnosida mahmonlar ho'l ustki kiyimarini yachib, mazbon bitta-bitta tarqatib chiqqan oppoq sochiqqa artinar ekanlar, o'spirin sho'xchan kuldi:
- O'ziyam hovuzga tushib katgan tovuqdak junjikdig-e! Quruqlik daganlariyam bor ekan-a! Aylanayin o'zimning qurug'imdan-a!
       Mazbon bu gaplarni siporishmi-quloq qoqish dab tushundi chog'i, sipolik bilan o'rnidan turib dadi:
- Faqat qurug'i emas, qaynog'i, jazilab tugani, bozillab turgani - hamma-hammasi bor bu uyda. Qutlug' uydan quruq katmaysizlar, buyog'idan xotirjam bo'lavaring!.. Qani, bahuzur dam olib turingiz!.. - Shunday daya, uy egasi ularni holi qoldirdi. Ko'p o'tmay mahmonxonada avval mulozim-xizmatkorlar, kayin noz-na'matlar, nihoyat, anvoyi qadahlar-u gulgun sharoblar aylandi. Sharobdan emas, yo'q, takalluf-iltifotlardan bosh ham aylandi. Charchoqlar chiqdi, oyoqlar chigili yachildi, lakin til tuguni yachilib, dil sandig'i ochilmadi. Tan yayradi, biroq jon huzur-halovat topib, dil orom-farog'at tuymadi. Nihoyat, mahmonlarning kattasi "Yaxshi o'tiribsizlarmi?" daya ko'ngil so'rab kirgan o'g'ilni savolga tutdi:
- Otangiz ko'rinmaydilar?
       Mazbon sipo qarash qilib, tavoza bilan qo'l qovushtirdi:
- Uzr, otam safarga otlanib… Chaqiraymi, taqsir?
- Agar malol kalmasa…
       Bir muddat o'tib xonadon sohibi Muhammad Do'st viqor bilan yurib kirdi-da, dasturxon to'rida bukchayib o'tirgan qariyaning ro'parasiga yonboshladi:
- Shunday qilib, "yurtim shamoli" dang-a, do'stim? Bu yurtning shamoli juda yomon! Dam Qo'qon shamoli, dam qibla shamoli… SHamol emas, naq dovul daysiz! Uchirsayam qattiq uchiradi!
       Uchiriq mahmonga malol kaldi shakilli, allanachuk shikasta ovozda o'zini oqlayotgandak dadi:
- Ha, endi, o'z yurtimizning shamoli ekan…
       Mazbon gap ohangini o'zgartirdi:
- Buxorolar omonmi?
- Omon.
- Biz tahsil ko'rgan madrasa joyida turibdimi? Joyida.
- Bog'dodda nima gaplar bor?
- Bog'dodda tinchlik.
       Mazbon bir muddat jim qolib, mahmonning ko'zlariga sinovchan tikildi. Qariya bu ko'zlarda bir afsus-nadomat, bir iddaoni uqqandak bo'ldi: "San unding, man esa hanuz tuproqman!" O'zini yanada noqulay sazib qisinib-qimtinganicha unsizgina javob qildi: "Ko'rib turibsan-ku, man oddiy odam… Yo'q, do'stim, man sandan bachoraroqman!" Javobdan mazbonning ko'ngli to'ldi, shakilli, asliga qaytib, mahmonlarga taparoqdan yalpi nazar tashladi:
- Endi, do'stim, sizlar yo'l yurib charchagandirsizlar, bahuzur dam olib turingizlar... Man... ochig'ini aytsam, shahar hokimi ertaga o'zining payg'ambar yoshi bilan navarasining sunnat to'yini qo'shib qilmoqchi. Shunga bugun kachqurun shaharning kazo-kazolarini maslahat oshiga chaqirtirgan. Birrov ko'rinish barmasam bo'lmas? Balki birga borarmiz, a, do'stim? Na-na mozorlarni bosib, ko'pni ko'rib kalgansiz?.
       Qariya qaddini andak rostlab, ming yillik qoyadak sovuqqina qaqqaydi:
- Endi-i, kaminai kamtarin bir g'aribgina olim, buning ustiga, musofir bo'lsam. Tag'in kimsan shahar hokimiga chaqirilmagan mahmon bo'lib borsam... Ko'rgan ko'zgayam, eshitgan quloqqayam ma'qul kalmas. Siz bamalol boravaring, do'stim, bizni dab ko'p aziyat chakmang!..
       Mazbon o'rnidan yangil qo'zg'oldi:
- U holda sizlar bahuzur damolib turingizlar. Mana, uy-joy, mana, osh-choy, mana, xizmatkor-mulozimlar!..
       Uchovlon holi qolishgach, qariya hamrohlariga sinovchan tikildi:
- Man sizlarga aytsam, bu xonadonda ham safarimiz qarishga yuz tutdi, birodari azizlar. Endi uy egasi katganidan kayin... biz ham ko'payishamiz!
       Said Ali ustoziga ajablanib qaradi:
- Tashqarida jala, zimiston... Qirq yillik qadrdoningizning yorug' xonadonini tark etib, tag'in qayoqqa, ustoz?.. Isfahondan chiqib, Balxda, Xirotda, Tarmiz bilan Nasafda, hatto Buxoroyi sharifda ko'rgan-kachirganlarimizni bir naavi tushungandakman, biroq... uy egasining sa'y-harakatlarini ham, sizning bu gaplaringizni ham tushunmay qoldim-ku, ustoz?..
       Qariya achchiq kuldi:
- Sizning Arabistoningiz va yo Arastu hazratlarining Yunonistoni emas, "Turkiston" daydilar buni, Said Ali, bo'tam! Bu ulusning fa'lini payg'ambar yoshiga kirib, ko'ra-ko'ra ko'sa bo'lgan kamina tushunmayman-u, siz qayoqdan tushunasiz?! Qari qizning ko'ngli nozik daganlaridak, turkistonlikning ko'ngli shu qadar nozikki, unga bitta gap kamlik, ikkita gap ko'plik qiladi. Nima bo'lganda ham Yaratganning dargohi manovi dang'illama uydan kangroq!..
       Shogird bilan o'g'il qariyaning irodasiga bo'ysinib, uchovlon mahmonxonani tark etar ekanlar, o'g'il dasturxon ustida bir parcha qog'ozga otasi yozib qoldirgan ikki satrga baixtiyor ko'z tashladi: "Qornimga emas, qadrimga yig'layman. Diydor g'animat edi-ku, ey do'st!"
       Tashqariga chiqib, sharros quyayotgan yomg'ir ostida tag'in yo'l yurar ekanlar, qariya o'zining ko'nglidak tund osmonga ko'z tikdi: "Kundan kunga fa'li injiq, ta'bi nozik bo'lib katayotgan gunohkor bandangni o'zing kachir, xudovandi karim! Manovi arab shogirdim bilan yolg'iz o'g'limga bahalovat ko'nglimning ko'cha-ko'ylari-yu baqiyos ulusning fa'l-atvorini qanday tushuntiray? Muhammad Do'st endi Muhammad Do'st emas, hatto saning bandang emas, dunyoga dil bargan nafs bandasi ekanini bularga qanday anglatay?! Qirq yillik qadrdonining aftodahol, o'zining olifta ust-boshini dab yozgan qulochini qayta yig'ishtirgan do'st... do'stmi, o'zing ayt, Parvardigori Olam?! Bu foniy dunyo moli sabab Muhammad ummatiga do'st bo'lolmagan ojiz bandang Payg'ambari Akramga va yo O'zingga Haq Do'st bo'la oladimi, yo Alloh?!." Qirq bash yilcha avval Buxoroyi sharifda tahsil ko'rib boshlaganlarida uch do'st - "uch Muhammad"dan biri, ajalidan bash kun burun o'lib katgan otashnafas shoir adashi Muhammad Yorning bir sha'ri xayolida quyundak aylandi:
                       Do'st qaydadur, do'st qayda, Haq do'st, yo Alloh!
                       Kundamidur yo oyda, Haq do'st, yo Alloh!
                       Ostonangga bosh uray, Haq do'st, yo Alloh!
                       Do'st bormikin bu joyda, Haq do'st, yo Alloh!
       "Bu olamda ostonalar ko'p, damakki, do'stlar ham ko'p! Faqat astoydil qidirish va topish karak! - dab o'yladi o'zicha Abu Nasr Muhammad.- Yo'qotsa yo'qotar. Yo'qolsa sadqai sar! Lakin topadi ham! Izlay-izlay Makkani topgan odam... bu azim Turkistonda... bir do'sti sodiq topolmaydimi?!"
       Abu Nasr Muhammadning xayolini o'g'li Nasriddinning bir savoli, to'g'rirog'i, shartakilarcha tagi zil hazili buzdi:
- Endi butun kacha sharros yomg'ir ostida sayrmi tag'in, ota?! - "O-o, basabr bolam-a, basabr bolam! Yurakni kangroq qilsang, ota yurtda ko'chada qolmasmiz, axir! Bu chars fa'ling bilan otaning ham, ota yurtning ham ahvol-ruhiyasini taranroq his qilib, to'g'ri tushuna olarmikansan, qaydam !.." O'g'lining holiga qarab turib rahmi kaldi. Shogirdining holiga ham achinib ko'z yugurtirdi. Duch kalgan bir ko'rimsizgina eshik zulfini kuch bilan qoqdi. Ko'p o'tmay ichkaridan barala hayqiriq eshitildi:
- Kim u ochiq eshikning turumini buzayotgan?!
- Atoyi xudo mahmonlar!
       Eshik ichkaridan lang ochilib, yalang oyoqlariga chipta kovush kiygan ellik yoshlardagi yalangbosh-yalangto'sh odam bo'y ko'rsatdi:
- Assalomu alayko'-o'm! Qadamlariga hasonot! Atoyi xudo mahmonlar ochiq eshikdan bamalol kiravaradi-da, taqsirlar! Qani, marhamat qilsinlar!
       To'rtovlon shinamgina xona o'rtasidagi sandalning to'rt tomonida qo'nim topdilar. Duoyi fotiha qildilar. Hol-ahvol so'rashdilar. So'ngra uy egasi yozilib gap boshladi:
- Buni qarang-a, buni qarang! Xudo baraman dasa baravarar ekan! Endigina quling o'rgilsin qaynatma sho'rvani - dasturxonga qo'yib, "Qani endi til tilga tushib, suhbati jonon quradigan bir dilkash gurungdosh ham bo'lsa!" dab turganimda, xudoyimdan aylanay, biryo'la uchta atoyi xudo mahmonni yatkazsa-ya! Bunisiga nima daysiz! Qani, azizlarim, topgan-tutganlarim ham, ko'nglimiz ham, foniy dunyoning butun mol-mulki ham o'rtamizda. Bir mayizni qirq kishi bo'lishganida to'rtovlon chor darvishdak to'rt qutbni o'rtada baham ko'rolomaymizmi?!.
       Uy egasi kutilganidan ortiq dilidagisi - tilida dilkash suhbatdosh chiqib qoldi. Qo'li qo'liga tagmay iltifot ko'rsatar ekan, labi labiga tagmay gapni gapga uladi:
- Endi, azizlarim, mani ma'zur tutadilar, avvaliga o'zimni tanitay. Anovi Ko'kaldosh madrasasida Hasan Yo'ldosh otlig', Hasan Kayfiy laqablig' mudarris bo'lganimdan kayin, kundalik tirikchiligim asosan javrash bilan o'tadi. Man sizlarga aytsam, kaminaning eng ko'p ishlatiladigan a'zolari til bilan jag'. Ammo-lakin tili tilimga tushadigan odamni topsam, may ichmasam ham, burunni burunga ishqab quriladigan suhbati jonondan kayf qilaman - Hasan Kayfiyman-da!
       Said Ali bir ustozi Abu Nasr Muhammadga, bir ustozining o'g'li Nasriddinga zimdan ko'z yugurtirib, ma'noli kuldi:
- Jonon suhbatga suyagingiz yo'q ekan, bu yog'i madrasada mudarris ekansiz, naga shahar hokimining maslahat oshiga bormay yolg'iz o'tiribsiz, akaginam? Siz shaharning kazo-kazolaridan emasmisiz yo?..
       Mazbon qiyqirib kuldi:
- E-e, yash-shang, mahmon! Siz ham o'zimizdan chiqib qoldingiz-ku! Qochirimni tagdor qilib olar ekansiz! Lakin hamma narsaga yatgan aqlingiz manovi tilim bilan jag'imning kuchiga yatmaydi-da! Maning tilim shunday dahshatki, yuzingda ko'zing bormi damay haq so'zni aytib boshliganida... odam bolasi chidayolmay qoladi. Har qanday to'yni azaga aylantirib yuboradi. Ba'zida o'zim chidayolmayman-u, insof bilan ayting, shahar hokimi qayoqdan chidasin bu tilga?! Ko'ramiz hali, o'zlari qachongacha chidar ekanlar
       Said Ali endi Nasriddinga ma'noli qaradi:
- Shu odamning etagini mahkam tutmaysanmi, mulla Nasriddin, inim? "Nasriddin afandiman" dab yurganingda sanga utsozlikka yarasa shu odam yaraydi. Nima dading?
       Nasriddin bir Said Aliga, bir Hasan Kayfiyga tavoza, ayni chog'da, istahzo bilan qaradi:
- Mayli-yu, biroq... Isfahon bilan Buxorodagi na-na afandilar man tushgan qochirim maydonida bir cho'qishda qochib katganini o'zingiz ko'rdingiz. Qaydam, bu akamning bir cho'qishlik holi bormi-yo'qmi!..
       Abu Nasr Muhammad avval o'g'liga tahdidli qarash qilib, unga otalarcha tanbah bardi:
- O'pkangizni bosibroq oling, ulim! "Abu Nasrman" dab faxrlanib yurganimda ixlosimni qaytarmang. O'zingizni er bilsangiz o'zgalarni shar biling! "Isfahon" emas, "Turkiston" dab qo'yibdilar buni! Bu yurtda har bir lafzi lutfga tang shunaqangi tili o'tkirlar borki, ularning qoshida siz tugul otangiz ham lom-mim dayolmay qoladi. - So'ngra uy egasiga sinovchan tikilib so'radi: - Madrasada qay ilmdan saboq baradilar, inim?
- Mantiq ilmidan.
- Qay kitoblar asosida?
- Ar Roziy, Al Kindiy, Al Forobiy risolalari, taqsir...
- Yunon, Hind va Chin ilmidan baxabarmilar?
- Afsus, taqsir... Endi biz... nihoyati bir chalasavod mudarris bo'lsak, muallimi soniy Al Forobiy hazratlarimidikki, jahonning to'qsonta tilida bamalol o'qib-yozavarsak...

Davomi bor.


Asarni to'liq holda 2006 yil chop etilgan "Zamona zayli" deb nomlangan kitobdan o'qishingiz mumkin. Bu kitob Toshkent shahridagi "Sharq ziyokori" do'konida sotilmoqda. Kitob narxi: 4300 so'm. Mazkur do'kon telefon raqami: 233-35-90.
Sahifa yaratilish sanasi - 2006 yil yanvar. Oxirgi yangilanish sanasi - 2010 yil avgust
© All rights reserved. Barcha huquqlar himoyalangan. 2006-2010
 
 
 
 
 
bosh sahifa
oila
rasmlar
devorqog'oz
tashrifkitob
 
 
 
 
 
adabiyot
matematika
tahlil
foydali saytlar
har xil